E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§ 5.8. Ho’llash va ho’llamaslik. Kapillyar hodisalar



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
§ 5.8. Ho’llash va ho’llamaslik. Kapillyar hodisalar 
 
Ho‟llash ta‟sirlashuvchi muhitlarning yuzalaridagi molekulalar o‟zaro ta‟sir 
etuvchi kuchlar xarakteriga bog‟liq. Ho‟llovchi suyuqliklarda suyuqlik 
molekulalari va qattiq jism molekulalari orasidagi o‟zaro tortishish kuchlari 
katta va suyuqlik qattiq jism bilan ta‟sirlashuvchi yuzasini kengaytirishga 
intiladi. Ho‟llamaydigan suyuqliklar molekulalari bilan qattiq jism molekulalari 
orasidagi tortishish kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchidan 
kichik va suyuqlik qattiq jism bilan o‟zaro ta‟sirlashuvchi yuzasini qisqartirishga 
intiladi. 5.13-rasmdagi 0 nuqtaga uchta muhitning sirt taranglik kuchlari 
qo‟yilgan va ularning yo‟nalishi o‟zaro ta‟sirlashuvchi ikki muhit sirtiga urinma 
ravishda tasvirlangan. Ta‟sirlashuvchi sirtlarni ifodalovchi chiziqlar
12


13


23

mos ravishda sirt taranglik kuchlarining vektor ifodasidir.


174 
5.13-rasm.
Ho’llash va ho’llamaslik.
Suyuqlik sirti bilan qattiq jism sirti orasiga o‟tkazilgan urinma orasidagi 
burchak (

) chegaraviy burchak deyiladi.
Tomchining muvozanat sharti (5.13 a rasm) qattiq jism sirtiga urinma 
yo‟nalgan sirt taranglik kuchlarining yig‟indisini nolga tengligi bilan 
ifodalanadi.
0
cos
23
12
13








Bundan 
23
12
13
/
)
(
cos






Ushbu formuladan chegaraviy burchak o‟tkir yoki o‟tmas bo‟lishligi
12

va 
13

ning qiymatiga bog‟liq bo‟ladi. Agarda
13

>
12

bo‟lsa,

cos
>0 va 


burchak o‟tkir, ya‟ni suyuqlik qattiq jism sirtini ho‟llaydi. Agarda
13

<
12

bo‟lsa, 

cos
<0 bo‟ladi va 

- burchak o‟tmas, ya‟ni suyuqlik qattiq jism sirtini 
ho‟llamaydi. Agarda
13

>
12

+
23

bo‟lsa, suyuqlik qattiq jism sirtiga to‟liq 
yopishib ketadi. Bu holat to‟liq ho‟llash deb yuritiladi(masalan: kerosin shisha 
ustida). Agarda 
12

>
13

+
23

bo‟lsa, suyuqlik tomchisi ta‟sirlashish nuqtasida 
sirtini shar shaklida qisqartirishga intiladi va bu hodisa to‟liq ho‟llamaslik deb 
yuritiladi (masalan: parafin sirtidagi suv tomchisi). Ho‟llash va ho‟llamaslik 
ajoyib xususiyatga ega, ya‟ni suyuqliklar biror jism sirtini ho‟llasa boshqasini 
ho‟llamaydi. Masalan: suv shishani ho‟llaydi, ammo parafinni ho‟llamaydi. 
Simob shishani ho‟llamaydi, ammo metallning toza sirtini ho‟llaydi.
б) 
12

13

23

12

13

23

а) 
a) 
b) 


175 
Agarda suyuqlik yuzasi yassi bo‟lmasa, ya‟ni egrilangan bo‟lsa, u 
suyuqlikka qo‟shimcha bosim beradi. Bu bosim sirt taranglik kuchiga bog‟liqdir. 
Qo‟shimcha bosimni aniqlash uchun suyuqlik erkin sirti radiusi 
R
bo‟lgan 
sferadan iborat deb hisoblaymiz. Egrilangan sirt uchun sirt taranglik kuchi hosil 
qiladigan qo‟shimcha bosim
R
r
R
r
S
F
P



2
2
2
2




(5.49) 
Agarda suyuqlik sirti botiq bo‟lsa, qo‟shimcha bosim quyidagicha 
ifodalanadi. 
R
P
/
2




(5.50) 
Binobarin, suyuqlik sirti botiq bo‟lgandagi bosim gaz bosimidan 

ga 
kichik bo‟ladi. 
(5.49) va (5.50) lar Laplas formulalarining xususiy hollaridir. 
Agarda ingichka (kapillyar) bir uchuni keng idishga solingan suyuqlikka 
botirilsa, ho‟llash yoki ho‟llamaslik natijasida kapillyarda suyuqlik sirti egriligi 
sezilarli o‟zgaradi.
Agarda suyuqlik kapillyar nayni ho‟llasa, botiq menisk hosil bo‟ladi, agarda 
ho‟llamasa, qovariq menisk hosil bo‟ladi.
Suyuqlik erkin sirti botiq bo‟lganda (5.50) formula bilan ifodalanuvchi 
teskari qo‟shimcha bosim hosil bo‟ladi. 
Bunday qo‟shimcha bosim mavjudligi kapillyarda suyuqlik ko‟tarilishini 
ifodalaydi, vaholanki, yuzasi keng idish erkin yassi sirtida qo‟shimcha bosim 
bo‟lmaydi. 
Agarda suyuqlik kapillyar devorini ho‟llamasa, qo‟shimcha musbat bosim 
kapillyarda suyuqlik pasayishiga olib keladi. 
Kapillyarlarda suyuqlik ustunining balandligini o‟zgarishi kapillyarlik 
hodisasi deyiladi.
Suyuqlik ustuni bosimi (gidrostatik bosim) 

gh

bo‟lganda kapillyarda 
suyuqlik ustuni balandligi 
h
ga o‟zgarishi qo‟shimcha bosim bilan tenglashadi, 
ya‟ni 


176 
gh
R



/
2
Bunda 

- suyuqlik zichligi, 

g
erkin tushish tezlanishi.
Agarda 

r
kapillyar radiusi, 

chegaraviy burchak bo‟lsa 5.14-rasmdan 
ko‟rinadiki 
gh
r




/
cos
2
bo‟ladi. Bundan
gr
h


cos
2

Ushbu formuladan ho‟llovchi suyuqliklar kapillyarda ko‟tariladi, 
ho‟llamaydigan suyuqliklar pasayadi. 
)
0
(cos
2





bo‟lganda 

h
musbat 
qiymat, 
)
0
(cos
2





da 

h
manfiy qiymat oladi. Formuladan yana shu narsa 
ko‟rinadiki, suyuqlik ko‟tarilishi yoki pasayishi balandligi kapillyar radiusiga 
teskari proporsionaldir. Ingichka kapillyarlarda suyuqlik yetarlicha balandlikka 
ko‟tarilishi mumkin. Masalan: tuproq va o‟simliklarda namlik almashinishi 
ingichka kapillyarlarda suyuqlik ko‟tarilishiga asoslangan. 
5.14-rasm. 
Kapillyarlik hodisasini ifodalovchi chizma 
Ho‟llanuvchi naylarda nisbatan kichik namliklarda ham kapillyar 
kondensasiya yuz beradi. Shu tufayli g‟ovak moddalar bug‟ tarkibidagi deyarli 
ko‟p miqdordagi suvni ushlab qoladi, bu esa zax uylarda ich kiyimlarning, 
paxtaning namlanishiga olib keladi, gigroskopik jismlarning esa quritilishini 
qiyinlashtiradi, tuproqda namlikni saqlashga imkoniyat yaratadi va hokazo. 


177 
Ho‟llamaydigan suyuqliklarda esa aksincha, g‟ovak jismlarga suyuqlik o‟ta 
olmaydi.
Suyuqlikli kapillyar nayda havo pufakchalarining holatini ko‟rib chiqaylik. 
Agar havo pufakchasining turli tomonida suyuqlik bir xilda ta‟sir ko‟rsatayotgan 
bo‟lsa, havo pufakchasi ikkala tomoni ham bir xil egrilik radiusiga ega bo‟ladi. 
Agar pufakchaga tomonlardan biri ortiqroq bosim bilan ta‟sir etsa, masalan, 
suyuqlik harakatida menisklar deformasiyalanadi va ularning egrilik radiuslari 
o‟zgaradi, havo pufakchasining turli tomonidagi qo‟shimcha 
p

bosim esa bir-
biridan farq qiladi. Bu hol havo pufakchalari tomonidan suyuqlikka shunday 
kuch ta‟sir etishi natijasida suyuqlikni kapillyar naydagi harakat tezligi 
kamayadi yoki butunlay to‟xtab qoladi. 
Bunday hodisalar odamning qon aylanish tizimida ham yuz berishi 
mumkin. 
Qonga kirib qolgan havo pufakchalari kichik qon tomirlarini to‟sib qolishi 
va birorta organning qon bilan ta‟minlanishidan mahrum etishi mumkin. Gaz 
emboliyasi deb ataladigan bu hodisa natijada jiddiy funksional shikastlanishga 
yoki hatto letall (o‟lim) ga olib kelishi mumkin. Gaz emboliyasi yirik venalar 
jarohatlanganda hosil bo‟lishi mumkin; bunda qon oqimiga kirib qolgan havo 
pufakchasi qonning harakatlanishiga to‟sqinlik qiladi. Vena tomirlari ichiga turli 
xil dorivorlar quyishda havo pufakchalari kirib qolmasligi lozim. 
G‟avvoslar juda katta chuqurlikdagi suv ostidan tezlik bilan suv sathiga 
chiqarilganda ularning qonidan gaz ajralib chiqib, pufakchalar paydo bo‟lishi, 
uchuvchilarda va kosmonavtlarda juda yuqori balandliklarda kabinalari va 
skafandrlarining germetikligi ishdan chiqishida gaz emboliyasi yuz berishi 
mumkin. Bu hol qon tarkibidagi suyultirilgan gazlarning, atrofdagi atmosfera 
bosimining keskin kamayishi tufayli erkin holga, ya‟ni gaz holatiga o‟tishidir. 
Qon tarkibidagi gazlar bosimining asosiy qismini azot tashkil etganligi tufayli 
bosimning keskin kamayishida gaz pufakchalarining qonda paydo bo‟lishida 
ham azot yetakchi rolni o‟ynaydi, chunki u organizm va uni o‟rab olgan havo 
bilan gaz almashinuvi jarayonida ishtirok etmaydi. 


178 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish