E nerge t ikas I a. I. Karshibayev



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/254
Sana06.02.2022
Hajmi4,59 Mb.
#432893
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254
Bog'liq
energiya tejamkorligi asoslari

Uran sanoati.
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 
elementlarning aksariyati, ya'ni, 1-raqamli element vodoroddan boshlab, 
83-raqamli element vismutgacha bo‘lgan barchasi barqaror elementlar 
sanaladi. Ushbu elementlarning hech bo‘lmasa bir dona atomi doimiy 
barqaror bo‘lib qoladi. Balki tabiatda mavjud barqaror elementlarning 
hammasi aynan o‘sha 83 ta elementdan iborat bo'lishi mumkin. 
Vismutdan keyin keluvchi element - poloniydan boshlab, beqaror 
kimyoviy elementlar qatori boshlanadi. Bu elementlarni beqaror 
deyilishiga sabab, vaqt o‘tishi bilan bunday elementning atomi 
parchalanib, boshqa bir atomga aylanadi. Bunday beqaror elementlar 
ichida keng tarqalgani va eng birinchi bo‘lib kashf qilingani - davriy 
jadvaldagi 92 raqamli element - Uran elementidir. Uranni 1789-yilda 
olmon kimyogari Martin Genrix Klaport (1743-1817) tomonidan 
nasturan
mineralini tadqiq qilish vaqtida kashf etilgan. O‘zi kashf qilgan elementni 
olim, o‘sha yillarda astronom hamkasblari tomonidan kashf etilgan yangi 
sayyora - Uran sharafiga shu nom bilan nomlagan. 
Nasturan minerali tarkibida uran oksidi (U3O8 yoki UO2) mavjud 
bo‘ladi. Uranni tozalab olish juda qiyin. U titan va shunga o‘xshash 
metallar kabi juda faol bo‘lib, uni o‘z tarkibidagi aralashmalardan xalos 
qilish mushkul vazifadir. Dunyodagi yetakchi kimyo laboratoriyalarida 
ham uranni sof holda olishga bo‘lgan urinishlar 1942-yilgacha doimo 
besamar ketgan. Faqat 1942-yilga kelibgina, atom bombasi tayyorlash 
loyihasi asnosida uran elementi ilk bora sof holda olindi. Kimyogarlarning 
hayratiga sabab bo‘lib, olingan uran metali kumush rangida bo‘lib chiqdi. 
Og‘irligi esa oltinning og‘irligiga yaqin ekan. 
Uran kashf qilinganidan keyingi yuz yil davomida uni biror tayinli 
maqsadda ishlatilmagan. Masalan, Chexiyadagi nasturan koni XVI-asrdan 
boshlab qazishga kirishilgan bo‘lsa-da, u yerda konchilar nasturanga 
yo‘ldosh kumushni ajratib olish uchungina ishlashgan. XIX asr ikkinchi 
yarmiga kelib Chexiyadagi konda kumush chiqmay qo‘ydi va endi 
konchilar o‘sha joyning o‘zidan qo‘rg‘oshin qazishga o‘tishdi. Keyinchalik 
konda qo‘rg‘oshin ham tugab bitdi. Shundan so‘ng, XX-asrning 40-


32 
yillarigacha kon tashlandiq holda yotdi va u yerda uranning ulkan zahirasi 
borligi birovning xayoliga ham kelmadi. 
Bu vaqt davomida uranning ba'zi birikmalarini shishaga qo‘shish 
uchun ishlatishgan. Juda oz miqdorda qo‘shilgan uran birikmalari shishaga 
kanareykalar patidagi singari yorqin yashil-sariq rang bergan. Shuningdek 
yana boshqa bir uran birikmasidan keramika mahsulotlarini sirlashda va 
bo‘yashda foydalanishgan. Uranni amalda qo‘llash sohalari faqat shu ikki 
jabhadangina iborat bo‘lgan. Kimyogarlarning ham uranga bo‘lgan 
qiziqishi uning ayrim birikmalarida shunday flyuroessentlik xossasi, ya'ni 
turli ranglar bilan jilvalanishi xususiyati mavjudligi yuzasidan bo‘lgan 
xolos. Ya'ni, uranni ultrabinafsha nurlariga tutilsa u yorqin sariq rangda 
tovlangan. 
1896 yilda farang fizigi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908) mutlaqo 
tasodifiy ravishda shuni payqab qoldiki, uranning atomlari fanga shu 
choqqacha noma'lum bo‘lgan qandaydir nurlanish taratar ekan. Ushbu 
nurlanishlarni keyinchalik 
radioaktivlik
deb nomlashdi. Shundan keyin 
fiziklar va kimyogarlar orasida uran elementiga bo‘lgan qiziqish benihoya 
ortib ketdi. 
Tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, uran atomida 
chiqayotgan nurlanishlarning ayrim turlari, atomning o‘zidan ham kichik 
zarrachalardan tashkil topar ekan. Shu sababli ham bunday zarrachalarga 
subatom zarrachalar
deb nom berishdi. Nurlanishning boshqa turlari esa 
rentgen nurlariga o‘xshab ketardi, lekin undan ancha kuchliroq edi. 
Afsuski, uran va unga o‘xshash radioaktiv elementlarning nurlanishi va 
nurlanishning inson tanasiga nisbatan salbiy ta'sirini anglab yetilgunicha, 
bir necha olimlar va mutaxassislar nurlanish natijasida vafot etib ketishdi. 
Ushbu nurlanishlarning tabiatini tadqiq qilish davomida olimlar 
atomlarning ichki tuzilishi haqida ko‘plab yangi narsalarni bilib olishdi. 
Chunonchi, atomlar turli xildagi subatom zarrachalardan tashkil topishi 
ma'lum bo‘ldi. Olimlar ushbu zarrachalardan foydalanib, bir atomni 
boshqa bir atomga aylantirishni o‘rganib oldilar. Bunday jarayonni biz 
hozirda 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish