Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi
Yuqorida
aytilganidek,
moddalar
almashinuvida,
ya'ni
oqsillar,
yog'lar,
karbonsuvlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil
bo'ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to'xtovsiz davonn
105
etishi uchun sarflanadi.
' Energiya almashinuvida adenozintrifosfat kislotasi (ATF) markaziy o'rin egallaydi.
Turli makroergik birikmalardan hosil bo'lgan ATF o'z navbatida ularning sintezida
asosiy rol o'ynaydi.
Turli organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya ATF
shaklida saqlanib, zaxira bo'lib turadi. ATF organizmning har bir hujayrasida bo'ladi.
Uning eng ko'p miqdori skelet mushaklardauchraydi - 0,2-0,5% hujayraning har bir
faoliyati to'g'ridan-to'g'ri ATP ning parchalanish vaqtiga mos keladi.
Ma'lum bir masofaga yugurish (masalan, 100 metrga) mushaklar faqat ulardagi
zaxiraviy ATF energiyasi hisobidan ishlaydi. Parchalangan ATP molekulalari yana
boshqatan qayta qisqarishni ta'minlash uchun qayta tiklanishi kerak. Bu jarayon
karbonsuvlar va boshqa moddalar parchalanishi natijasida ajralib chiqqan energiya
hisobidan amalga oshadi.
Shunday qilib, organizm, to'qimalar, a'zolar ; va; hujayralarning funksional faoliyati
uchun ATF yagona va universal energiya'manbai bo'Hb xizmat qiladi. Organizmning
energiyasi moddalaiv •alrnashinuvi, mushaklarning faoliyati va ovqatningo'ziga xos-
ta'siri uchun sarflanadi. Organizm tomonidan sarf qilingan energiya miqdorini bilib
turib, undan tashqariga chiqariladigan issiqlik miqdorini ham aniqlash mumkin.
Energiya sarfini o'lchash usullari (bilvosita va bevosita kalorimetriya).
Nafas koeffltsienti '
Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat u issiqlik
energiyaga aylanadi. Bu issiqlikni bilvosita va bevosita kalorimetriya usullari
yordamida aniqlab, organizmdagi energiya alrnashinuvi to'g'risida-tasavvur olish
mumkin.
Bevosita kalorimetriya usulida organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi
maxsus germetik apparatlar - kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Bu usul
organizm faoliyati natijasida hosil bo'ladigan va tashqariga chiqadigan issiqlikning
miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Odamni maxsus kalorimetrik kameraga
joylashtirib, 'unmg tanasidan muhitga beradigan issiqlik miqdorini o'lchaydi. Kamera
ichining yuqori qismida bir nechta naycha o'rnatilgan bo'lib, ularda suv aylanib
turadi. Tajriba o'tkazilayotgan odam mu'tadil nafas olishi uchun maxsus naycha
orqali kislorod ballonidan kameraga havb kiritib turiladi. Nafas orqali chiqarilgan
havo maxsus naycha ofqali kamera tashqarisida joylashtirilgan baklardagi kimyoviy
moddalardan o'tkazilib, undagi karbonat angidriddan tozalanadt. Kalorimetrik
kamerasi naychalari orqali oqib o'tgan suvning miqdorini aniqlab, harorati o'lchanadi.
Bir kecha-kunduzda shu suvni isitishga sarflangan issiqlik energiyasining miqdori
kamerada tajriba^ olib borilayotgan odamdan ajralganligi aniq bo'ladi. Bu energiya
miqdori kilojoullar (kDj) da ifodalandi.
Bu usul ancha murakkab bo'lib, undan maxsus ilmiy-tekshirish institutlarida
foydalaniladi. Shuning oqibatida tibbiyot amaliyotida bilvosita kalorimetriya usuli
qo'llanib kelmoqda. Buning ma'nosi shundaki, dastlab o'pka ventilatsiya hajmi
aniqlanib, so'ngra nafas bilan qabul qilingan kislorod va ajralib chiqqan karbonat
angdrid miqdoriga qarab, organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va
sarflanganligi aniqlanadi. Nafasdan chiqqan karbonat angidrid hajmining yutilgan
kislorod hajmiga nisbati, ya'ni CO2 nafas nisbati nafas koetfitsienti deyiladi. Nafas
koeffitsientini aniqlaborganizmda oksidlanadigan moddalar haqida ma'lumot olish
106
mumkin. Nafas olish va chiqarish sarflangan kislorod va chiqarilgan karbonat angdrid
miqdorini aniqlash uchun Duglas - Xolden niqob qopidan va M.N.Shaternikovning
respirasion kamerasidan foydalaniladi.
Odam organizmida 1 g oqsil oksidlanishi va parchalanishiga 0,97 1 kislorod
sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo'ladi; 1 g yog' oksidlanishiga 2,03 kislorod
sarflanib, 9,3 kkal energiya; 1 g uglerod oksidlanishiga 0,81 kislorod sarflanib, 4,1
kkal energiya hosil bo'ladi. Demak, Duglas - Xolden niqob-qopi yordamida nafas
olish orqali qabul:qilingan kislorod miqdorini aniqlab, bu kislorod yordamida
organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va sarflanganligi hisoblab chiqariladi.
