115
bog'langan. Yuqorida ko'rsatilgandek, ter ajralishiga bosh miya po'stlog'i ham ta'sir
ko'rsatib turadi.
Ter refleks yo'li bilan ajraladi. Atrofdagi muhitning yuqori harorati ta'sir etganda
teridagi issiq sezuvchi retseptorlarining qo'zg'alishi tufayli ter ajralish refleksi paydo
bo'ladi.
Siydik va ter ajralishga jismoniy ishning ta'siri
Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi jarayonlariga ta'sir
etib, ularni kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida tana haroratining fiziologik me'yorida
saqlanishi uchun ortiqcha issiqlikni organizmdan chiqarish asosan terlash orqali
bo'ladi. Bundan tashqari mushak faoliyatida moddalar almashinuvining qator
mahsulotlari: sut kislotasi, karbonat angidridi, fosfor kislota, kreatinin va boshqalar
qonga o'tadi.
Ularning ba'zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi.
Jismoniy mehnat natijasida organizmdagi umumiy qonning bir qismi mushaklarga
oqishi sababli ichki a'zolarga, shu jumladan buyraklarga ham qon kelishi kamayadi.
Bu siydik ajralishining kamayishiga. undagi turli moddalar konsentratsiyasining
ortishiga olib keladi. Siydikning solishtirma og'irligi ortadi, reaksiyasi o'zgaradi.
Ayniqsa bajaraladigan mushak ishining shiddati, muddati, og'ir-yengilligi va boshqa
omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o'zgarishiga har xil ta'sir ko'rsatadi. Masalan,
adrenalin gormoni ta'sirida glikogen parchalanishining kuchayishi bilan qonda
glukoza miqdori me'yoridan ortganida siydik tarkibida glukoza paydo bo'ladi.
Jismoniy mehnat bajarishda siydik tarkibida sut kislotasining miqdori ortadi.
Ayniqsa, suv muhitda yuqori tezlikdagi og'ir ishlarni bajarishda malpigiy
koptokchalari epiteliysining o'tkazuvchanligi ortishi natijasida siydik tarkibida oqsil,
ba'zida esa hatto eritrotsitlar kuzatiladi.
Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy ishlarni
bajarish ter bezlari funksiyasining kuchayishi bilan kuzatiladi. Buyrak orqali
ajratiladigan moddalarning ko'pchiligi ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Ter
tarkibida kreatinin, siydikchil, ammiak, sut kislotasi, tuzlar konsentratsiyasi ortadi.
Jismoniy ishda nafas a'zolari ishining tezlashishi kuzatiladi. Bu moddalar
almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan karbonat angidridning organizmdan
chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan
itlarda organizmdan ortiqcha suv ajratilishi va tana
haroratining me'yorida ushlanish ko'p jihatdan so'lak ajralishi va nafas a'zosi ishiga
bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: