«TASDIQLAYMAN»
Termiz tumani FVB boshlig‘i
mayor
E.M.Xalimov
«____” yanvar 2023 yil
Termiz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
19-Yong‘in-qutqaruv qismi boshlig‘i
XIZMAT VAZIFASI
Yong‘in qutqaruv qism boshlig‘i shahar (tuman) Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysinadi, o‘zining xizmat vazifalari yuzasidan kelib chiqadigan ishlarni rejalashtiradi. Qism boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 7 sentabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 450-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 24 oktabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida yong‘in-qutqaruv garnizoni va navbatchi smena xizmatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi 535-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 5 oktabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tizimida mehnatni muhofaza qilish Qoidalari to‘g‘risida»gi 505-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 14 oktabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarida gaz va tutundan himoyalash xizmatining qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 517-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 24 oktabr kunidagi «Yong‘in-qutqaruv garnizoni va navbatchi smena xizmatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi 535-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 5 avgust kunidagi «Yong‘in o‘chirish yenglaridan foydalanish bo‘yicha Yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 388-sonli, buyruqlari bilan bevosita xizmatni olib boradi.
Qism shaxsiy tarkibini o‘z kasbiga bo‘lgan muxabbatini oshirish ularni ruhan va jismonan tetikligi yuzasidan qilinadigan ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi:
-yangi ishga qabul qilingan yosh xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2019 yil 7sentabr kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining kasbiy tayyorgarligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 450-sonli buyrug‘i talablari asosida ular bilan ishlashni tashkil etishi;
-tayyorgarlik rejalariga asosan shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarligini taʼminlashi hamda uzluksiz ravishda ularni tekshirib borishi va xisobga olishi;
-tezkor yong‘in o‘chirish varaqalari va rejalarini tuzishi va ularni amaliy o‘rganish bo‘yicha navbatchi smena boshliqlari va shaxsiy tarkibning amalga oshirayotgan ishlari, jangovar tayyorgarligi, bilim saviyasini nazorat qilishi;
-qismning shaxsiy tarkibi hamda boshliqlar tarkibi bilan yuz bergan yong‘inlarni tahlil qilishi;
-yong‘in va tabbiy ofatlar ro‘y berganda, yong‘in va tabbiy ofatlar joyiga borib yuqori boshliqlar kelguniga qadar ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
-xonalarni tozaligini saqlash va ularni taʼmirlash ishlariga boshchilik qilishi;
-shaxsiy tarkibni xizmat qilishini nazorat ostiga oladi kunduzgi va tungi vaqtlarda xizmatni tekshiradi yong‘in va favqulodda xolatlarni bartaraf etishga mo‘ljalangan rejalarni tuzishi;
-fuqarolar mudofasi xujjatlarini tekshirishi va qaytadan ishlab chiqishi;
-tezkor xizmat xujjatlarini nazorat qilishi, zarur bo‘lsa ularni yangilanishi va qayta ishlab chiqishi;
-aloqa tarmoqlarini ishlashini, ularni o‘z vaqtida taʼmirlanishini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishi;
-suv olgichlarni tekshirishni rejalashtirishi ular bor joyga ko‘rsatgich belgilarni o‘rnatilishini, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni ko‘rsatib bartaraf etilishini nazorat qilishi;
-yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishi, qismining xujjatli ishlari yuzasidan korxona raxbarlari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lishi;
-shaxsiy tarkibning moddiy kamchiliklarini sinchkovlik bilan o‘rganishi;
-qismda sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni tashkil qilishi;
-Viloyat FVBdan kelgan ko‘rsatmalarga o‘z vaqtida javob yuborilishini yo‘lga qo‘yishi va ko‘rsatmalar asosida shaxsiy tarkib bilan yig‘ilishlarni uyushtirishi;
-Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i bergan ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarishi.
“Tuzdim”
Do'stlaringiz bilan baham: |