Karbonsuvlar oksidlanishida nafas koeffitsient 1 ga teng, chunki 1 molekula
glukozaning angdrid gaz va suvgacha oksidlanishi uchun 6 molekula kislorod
sarflanib,
6
molekula
karbonat
angidrid
gazi
chiqariladi:
C6Hl2O6+6b2=6CO2+6H2O+kkal.
Oqsil oksidlanishida nafas koeffitsienti 0,8 va yog'lar oksidlanishida nafas koeffisenti
0,7 ga teng. Yog'lar va oqsillarda molekulalararo kislorod miqdori karrTbo'lgani
sababli, ularning oksidlanishida ko'p kislorod zarur bo'ladi: 1 g oqsil -'0,97 1, 1 g yog'
- 2,03 1.
Gazlar almashinuvi - organizm bioenergetikasining ko'rsatkichi
Organizmga yutilgan kislorod oqsil, yog' va karbonsuvlarning oksidlanishiga sarf
bo'ladi. Bu moddalardan 1 g oksidlanib parchalanganda har xil miqdorda kislorod
sarflanadi va turli miqdorda issiqlik ajraladi. 1 g karbonsuv oksidlanganda
organizmda 4,1 kkal issiqlik ajralib chiqadi va buning uchun 0,830 1 kislorod 1 g
oqsil oksidlanganda ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi, lekin bunda kislorod ko'proq
sarflanadi va h.z.
Organizmda 1 1 kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori
kislorodning kaloriya ekvivalentligi deb ataladi.
Shunday qilib, organizmda qaysi moddalar - oqsil, yog' va karbonsuvlar oksidlangani
ma'lum bo'lsa iste'mol qilingan jami kislorod miqdoriga qarab qancha energiya
sarflanganini hisoblab chiqish mumkin. Gazlar almanishuvini tekshirish tajribalarida
nafas koeffitsienti tanada qaysi oziq moddalar oksidlanganini ko'rsatib bera oladi.
Karbonsuvlarning oksidlanishida kislorodning kaloriya ekvivalenti 21,13 KDJ (5,05
kkal), oqsillar - 20,1 KDJ (4,8 kkal), yog'lar - 19,62 (4,686 kkal)ga teng.
Odamda energiya sarflanishi quyidagicha aniqlanadi. Odam og'izga qo'yilgan
mushtuk orqali 5 daqiqa davomida nafas oladi. Mushtuk rezinali to'qimadan yasagan
bo'lib, xalta bilan ulangan, uning klapanlari orqali odam erkin nafas olib nafas
chiqaiadi. Soatga qarab, odamning nafas chiqarish hajmini aniqlab, gazoanaliztorning
shkalasiga qarab nafas olish va nafas chiqarish havosi tarkibidagi kislorod va angidrid
gazining miqdori aniqlanadi. So'ngra qabul qilingan kislorod va tashqariga
chiqarilgan karbonat angidrid gazining hajmlarini hisoblab, nafas koeffitsientini
topadi. Yuqorida ko'rsatilgan jadval orqali, nafas . koeffitsienti ko'rsatkichiga
kislorodning kaloriya ekvivalenti va energiyaning sarflanishini tekshiriladi.
Asosiy almashinuv va uning ahamiyati
Organizm tamomila tinch turganda, nahorda, ya'ni ovqatlanishdan 12-:;
16 soat keyin va 18-20° haroratda sarf qiladigan energiyaning rriiqdori
asosiy almashinuv deb ataladi. •
Asosiy
almashinuvni
aniqlash
uchun
tekshiriladigan
odam:
107
1) mushaklari tinch turadigan holatda bo'lishi (mushaklarihi 'bo'sh qo'yib
yotishi), hayajonlantiruvchi omillar ta'sir etmasligi; 2) ocfTbo'lishi,, ya'ni
ovqat yegandan 12-16 scat keyin tekshirili'sHi; 3) komfort harprat -18-^0°
S,
ya'ni
sovuq
-seziltriaydigan,
titratmaydigan
va
organizmni
qizitib
yubormaydigan sharoitda bo'lishi kerak.
_,
Asosiy almanishuvni aniqlash uchun bilvosita kalorimetriya usuli qo'llaniladi, ya'ni
gazlar almashinuvi tekshiriladi. Katta yoshli sog'lom, kishining asosiy almashinuvi
har bir kilogtanirn og'irligiga o'rta hisob bilan ! soatga 1 kaloriyadan to'g'ri keladi.
Masalan, 70 kg og'irlikdagi odamning asosiy almashinuvi 70x24=1680 katta
kaloriyaga terig bo'ladi. Bu organizmning hayot faoliyati uchun sarf bo'ladigan
energiya miqdoridir.
Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, bo'yiga va og'irligiga bog'liq.
Erkaklarda asosiy almashinuv bir xil og'irlikdagi xotinlardagiga nisbatan ortiqroq
bo'ladi.
Bolalarda tananing 1 kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv miqdori katta
yoshli kishilardagiga nisbatan ortiqroq, lekin yosh ulg'aygan sayin issiqlik kamroq
hosil bo'la boshlaydi. Bu hoi 20 yoshgacha davom etadi. 20 yoshdan 40 yoshgacha
issiqlik hosil bo'lishi o'zgarmaydi, 40 yoshdan keyin esa issiqlik yana kamroq hosil
bo'la boshlaydi.
Emizadigan bolalarda I kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv bir kecha-
kunduzda 209-222 KDJ (50-53 kkal/kg)ga teng. Ularning, .vazn og'irligiga qarab
asosiy almashinuv kuchayadi. Sog'lom odamlar asosiy almashinuvining ko'rsatkichi
4,2 KDJ (1 kkal/soat)ni tashkil etadi.
Uyqu vaqtida energiya almashinuv tezligi siyraklik davriga nisbatan 8-10%
kamayadi, chunki uyqu vaqtida mushaklar maksimal darajada bo'shashadi. Tana
haroratining ko'tarilishi energiya almashinuviga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan,
odamning tana harorati 1°S ko'tarilsa, energiya sarfi o'rta hisob bilan 10-11% ortadi.
Iqlimiy sharoit ta'sirida ham asosiy almashinuv miqdori o'zgaradi: Tropiklarda o'rta
geografik kengliklardagiga nisbatan 10-20% kam va shimolda sovuq vaqtida ortiq
bo'ladi.
kifoyalanish noto'g'ri bo'ladi. Organizm uchun ovqatning tarkibi, ya'ni oqsillar,
yo lar va karbonsuvlarningiborligi, ularning sifati va nisbati juda muhimdir.
Ovqat ratsionini tuzganda oqsil minimumini emas, balki oqsil optimumini, ya'ni
organizm ehtiyojlarini to'la qondiruvchi oqsil miqdorini nazarda tutish kerak.
Shundagina organizm kayfiyati yaxshi, ish qobiliyati yuqori, yuqumli kasalliklarga
chidamliligi yetarli darajada bo'ladi, bolalarning esa
sish ehtiyojlari ham
qondiriladi. Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda rta hisob bilan 80-100g oqsil
iste'mol qilib tursa, mu'tadil fiziologik sharoitda organizmning yengil ish
vaqtidagi'ehtiyojlarini to'la qondiradi.
rtacha o irlikdagi ishda qariyb 120 g, o ir jismoniy mehantda esa qariyb 150-160
g oqsil iste'mol qilish zarur. Shundan kamida 30% i hayvon oqsillari bo'lishi zarur.
Bolalarning I kg vazniga hisob qilingan oqsil miqdori ularning o'sish ehtiyojlarini
nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. 1-3 yoshdagi bolalarga bir kecha-kunduzda 55 g
oqsil, 4-6 yoshdagi bolalarga 72 g, 7-9 yoshdagi bolalarga 89 g oqsil kerak, 10-15
yoshdagi bolalar bir kecha-kunduzda 100-106 g dan oqsil iste'mol qilishi zarur.
Ovqat rasionida kamida 60 g yog' bo'lishi zarur, chunki yog'da eruvchi vitaminlar va
108
hujayra tuzilishiga zurur lipoidlar yog'lar tarkibiga kiradi. Odam bir kecha-kunduzda
300 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog' iste'mol qilishi zarur.
; Ovqatda karbonsuvlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo'lishi kerak.
Odam ovqatdagi karbonsuvlarning bir kecha-kunduzlik miqdori 400-500 g bo'lishi
kerak. Mineral tuzlarning o'rta hisob bilan 60-80% o'zlashtiriladi. Aralash ovqatning
82-90% o'zlashtiriladi.
Ovqat ratsionini tuzish
Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog'lar
bo'lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon
mahsulotlaridan bo'lishi kerak.
Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning
sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim.
Ovqatda
yangi
sabzovot
yoki
mevalar
bo'lishi
shart.
Bular
asosiy
vitamin manbalaridir.
. • .;
Ovqatning o'zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.;
Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash,
ovqatni o'xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a'zolarining ishini kuchaytiradi
va ovqatning yaxshiroq hazm bo'lishiga, binobarin, yaxshiroq o'zlashtirilishga
yordam beradi.
Odam odatda aralash ovqatlarni iste'mol qiladi. Sunday ovqatlarda oziq moddalar va
ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo'ladi.
Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go'shtda va boshqa ba'zi bir mahsulotlarda
ko'p bo'ladi, shuning uchun ham go'sht sho'rvasi va suyuq osh hazm bezlariga ta'sir
etib, ularning zo'r berib ishlashiga sabab bo'ladi.
Ovqat ratsionini to'g'ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar, yog'lar-va
karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilish kerak. 15-javdal turli
mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi.
Ko'pchilik kishilar me'daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to'yish sezgisiga
ahamiyat beradilar. Me'da oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan to'lsa,
odam o'zini to'ydim deb his qilishi murnkin. 15-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni
hisobga olib, ilmiy asosda rasion tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |