Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish muammosi baland uchish va baland tog'
cho'qqilariga ko'tarilishda katta amaliy ahamiyatga ega. 4000-6000 m balandlikda
tog', yoki balandlik kasalligining simptomlari paydo bo'lishi mumkin. Bu kasallik
og'ir gipoksiya (to'qimalarda kislorod miqdorining kamayishi) uchun xarakterli
belgilar bilan ta'riflanadi. Odam maxsus ballonga ulangan niqobni yuziga tutib,
kislorodga boy gaz aralashmasidan nafas olsa, tog' kasalligi 11000-12000 m
balandlikda ham ro'y bermaydi. Kislorod qo'shilmasa, odam bunday balandlikda
turaolmasdi.
Balandlikda kislorod yetishmasligidan tashqari, qon va to'qimalarda karbonat
angidrid yetishmasligi, ya'ni gipokapniya ham organizmga yomon ta'sir etadi. Qonda
kislorod yetishmasligi karotid sinus xemoretseptorlarini ta'sirlab, nafas olishni
tezlatadi, natijada karbonat angidrid alveolyar havodan, demak, qondan ham chiqib
ketadi, shuning uchun gipokapniya vujudga keladi. Karbonat angidridi yetishmasligi
nafas markazining qo'zg'aluvchanligini paysatiradi, shu sababli nafas olish
organizmning kislorodga ehtiyojini qondiradigan darajada kuchaymaydi. Nafasga
olinayotgan havoga ozgina (3% gacha) SO2 qo'shilgach balandlik kasalligida
organizm holati sezilarli darajada yaxshilanadi.
Atmosfera bosimining o'zgarishi ham nafas olishga ta'sir etadi. Shuning uchun baland
tog' sharoitida nafas olishni o'rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega. Odam
yuqoriga ko'tarilgan sari aning nafas olishi og'irlasha boshlaydi, chunki, atmosfera
bosimi karriayib boradi. Shu bilan birga, havoda kislorod ham kamayadi. Havoda
kislorodning parsial bosimi kamayganda qon qisqa vaqt ichida yetarli miqdorda
kislorod biriktirib ololmaydi.
Turli atmosfera bosimida kislorodning parsial bosimini va qonning kislorodga
to'yishini 11-jadvaldan ko'rish mumkin.
Odam organizmi 760 mm va shunga yaqin bosimda hamda kislorodning parsial
bosimi 150-159 mm bo'lgan sharoitda yashashga o'rganib qolgan. Balandlikka
ko'tarilishi bilan atmosfera bosimi kamayadi.Buning natijasida kislorodning parsial
bosimi, ham kamayadi. Bu esa alveolalardagi havoda kislorodning parsial bosimi
69
kamayishiga sababchi bo'ladi. Alveolalarda kislorod bosimining kamayishi nafas
olishni buzadi. Qonga yetarli miqdorda kislorod kirmay qoladi, ya'ni qonda kislorod
miqdori karnayib ketadi (gipoksemiya), kapillardagi qonda kislorodning parsial
bosimi pasayadi. Buning natijasida kislorodning qondan to'qimalarga o'tishi
qiyinlashadi, to'qimalarning kislorodga bo'lgan ehtiyoji to'la qoplanmaydi. Qonda
kislorodning kamayishiga har bir a'zo har xil reaksiya beradi.
Markaziy asab tizimi va ayniqsa bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i eng sezgir
a'zodir. Yurak bilan jigar esa kislorodning yetishmasligiga eng chidamli a'zolar
hisoblanadi. 3000 m balandlikka ko'tarilganda o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, yetarli
miqdorda kislorodni to'qimalarga yetkazib berish uchun qon depolaridagi eritrotsitlar
umumiy qonga ko'p miqdorda qo'shiladi va shu yo'l bilan organizmning kislorodga
bo'lgan ehtiyoji birmuncha qondiriladi. 3000-4000 m dan ham baland ko'tarilganda
bu mexanizmlar yordam bermay qoladi va bu vaqtda kasallik holati - balandlik
kasalligi vujudga keladi. Balandlik kasalligi yoki tog4 kasalligi faqat balandlikkagina
bog'liq bo'lmasdan, kishining o'rganmaganligi va uning individual xususiyatlariga
ham bog'liqdir. Tog' kasalligi, aksari balandlikka ko'p kuch sarf qilib, tez ko'tarilish
vaqtida vujudga keladi. Charchash, uyqusizlik, ortiq darajada isib ketish yoki sovuq
yeyish, hayajon, tog' kasalligini kuchaytiradi.
Tog' kasalligining alomatlari, shulardan iborat: nafas olish va yurak urishi tezlashadi,
bosh aylanadi va og'riydi, quloq jaranglaydi, ish qobiliyati pasayadi, kishi tez
charchaydigan bo'lib qoladi, ko'ngil ayniydi, rangi oqarib ketadi.
I.M.Sechenovning ma'lumotlariga qaraganda, alveolalarda kislorodning parsial
bosimi doim xavf tug'diradi. Organizmni kam kislorodli havo bilan nafas olishga
o'rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bu vaqtda qonda eritrotsitlar miqdori ko'payadi,
o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, to'qimalar, ayniqsa, asab to'qimasi kam kislorodga
chidamli bo'ladi.
Ma'lumki, mu'tadil sharoitda nafas olganda tashqi havo qonda ma'lum darajada erigan
bo'ladi. Havoda bosim ko'paysa, organizmda erigan gazlarning miqdori ham
ko'payadi. Atrofdagi bosim sekin-asta pasayib borganda organizmda erigan ortiqcha
gaz diffuziya yo'li bilan to'qimalardan qonga o'tadi undan o'pka orqali tashqariga
chiqarib yuboriladi. Agar yuqori bosimdan past bosimga tez o'tadigan bo'lsa yoki
atrofdan bosim birdan kamayib ketsa, qonda va to'qimalarda gaz pufakchalari hosil
bo'ladi. Bu gaz pufakchalari kattalashib, gaz probkalarini hosil qiladi va tomirlarni
bekitib, qon o'tkazmay qo'yadi. Gaz pufakchalari, aksari, teri ostidagi yog'
to'qimalarida, suyaklarda, bo'g'inlarda, asab tizimida hosil bo'ladi.
Baland tog' sharoitida uzoq vaqt turilganda, masalan: baland tog'li joyda yashaganda
(endemik kishilar) odam kislorodning past parsial bosimiga o'rganib qoladi
(akklimatizatsiya). Bu, bir necha omillarga bog'liq; 1) qondagi eritrotsitlar soni
ko'payadi, demak, qonning kislorod
sig'imi ortadi; 2) o'pka ventilatsiyasi kuchayadi; 3) kislorod yetishmasligiga organizm
to'qimalari, jumladan markaziy asab tizimining sezgirligi pasayadi.
Qon ishlanishning kuchayishi, shuningdek, qon depolaridagi qonning umumiy
aylanishga ko'proq qo'shilishi natijasida eritrotsitlar soni ko'payadi. Qonda
eritrotsitlarning yosh shakllari-retikulotsitlar sonining ortishi va ko'mik massasining
ko'payishi qonning ko'proq ishlanayotganidan guvohlik beradi. 15000 m
balandlikdagi havo bosimi 80 mm simob ustuniga teng. Sunday sharoitda hatto
70
kislorod asbobi (baloni) yordamida toza kisloroddan nafas olinganda ham alveolyar
havodagi kislorodning porsial bosimi me'yordagidan past bo'lib, qonga yetarlicha
kislorod o'tishini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun stratosferada, ayniqsa, kosmosda
uchish uchun ichidagi bosim zarur darajada saqlanib turadigan germetik kabinalar
individual germetik skafandrlar kerak.
Asab tizimi va uning oliy bo'limi - bosh miya po'stlog'i atmosfera bosimining
pasayishiga javoban organizm chidamini oshiradi, ya'ni fiziologik jarayonlarning
borishini o'zgargan tashqi sharoitga moslashtiradi. Odam mashq qilgandan keyin
4000-5000 m balandlikda tura oladigan va hatto tog' kasalligining ko'ngilsiz
sezgilarini boshdan kechirmasdan yanada balandroqqa ko'tarila oladigan bo'ladi.
Masalan, Elbrusga borgan ekspeditsiya mashq qilishdan keyin 5000 m dan ortiq
balandlikka ko'tarilgan. Everestga borgan ekspedisiya 8400 m balandlikka
ko'tarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |