«TASDIQLAYMAN»
Termiz tumani FVB boshlig‘i
mayor
E.M.Xalimov
«____” yanvar 2023 yil
Termiz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 19-Yong‘in-qutqaruv qismi avtomobil texnikalaridan foydalanish bo‘yicha katta texnik
XIZMAT VAZIFASI
Yong‘in qutqaruv qismi katta texnigi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qism boshlig‘i va tuman (shaxar) FVB boshlig‘iga bo‘ysunadi, o‘zining xizmat vazifalari yuzasidan kelib chiqadigan ishlarni rejalashtiradi. Katta texnik qismdagi mavjud yong‘in o‘chirish avtomobillarining doimiy shayligi va haydovchilarning tayyorgarligini yuqori saviyada bo‘lishiga javobgardir. Katta texnik O‘zbekiston Respublikasining “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi, xamda 2009 yil 30 avgust kunidagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2021 yil 17 iyul kunidagi 521-sonli byruq bilan bevosita xizmatni olib boradi.
Katta texnik 521-sonli buyruq bo‘yicha
Katta texnik quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
-navbatchilikni qabul qilib olishda yong‘in o‘chirish avtomobillarini texnik holatini tekshirib olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni tashkil qilish;
-yong‘in o‘chirish avtomobillaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish;
-yong‘in o‘chirish avtomobillariga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlanishini tashkil qilish;
-haydovchilar bilan yong‘in o‘chirish avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
-yong‘in o‘chirish texnikasidan foydalanishda mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasining qoida hamda yo‘riqnomalari talablarini bajarilishini taʼminlash;
-harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozligi bo‘lgan yoki mehnat muhofazasi qoidalari talabiga javob bermaydigan avtotransport vositalari aniqlanganda smena boshlig‘iga axborot berish;
-yong‘in o‘chirish avtomobilidan foydalanish qoidalarini buzayotgan haydovchilar, yong‘in o‘chirish avtomobilini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarni yong‘in o‘chirish avtomobilida ishlashdan chetlatish to‘g‘risida smena boshlig‘iga taklif kiritish.
Katta texnik (katta yurikchi-xaydovchi) avtotransport xizmati masalalari bo‘yicha yong‘in-qutqaruv qismi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari)ga bo‘ysunadi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi;
navbatchilikni qabul qilib olishda avtotransport vositalarini texnik holatini tekshirib olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni tashkil kilish;
avtotransport vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish;
avtotransport vositalariga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlanishini tashkil qilish; haydovchilar bilan avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
avtotransport vositasidan foydalanishda mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasining qoida va yo‘riknomalari talablarini bajarilishini taʼminlash; harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozligi bo‘lgan yoki mehnat muhofazasi qoidalari talabiga javob bermaydigan avtotransport vositalari aniqlanganda smena boshlig‘iga axborot berish;
bo‘linmada avtotransport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzuvchi hamda boshqarish xuquqini beruvchi tegishli xujjatlari bo‘lmagan haydovchilarni ishdan chetlashtirish to‘g‘risida smena boshlig‘iga taklif kiritish.
“Tuzdi”
Do'stlaringiz bilan baham: |