E nuritdinov


Turli  sharoitdagi  nafas  va  organizmning  kislorod  bilan  ta'minlanishi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Turli  sharoitdagi  nafas  va  organizmning  kislorod  bilan  ta'minlanishi 
xususiyatlari. 
Jismoniy ish paytidagi nafas 
 
Nafasning asosiy vazifasi organizmga kislorod yetkazib berish va karbonat angidridni 
chiqarib  tashlash  bo'lganidan  u,  birinchi  navbatda,  moddaalar  almashinuvining 
shiddatiga qarab o'zgaradi. Organizm tinch turgan vaqtda nafas olish sekin va yuzaki, 
ish qilganda esa chuqur va tez bo'ladi. 
Jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda kislorod iste'mol qilish bir daqiqada 100 
ml  ortganda  qonning  daqiqalik  hajmi  taxminan  800-1000  ml  ko'payishi  hisoblab 
topilgan.  Odam  tinch  turganda  kislorod  iste'mol  qilish  bir  daqiqaga  250-300  ml  ga, 
ish  vaqtida  esa  4500-5000  mlga  yetishi  mumkin.  Jismoniy  ish  vaqtida  sistolik  hajm 
uch  hissa  (70  dan  200  ml  gacha)  yurakning  qisqarishlar  chastotasi  2  va  hatto  3 
baravar ortgani 
(daqiqaga 70 dan 150 gacha va hatto 200 martagacha urgani) uchun ham shunchalik 
ko'p kislorod tashib berilishi mumkin.    ., 
Jismoniy  mashqlar  va  jismoniy  ish  vaqtida  qon  hujayralarining  qon  depolaridan 
chiqishi  va  terlash  tufayli  qondagi  suv  ,  kamayishi,  buning  natijasida  esa  qonning 
quyuqlanishi  va  gemoglobin  konsentratsiyasining  ko'tarilishi,  binobarin,  qonning 
kislorod sig'imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi. 
Jismoniy  ish  bajarilayotganda  o'pka  ventilatsiyasini  va  qonning  daqiqalik  hajmini 
oshiradigan  sabablardan  biri  shuki,  to'qimalarda  sut  kislotasi  to'planib  qonga  o'tib 
turadi.  Ayni  vaqtda  qondagi  sut  kislotasi  mushaklar  tinch  turgandagi  5-22  m2% 
o'rniga 50-100 va hatto 200 m2% ga yetishi mumkin. Sut kislotasi karbonat kislotani 
natriy va kaliy ionlari bilan bog'lanishdan mahrum qiladi, shuning natijasida qondagi 
karbonat  angidrid  tarangligi  oshib,  nafas  markazi  bevosita  va  refleks  yo'H  bilan 
qo'zg'aladi.  Zo'r  berib  ishlayotgan  mushaklarga  kislorod  yetishmay  qoladi  va  sut 
kislotasining bir qismi parchalanishning oxirgi mahsulotlari bo'lgan karbonat angidrid 
hamda  suvgacha  oksidlana  olmaydi,  shuning  uchun  mushaklar  bilan  ish 
bajarilayotganda  sut  kislotasi  yig'ilib  qoladi.  Bunday  holatni  A.Xill  kislorod, 
qarzdorlik  deb  ataydi.  Mushaklar  bilan  juda  jadal  ish  bajarilayotganda,  masalan, 
sportchilar  g'oyat  og'ir  musobaqalarda  qatnashganda  kislorod  qarzdorlik  paydo 
bo'ladi. 
Jismoniy  mashqlar  bilan  shug'ullanadigan  paytda  mushaklardagi  teri-mushak 
retseptorlar  (proprioretseptorlar)ning  ta'sirlanishi  nafas  va  qon  aylanishini 
kuchaytiradigan  signal  bo'lib  qoladi.  Bu  vaqtda  nafas  olishning  har  qanday 
kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi. 
Mushaklar  bilan  bajariladigan  bir  ish  ko'p  marta  takrorlanganda  mushak 
proprioretseptorlarining  ta'sirlanishi  tufayli  nafas  olish  shartsiz  refleks  yo'li  bilan 


 
68 
o'zgarishidan tashqari, shartli  refleks  yo'li  bilan ham  kuchayadi  va  tezlashadi. Nafas 
olishning  bunday  moslashuvchi  o'zgarishlari  odatdagi  ishni  bajarishdan  oldingi 
signallar  ta'sirida  paydo  bo'ladi  va  ishning  bajarilishini  osonlantiradigan 
o'zgarishlarni,  ya'ni  to'qimalarining  kislorod  bilan  ta'minlanishini, kuchaytiruvchi  va 
sut  kislotasining  to'planishiga  to'sqinlik  qiluvchi  reaksiyalar  kompleksini  vujudga 
keltiradi. 
Shunday qilib, jismoniy mashg'ulotlar vaqtida mushaklar ishlayotganda, birinchidan, 
organizmda ro'y beruvchi kimyoviy o'zgarishlar-karbonat angidrid va almashinuvda, 
reflektor  ta'sirlar  o'pka  ventilatsiyasini  oshiradi.  Jismoniy  ish  bajarib  o'rgangan 
odamning nafas olishi jismoniy ish qilib o'rganmagan odamning nafas olishidan katta 
farq  qiladi.  Jismoniy  ish  qilib,  sport  bilan  doimo  shug'ullanadigan  kishilarda  o'pka 
ventilatsiyasining  ko'payishi,  asosan,  chuqur  nafas  olish  hisobiga  bo'ladi.  Jismoniy 
ish  qilib  o'rganmagan  kishilarda  esa  nafas  olishning  tezlashishi  natijasida  o'pka 
ventilatsiyasi oshadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish