E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Н
va 

ОН
eritma ionlariga qo‟shilib ortofosfor kislota 
va adenozindifosfat (ADF) hosil qiladi. Demak, reaksiya sxemasi quyidagicha 
bo‟ladi.
Q
РО
Н
АDF
О
Н
АТФ




4
2
2
(6.14) 
Qaytarilishda 
adenozinmonofosfat 
(AMF) 
hosil 
bo‟ladi. 
ATF 
molekulasidagi mikroenergetik bog‟lanish buzilishida 25 dan 33 kJ/mol 


200 
energiya chiqishga olib keladi. Oddiy murakkab efirlarning gidrolizi vaqtida esa 
atigi 8 dan 12 kJ/mol energiya chiqadi xolos. Termodinamik nuqtai nazaridan 
ATF molekulalari energiyasi ko‟p bo‟lgan tizim turiga kiradi. ADF molekulasi 
esa kam energiyali tizimdir. ATFning sintezi mitoxondriya membranasida 
bo‟ladi va fermentlar ta‟sirida organik moddalar hazm bo‟lishida ADF fosfor 
gruppalarga qo‟shiladi.
To‟qimalar turiga qarab ularda o‟nlab, hattoki yuzlab mitoxondriyalar 
mavjuddir. O‟simlik to‟qimalarida ATF sintezi yorug‟lik nuri ta‟sirida hosil 
bo‟ladi. Bu jarayon fotofosforlash deyiladi. Organik moddalarning sinteziga 
fotosintez deyiladi. Oziq ovqatlarning hazm bo‟lishida hosil bo‟ladigan energiya 
issiqlik ajratishga sabab bo‟ladi. Bu issiqlikni shartli ikki turga bo‟lish mumkin, 
ya‟ni birlamchi (asosiy) va ikkilamchi (aktiv). Birinchisi oziq-ovqat hazm 
bo‟lishi bilan ajraladi va u organizmni isitishga sarf bo‟ladi. Tanada 50% 
energiya mikroenergetik bog‟lanishlarda to‟planadi va uning yordamida hayotiy 
zarur ishlar bajariladi (yurak ishi, muskullar ishi va hokozo).
Patologik o‟zgarishlarda mikroenergetik bog‟lanishlar hosil bo‟lishi 
susayadi va shu sababli birlamchi issiqlikning sarfini oshiradi, bu esa tana 
haroratining oshuviga olib keladi.
Issiqlikning ajralishi asosan muskullarda, ichki organlarda yuz beradi va u 
hayvon turiga, yoshiga, o‟lchamiga, jinsiga va boshqalarga bog‟liq bo‟ladi. 
Umumiy ajratadigan issiqlik juda katta bo‟lishi mumkin. Masalan, odam bir 
yilda 4 GJ issiqlik ajratishi mumkin.
1932-yilda 
M.Klayberning 
aniqlashicha 
hayvonlarining 
issiqlik 
mahsuldorligi, ya‟ni birlik vaqt ichida ajralib chiquvchi issiqlik miqdori
(
t
Q
Q
T

) uning massasi M ga to‟g‟ri proporsional va quyidagi empirik 
formula bilan ifodalanishi mumkin:
n
Т
kM
Q

(6.15) 


201 
Bunda k – empirik koeffisiyent, n–ko‟rsatkich darajasi bo‟lib, Klayber 
ma‟lumoti bo‟yicha 0,75 ga teng. Bu formulani logarifmlasak 
gM
n
gk
gQ
Т






Demak, logarifmik koordinatalarda bu bog‟lanish to‟g‟ri chiziqli bo‟ladi.
Мt
Q
q
T

- solishtirma issiqlik mahsuldorligi son jihatdan birlik vaqt ichida 
hayvonning birlik massasi ajratib chiqaradigan issiqlik miqdoriga teng. A.I. 
Bexovskiy fikricha, tananing issiqlik mahsuldorligi tananing ichki a‟zolarini 
hujayralarning o‟zaro ta‟siri va tananing barcha hujayralarining massasiga 
proporsionaldir, ya‟ni uning umumiy massasi M tanani atrof-muhit bilan o‟zaro 
ta‟siriga, ya‟ni tana yuzasiga to‟g‟ri proporsional yoki 
3
2
M
S

. Shunday qilib 
3
2
bM
aM
Q
T


. Yuqoridagi formulalardan
М
b
a
q
3


ni hosil qilamiz, 
bunda
a
va 
b
– doimiy kattaliklar bo‟lib, tajribalar natijasida aniqlanishicha 
gomoyoterm hayvonlar uchun a=41,9 
kun
kg
kJ

/
va b=244 
kun
kg
kJ

3
/
2
/
ga 
teng. 
Tajribalarning ko‟rsatishicha, tana massasi oshishi bilan issiqlik 
mahsuldorligi kamayib boradi. Bu esa o‟lchamning kamayish bilan uning 
yuzasining hajmiga nisbati oshishiga olib keladi. Solishtirma yuza qancha katta 
bo‟lsa, tanadan atrof–muhitga sarflanadigan issiqlik ham shuncha katta bo‟ladi. 
Shu sababli tana haroratini saqlash uchun issiqlik mahsuldorligi ham katta 
bo‟lishi kerak. Buning uchun ko‟proq oziq-ovqat iste‟mol qilishi lozim bo‟ladi. 
Sayroqi mayda qushlar va kichik zararkunandalar bir kunda o‟z massasidan 
ko‟proq bo‟lgan ozuqani yeydi. Katta yirtqichlar esa o‟z massasini 5 – 8% gacha
ozuqa iste‟mol qiladi.
Sovuq qonli hayvonlarda boshqa hayvonlarga nisbatan issiqlik 
mahsuldorligi 25 – 30 marta kamdir. Ularda tashqi muhit bilan issiqlik 
almashinish kam bo‟ladi, chunki tana harorati bilan tashqi muhit harorati farqi 
kichik bo‟ladi.
Issiqlik mahsuldorligi tufayli issiq qonli jonivorlarda tana harorati tashqi 
muhit haroratiga bog‟liq bo‟lmaydi. Faqat uzoq vaqt sovutish organizmning 


202 
boshqa funksiyalarining zaiflashishi bilan bo‟lishi mumkin. Yurak va miya 
jarrohligi shunga asoslangandir. Sovuq qonli jonivorlarda tana harorati tashqi 
muhit haroratiga qarab chiziqli o‟zgaradi. Tashqi sharoit va fiziologik jarayonlar 
ma‟lum chegarada o‟zgargani uchun turg‟un haroratni saqlash uchun hayvon 
organizmi evolyusiya jarayonida tashqi muhit bilan issiqlik almashishni oshirish 
yoki kamaytirish yo‟li bilan tana haroratini ozroq oshirgan yoki kamaytirgan. 
Masalan, jonivor sovqotganda uning hujayrasida ATF gidrolizi tezligi oshadi va 
muskulga qo‟shimcha energiya keladi. Bu holdagi turli muskul tolalarining 
tartibsiz qisqarishini achitqi deyiladi. Bundan tashqari hayvonlarda tuklar o‟sadi 
va tuklar orasida havo qatlami kengayadi. Bu esa hayvon va tashqi muhit 
o‟rtasida issiqlik almashinishni kamaytiradi. (Odamlar terisida “tovuq badan” 
tanachalar paydo bo‟lishi).
Tashqi muhit harorati oshsa, organizmda haroratni pasaytiruvchi 
markazlarning ishga tushishiga va natijada qon tomirining kengayishi, 
terlashning ko‟payishi, nafas olishning qiyinlashuviga olib keladi.
Tana haroratini doimiy saqlab turishda gipotalamusdagi ikkita markaz 
muhim rol o‟ynaydi. Ulardan biri unga keluvchi qon haroratining oshishiga 
reaksiya qilsa, ikkinchisi uning kamayishiga reaksiya qiladi. Ularning har birida 
haroratning o‟zgarishi nerv impulsi yuzaga keltiradi va u ko‟rsatilgan mexanizm 
bo‟yicha haroratni tenglashtiradi. Bunda asosiy rolni (80%) yuqori issiqlik 
o‟tkazuvchanlikka ega bo‟lgan qon bajaradi. Qon chap yurak qorinchasidan 
itariladi, u “isitgich” orqali o‟tadi, so‟ng (tana yuzasi, o‟pka) da tashqi muhitga 
issiqlikni beradi va qayta o‟ng yurakga kelib tushadi.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish