E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§ 6.5. Tirik organizmda issiqlik balansi



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
§ 6.5. Tirik organizmda issiqlik balansi 
Tirik organizm ochiq termodinamik tizim hisoblanadi. Unda haroratni 
doimiy saqlab turish uchun tashqi muhit va organizm o‟rtasida issiqlik almashib 
turishi zarur. XVIII – asrda fransuz kimyogari Lavuazye tassavvuriga binoan 
hayot bu «sekin yonish» jarayonidan iborat, ya‟ni nafas olishda havodagi 
kislorodning vodorod va uglerodga qo‟shilish reaksiyasi tufayli energiya 
chiqishdan iboratdir. XIX asrda yashagan nemis olimi Mayer xulosalariga 


198 
binoan tirik organizmdagi oksidlanish reaksiyasida energiya qisman issiqlikka 
aylanadi, bir qismi esa ishga sarf bo‟ladi. Demak, Mayer birinchi marta 
termodinamikaning birinchi qonunini tirik organizmga qo‟llash mumkinligini 
aytgan va shu bilan bioenergetikaga asos soldi.
Hamma hayotiy jarayonlar asosini organizm qabul qilgan oziq- 
ovqatlarning parchalanishi va organizmda energiyaning yuzaga kelishi, hamda 
issiqlik ajralishi tashkil qiladi. Organizm qabul qilgan va ajratgan issiqlikni 
taqqoslash kerak. Bu ishni Gess qonuniga asosan amalga oshirsa bo‟ladi. Turli 
xil ketma-ket holatlardan o‟tuvchi kimyoviy reaksiyadagi issiqlik effekti 
kimyoviy tizim boshlang‟ich va oxirgi holatlar energiyalari farqiga bog‟liqdir. 
Gess qonuni oziq-ovqatlar kalloriyaligini aniqlashda ishlatiladi. Organizmda yuz 
beradigan asosiy reaksiya, bu glyukozaning oksidlanish reaksiyasidir.
Agar 1 mol glyukozani (0,18kg) 6 mol kislorodga (134,4l) qo‟shsak, u 
holda 6 mol CO
2
(0,288kg) va 2870 kJ issiqlik ajraladi.
kJ
O
H
CO
O
O
H
C
2870
6
6
6
2
2
2
6
12
6




(6.13) 
Tirik organizmda energiya almashinuvi 
6.3-jadval 
T/r 
Energiya almashinuvi turi 
Energiya almashinadigan organizm 
qismi 

Kimyoviy 
energiyaning 
mexanik energiyaga o‟tishi. 
Muskul to‟qimasida

Kimyoviy energiyaning elektr 
energiyasiga o‟tishi.
Hamma to‟qimalarda 

Kimyoviy 
energiyaning 
yorug‟lik energiyasiga o‟tishi.
Hashoratlar va baliqlar terisida.

Yorug‟lik 
energiyasining 
kimyoviy energiyaga o‟tishi 
Ko‟z to‟qimasidagi fotoreseptorlarda, 
teri 
to‟qimasida, 
bakteriyalarda, 


199 
o‟simlik barglarida (fotosintez) 

Akustik 
to‟lqinlar 
mexanik 
energiyasining 
elektr 
energiyasiga o‟tishi.
Quloq ichidagi, Korti organida

Hamma energiyalarning issiqlik 
energiyasiga o‟tishida
Hamma to‟qima va hujayralarda.
Demak, organizm 1l kislorod yutishda yoki 1l karbonat angidrid chiqarishda 
2870/13,34 = 21,35kJ issiqlik chiqarar ekan. U holda har qanday jonzod uchun 
issiqlik chiqarishni 21,35 kJ ni yutgan kislorod yoki chiqargan karbonat 
angidridga ko‟paytirish yo‟li bilan aniqlash mumkin.
Issiqlik mashinasidagi kabi tirik organizmda ham oziq-ovqatlarning, ya‟ni 
oqsil, uglevod va yog‟larning hazm bo‟lishida energiya ajralib chiqadi. Bundan 
tashqari o‟simliklarda birlamchi energiya manbai bo‟lib quyosh energiyasi 
hisoblanadi. Shu sababli karbonad angidrid va suvda uglevodorodlar hosil 
bo‟ladi. Tirik organizmda energiyaning hosil bo‟lishi murakkab biokimyoviy 
birikmalarda yuz beradi. Ulardan eng asosiysi adenozintrifosfor kislotadir 
(ATF). Bu birikma molekulasi adinin organik birikma, riobaza uglerodi va uchta 
fosfor kislota qoldig‟idan iborat. Bular manfiy zaryadlangan bo‟lib, ular orasida 
itaruvchi elektrostatik kuchlar ta‟sir qiladi. ATF ning gidroliz paytida fosfat 
gruppaning bog‟lanishi susayadi va elektrostatik itarish kamayadi. Gidroliz 
tufayli hosil bo‟lgan manfiy zaryadlangan radikallar o‟z-o‟zidan qayta hosil 
bo‟lolmaganligi sababli 


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish