E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Nafasning boshqarilishi 
 
Nafas  mushaklarining  kelishib  ritmik  ravishda  qisqarishini  ta'minlaydigan  va  tashqi 
muhitning  hamda  organizm  ichki  muhitining  o'zgaruvchan  sharoitga  nafasni 
moslashtiradigan asab hujayralari yig'indisi nafas markazi deb ataladi. 
Nafas  olishning  boshqarilishi  (regulatsiyasi)  nafas  olish  harakati,  ko'krak  qafasining 
kengayib-torayishi, chuqur yoki yuza nafas olish qisman ixtiyorimizga bog'liq bo'lsa 
ham,  asosan,  ixtiyorsiz  bo'ladi.  Nafas  olish  birinchi  navbatda,  asab  tizimi  orqali 
boshqarilishini  rus  olimlari  N.A.Mislavskiy  (1885)  va  M.V.Sergiyevskiy  (1902) 
o'rganganlar. 
Bu  olimlarning  ma'lumotlariga  ko'ra,  nafas  olishni  boshqarib  turadigan  markaz 
uzunchoq  miyada  o'rnashgan.  Agar  bu  markaz  shikastlansa,  nafas  mushaklari 
falajlanadi va nafas to'xtab qoladi. 
Nafas  markazidan  yuqorida  yotgan  markaziy  asab  tizimi  qismlari  olib  tashlaganda 
yoki ular shikastlanganda nafas olish saqlansa ham, uning xarakteri o'zgaradi. Shunga 
asoslanib, ko'p olimlar bosh miyaning yuqori qismlarida «nafas oliy asab markazlari» 
bo'lishi kerak deyishadilar. 
Fiziologlarning  ishlariga  qaraganda  nafas  olish  va  tomirlarni  harakatga  keltirish 
markazlari bilan bosh miyaning yuqori qismlari orasida o'zaro funksional bog'lanish 
bo'ladi.  Ko'p  olimlar  nafas  markazini  o'zaro  bir-biri  bilan  bog'langan  nafas  olish  va 
nafas chiqarish markazlaridan iborat deb hisoblaydilar. 
Uzunchoq  miyadagi  ikki  xil  hujayralar  o'zaro  mahkam  bog'langan  bo'lib,  kelishib 
ishlaydi. Nafas olish regulatsiyasida bosh miya po'stlog'ining bevosita ishtirok etishi 
keyingi  tekshirishlarda  isbot  qilindi.  Nafas  olish  boshqarilishida  bosh  miya  katta 
yarim sharlari po'stlog'ining qatnashuvi shu bilan ham ifodalanadiki, umr bo'yi nafas 
olishga taalluqli ko'pgina shartli reflekslar hosil bo'ladi. 
Shunday  qilib,  nafas  markazining  «chegaralari»  uzunchoq  miya  doirasidan  chiqib, 
bosh  miya po'stlog'iga ham boradi. Shu sababli «nafas  markazi» degan tushunchaga 
markaziy asab tizimining hamma sohalari 
Buning  uchun  bir  itning  uyqu  arteriyasi  ikkinchi  itning  uyqu  arteriyasi  bilan 
birlashtiriladi.  Bunda  bir  it  qoni  ikkinchi  itning  boshiga  o'tadi.  Agar  bu  itlarning 
biriga  ko'proq  karbonat  angidrid  hidlatilsa,  u  qonga  o'tib,  qon  orqali  ikkinchi  itning 
boshiga boradi va uning uzunchoq miyasiga ta'sir etib, nafas olishni tezlashtiradi. Bu 
hoi  karbonat  angidridning  nafas  olish  markaziga  qon  orqali  (gumoral)  ta'sir  etishini 
ko'rsatadi. 
Shu itlardan birining traxeyasi qisilib, organizm shu yo'l bilan bo'g'ilsa, biroz vaqtdan 
keyin  uning  nafasi  to'xtab  qoladi  (apnoe), ikkinchi  it  esa  rosa  halloslaydi  (dispnoe). 
Bunga  sabab  shuki,  birinchi  itning  traxeyasi  kesiiganda  uni  tanasidagi  qonda  CO2 
to'planadi (giperkapniya) va kislorod miqdori kamayadi (gipoksemiya). Qon birinchi 
itning tanasidan ikkinchi itning boshiga boradi va uning nafas markazini qo'zg'atadi. 
Shu sabali ikkinchi itda nafas kuchayadi (giperventilatsiya), CO2 tarangligi pasayadi, 
O2 tarang'igi esa oshib ketadi. Shu itning tanasidan kislorodga bey va CO2 kam qon 
birinchi itning boshiga kelib, unda nafas to'xtatib qo'yadi (apnoe). 
Shunday  qilib,  qonda  karbonat  angidridning  ko'payishi  nafas  markazi  ishini, 
kuchaytiradi  va  aksincha,  tez-tez  nafas  olish  natijasida  qondagi  karbonat  angidrid 
tashqariga chiqarib yuborilsa, nafas olish birmuncha vaqt to'xtab qoladi, bunda qonda 


 
67 
karbonat angidridning miqdori yana ko'payadi va nafas olish tezlashadi. 
Nafas  markazi  faqat  karbonat  angidrid  bilangina  ta'sirlanmay,  balki  kislotali  boshqa 
moddalar  (masalan,  sut  kislota)  ta'sirida  ham  qo'zg'aladi.  Moddalar  almashinuvi 
natijasida bunday kislotali moddalar nafas markazining asab hujayralarida ham hosil 
bo'ladi.  Shunday  qilib,  nafas  markazi  o'zida  hosil  bo'ladigan  kislotali  moddalar 
ta'sirida qo'zg'alib turadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish