E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

neytrofll  faza)  leykotsitlarning  umumiy  miqdori  12-18  minggacha  yetadi, 
neytrofillarning  miqdori  esa-70-80-ga  oshadi;  shulardan  yosh  neytrofillar  2  %  -ni, 
tayoqchasimon  neytrofillar  esa  10-15%  ni  tashkil  qiladi,  ammo  limfotsirlarning 
umumiy  miqdori 15-20% gacha  va  eozinofillar  miqdori  l-2%gacha  kamayadi.  Bu 
faza  davomida  ilikda  qon  ishlab  chiqaruvchi  a'zolarming  faoliyati  kuchayadi, 
ulardan leykotsitlar ko'p  miqdorda hosil bo'laveradi. 3-chi  fazada  (II  chi  neytrofll 
faza)  qonda  leykotsitlarning  miqdori  yanada  oshib,  1mm
3
  qonda  20-50  minggacha 
yetadi;  yosh  neytrofillar  3-4%  gacha,  tayoqchasimon  neytrofillar  20-30%  gacha 
oshadi,  ammo  limfotsitlarnning  miqdori  3-10%  gacha  kamayadi,  eozinofillar  esa 
vaqtincha qonda yo'q bo'ladi. 
Shunday  qilib,  shiddatli  jismoniy  mashqlar  natijasida  mushaklarning  funksional 
faoliyati  o'zgaradi.  Shu  bilan  birga  qon  tarkibida  ham  morfologik  o'zgarishlar 
kuzatiladi.  Birinchi  navbatda  miogen  leykotsitozning  limfotsitar  fazasi  kuzatilib, 
undan  keyin  I  va  II  chi  neytrofll  fazalari  amalga  osha  boshlaydi.  Miogen 
leykotsitoz  murakkab  ko'pbosqichli  jarayon  hisoblanib,  uzoq  muddatli  va 
tiklanuvchi  davrlardan  iborat.  Ba'zi  bir  ma'lumotlarga  ko'ra,  uzoq  muddatli  va 
shiddatli 
jismoniy 
mashqlardan 
keyin 
(masalan, 
marafon 
yugurishda) 
leykotsitlarning  umumiy  miqdori  2-3  kechayu  kunduz  davomida  o'z  me'yoriga 
qaytmaydi. 
Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombotsitlar) miqdori ham oshadi. Bu 
miogen  trombositoz  deyiladi.  Trombotsitlarning  miqdori  ikki  va  hatto  undan  ham 
ko'proq oshganligi og'ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. 
Trombotsitlarning  umumiy  miqdori  nafaqat  jismoniy  faoliyat  jaraypnida,  balki 
jismoniy  mashqlardan  bir  necha  kun  o'tgandan  keyin  ham  o'z  me'yoriga  qaytmaydi. 
Jismoniy  mashqlar  davomida  trombotsitlar  miqdorining  oshmasligi  qonning  ivish 
jarayoniga  ta'sir  yetkazib,  uni  tezlashtiradi.  Buni  sportchilarda  marafon  yugurish  va 
boshqa sport turlari bilan shug'ullanganda kuzatish mumkin. 
Miogen  leykotsitoz,  miogen  trombositoz  hamda  qon  ivish  vaqtining  kamayishi 
himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki 
mushak  faoliyati  natijasida  paydo  bo'lgan  funksional  p'zgarishlar  organizmning 
himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir. 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish