E nerge t ikas I a. I. Karshibayev



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/254
Sana06.02.2022
Hajmi4,59 Mb.
#432893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   254
Bog'liq
energiya tejamkorligi asoslari

Issiqlik energetikasi
— energetikaning issiqlikni dvigatellar va boshqalar 
yordamida boshqa energiya turlari mexanik energiya, elektr energiyasiga 


16 
aylantirib beruvchi issiqlik texnikasi boʻlimi. Issiqlik energetikasida asosiy 
issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiqlik elektr 
stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) 
hisoblanadi. Yirik Davlat issiqlik elektr stansiyasilariga quyidagilar kiradi: 
―Sirdaryo‖ DIES (3000 MVt), ―Toshkent‖ DIES (1850 MVt), va 
―Tolimarjon‖ DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonda mavjud 
issiqlik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi. 
Fanda energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy 
tekshirish 
ishlariga 
asoslangan 
holda 
energetika 
taraqqiyotining 
qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi va 
energetikani optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi hamda 
energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga 
taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, energetikaga doir fan va texnika 
taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda energetika 
fanlarining rivojlanishi XX asr 30 - yillari oxiri va 40 - yillariga toʻgʻri 
keladi. Energetikaga doir ilmiy tekshirish ishlari energetikaning ustuvor 
kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi.
Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — 
oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va 
sinxron mashinalarning magnit oqimlarining oʻz-oʻzidan uygʻonishini 
taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning 
murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan 
shugʻullanildi hamda gidroelektr stansiyalari quvvatini samarali 
taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- 
yillarda ilmiy tekshirish ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari 
ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga 
qaratildi.
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan 
oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, 
xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va 
kichik gidroelektr stansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng 
tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika 
jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika 


17 
tizimlarida oʻlchash texnikasi, oʻlchash aniqligi, puxtaligi va 
samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim 
tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J.Abdullayev). Issiqlik energetikasi va 
issiqlik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi 
va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot 
ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R.A.Zohidov, S.Q.Ismatxoʻjayev). 
Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona 
foydalanish, gidroelektr stansiyalar jihozlarini diagnostika qilish, mashina 
yordamida sug‘oriladigan nasos stansiyalari uchun yangi elektr yuritmalar 
yaratish (T.S.Kamalov), Oʻzbekiston elektr korxonalarining normal 
ishlashini electron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida hisoblash 
(E.Payziyev), elektrofizikaning fizik-texnik muammolari boʻyicha bir 
qancha ilmiy natijalarga erishildi.
Bu yoʻnalishda olib borilgan ishlarning biri — bu yangi prinsipda 
ishlaydigan maxsus elektr mashinalari — koʻp rotorli asinxron 
motorlarining yaratilishi boʻldi. Elektromagnitli val prinsipi taklif etildi va 
ishlab chiqildi. Bu bir-biriga mexanik ravishda bog‘lanmagan bir necha 
mexanizmlarning aylanish tezliklarini oʻzaro muvofiqlashtirishni 
taʼminlovchi elektromagnitli qurilmadir. Sanoat va qurilishda keng 
qoʻllaniladigan titrama g‘alvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi turlari 
yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Ikki motorli elektr yuritmalar, 
shuningdek, qutblari keng oʻzgarishga ega boʻlgan asinxron motorlari 
nazariyalari yaratildi. Elektr zanjirlari va tizimlarining chiziqli boʻlmagan 
nazariyasi va hisobiy usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash 
texnikasi elementlarini ishlab chiqish boʻyicha maktab yaratildi. 
Parametrik zanjirlar va tizimlar, boshqarish elementlari va texnika 
vositalari, avtoparametrik tebranishlar zajirlarida oʻzgaruvchan tok fazalar 
soni va chastotasini oʻzgartirish nazariyalari yaratildi. Energetika 
tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof 
energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib 
boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida 
qoʻllanish ko‘lamini kengaytirish istiqbolli masalalaridir. Ma‘lumki, neft 
va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O‗zbekistonda ham kamayib 


18 
bormoqda, u bir necha o‗n yilliklarga, shu bilan birga ko‗mir zaxirasi 250 
yildan ko‗proq muddatga etishi mumkin. 
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta 
qiziqish bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga 
asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi 
moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O‗zbekiston 
sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va 
geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan 
tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog‗li va mavjud 
energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar uchun yagona 
iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi 
mumkin. 
Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo‗lib turgan 
elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi 
takidlanmoqda. Bunga sabab kundan kunga mamlakatimizda zamonaviy 
texnika va texnologiyalarni paydo bo‗lishidir, masalan, aholi ehtiyoji 
uchun muzlatgichlar, sovutgichlar va shunga o‗xshash turli xildagi 
energiya sarf qilinuvchi jixozlarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun 
mamlakatimizda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishda hozirgi 
zamon elektron qurilmalaridan keng foydalangan holda noan‘anaviy 
energiya manbalaridan samarali foydalanib tejamkor elektr ta‘minotini 
tashkil etish aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir. 
Insoniyat energiya ishlab chiqishda va ishlatishda uzoq yo'l bosdi: 
yong'inlarning 
yonib 
turgan 
energiyasidan 
reaktorlar 
yadroviy 
energiyasiga qadar. Ushbu yo'l iste'molni kengaytirish va energiya sarfini 
ko'paytirish bilan tavsiflanadi, bu ikki muqobil yo'nalishga olib keldi. 
Birinchi yo'nalish quyidagicha tavsiflanadi. Inson o‘z rivojlanishda 
yonilg'i-energetika resurslaridan foydalanishni doimiy ravishda oshirib 
boradi. O'tgan asrda dunyoda energetika resurslarini iste'mol qilish 10 
martadan oshib, uning iste‘moli 15 milliard tonna shartli yoqilg'idan (ShY) 
oshdi. 
Yer sayyorasidagi rivojlanish bevosita energiya iste'mol darajasi 
oshishi bilan uzviy bog'liq. 1.1-jadvalda elektr energiyasi bilan aholi jon 


19 
boshiga ta‘minlanganligi hamda energiya iste‘moli rivojlanish darajasiga 
qarab ko'rsatkichlar va hayot sifatining dinamikasi ko'rsatilgan. 
1.1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, energiya iste'moli hayot 
ko'rsatkichlari sifatiga hamda mamlakatlar rivojlanish darajasiga ta'sir 
ko'rsatadi. Shu bilan birga, energiya iste'moli o'sishi bilan mamlakatlarning 
iqtisodiy energiya samaradorligi ham ortadi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish