E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§ 8.5. Quyosh nurining biologik ahamiyati



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160
 
§ 8.5. Quyosh nurining biologik ahamiyati 
 
To‟lqin uzunligi 400
nm 
dan 100 
nm 
gacha bo‟lgan elektromagnit to‟lqinlar 
ul`trabinafsha nurlanish deyiladi. Uning to‟lqin uzunligi ko‟rinadigan nurlar va 
yumshoq rentgen nurlar o‟rtasida joylashgan. To‟lqin uzunligi 100 
nm 
dan 
kichik bo‟lgan to‟lqinlar yupqa havo qatlamida ham kuchli yutiladi. Shu sababli 
amaliyotda ul`trabinafsha nurlarning qolgan qismi qo‟llaniladi. Fizioterapiya va 
fotobiologiya bo‟yicha xalqaro kongresda ul`trabinafsha nurlanish sohasini 
shartli 
uchga 
bo‟lish kelishib olingan. UB
A


,
315
400
nm



UB
B


,
280
315
nm



UB
C
(
nm
100
280



) quyosh spektrining 9 foizi ul`trabinafsha 
nurlanishdan iborat, lekin Yer sirtida 280 
nm 
dan past to‟lqin uzunlikli 
nurlanishlar yo‟q va UB
B
dan yerga atigi 0,1% yetib keladi. Bunga sabab 
atmosferadagi azot va ozon qatlami ularni kuchli yutishidadir. Agarda UB
B
va 
UB
C
yutilmaganda edi, yerdagi hamma jonzod halok bo‟lgan bo‟lar edi.
Sun‟iy yorug‟lik manbalaridan keng spektrdagi nurlanish olish mumkin. 
3000 K dan yuqori darajada isitilgan qattiq jismlar ko‟p miqdorda ul`trabinafsha 


305 
nurlar chiqarishi mumkin. Lekin ulardan intensivligi katta bo‟lgan qisqa 
to‟lqinlar chiqishi amalda mumkin emas. Chunki nurlanishning maksimumi 100 
nm 
ga to‟g‟ri kelishi uchun jismni 29000 K. gacha isitish zarur. Bunday harorat 
faqat yadro portlaganda markazida bo‟lishi mumkin. Shu sababli qisqa to‟lqinli 
nurlar spektrini ul`trabinafsha nurlar chiqaruvchi metall bug‟larining elektr 
razryadlari vaqtida hosil qilinadi. Veterinariya amaliyotida 280 – 380 
nm
. to‟lqin 
beruvchi va bakterisid (253 – 265
nm
) lampalardan foydalaniladi. Ularni qayd 
qilish uchun sezgir fotoelementlar, fotoplastinkalar, lyuminessent moddalardan 
foydalaniladi.
Ul`trabinafsha nurlar energiyasi ko‟rinadigan nurlarnikidan katta bo‟lgani 
uchun modda bilan kuchli ta‟sirlashadi. Shu sababli ular ko‟rinadigan nurlarga 
qaraganda ko‟proq fotoeffekt, fotokimyoviy reaksiyalar va lyuminessensiyani 
hosil qilishi mumkin.
Ul`trabinafsha nurlarning biologik ta‟siri kuchli bo‟lgani uchun u 
veterinariyada keng qo‟llaniladi. Ul`trabinafsha nurlarning biologik ta‟siri 
mexanizmi juda murakkab bo‟lib, hozirgacha aniqlanmagan. Bu holda yutilish 
mexanizmi issiqlik effekti emas, balki fotokimyoviy reaksiyalardir. Ushbu holda 
foton ta‟sirida molekulalardan elektron chiqib ketadi va oqsil molekulasi zaryadi 
o‟zgaradi. Nurlanish fotolizga olib keladi, ya‟ni katta molekulalar bo‟laklari 
hosil bo‟ladi va ular yuqori biologik aktivlikka egadir. Fotolizni to‟lqin uzunligi 
eritem sohada bo‟lgan to‟lqinlar hosil qiladi. Denaturasiya esa bakterisid to‟lqin 
sohasida kuzatiladi. DNK molekulalaridagi nuklein kislotalarida bo‟ladigan 
o‟zgarishlar hujayralar hayotiy holatiga ta‟sir qiladi va ularning o‟sishiga va 
keyin hujayra va bir hujayrali organizm – bakteriyalarning halokatiga olib 
keladi. Turli bakteriyalar turli to‟lqin uzunliklarda halok bo‟lishi mumkin. 
Masalan, stafilakok to‟lqin uzunligi 265 
nm

coli


- 251
nm
nurlanish ta‟sirida 
halok bo‟ladi. Hujayraning halok bo‟lishi uchun katta miqdorda nurlanish dozasi 
talab qilinadi. Masalan, 
coli


– hujayrasini o‟ldirish uchun 
6
10
2

ta foton kerak 
bo‟ladi.


306 
Ul`trabinafsha nurlarning bakterisid ta‟siridan yopiq binolarni sterilizasiya 
qilishda foydalaniladi.
Sanoat parrandachiligida bu keng qo‟llaniladi, chunki ko‟p miqdordagi 
tovuqxonalarda havo orqali turli xil mikroblar tarqalishi mumkin. Jo‟ja 
boqiladigan xonalarni sutkasiga 3 mahal 5–25 minutdan nurlantirish jo‟jalarning 
yaxshi o‟sishi va kam halok bo‟lishiga olib kelgan.
Dezinfeksiya maqsadlarida chorva binolariga beriladigan havolar ham 
ul`trabinafsha nurlar balan nurlantiriladi. Ul`trabinafsha nurlar dezinfeksiyadan 
tashqari havoni ionlashtiradi ham. Bu holda ozon hosil bo‟ladi va molxonadagi 
yoqimsiz hidlarni kamaytiradi.
Hayvonlarga ul`trabinafsha nurlanishning ta‟siri uning terisiga tushganda 
yutilishi bilan bog‟liqdir. Nurlanish biologik effekt berishi uchun u teri ostida 
joylashgan qon va nerv tomirlarigacha yetib borishi kerak. Odam terisi uchun 
to‟lqin uzunligi 300 
nm 
dan kichik bo‟lgan to‟lqinlar 0,5 mm kiradi xolos. 
Hayvonlar terisi qalin va juni bo‟lganligi uchun ham kam masofaga o‟tadi.
Yorug‟lik ta‟sirida biokimyoviy reaksiyalar va fiziologik jarayonlar tufayli 
teri ostida gistamin hosil bo‟ladi. 
Gistamin boshqa molekula «bo‟laklari» bilan qon tomirlari orqali tarqaladi. 
Gistamin qon tomirlarini kengaytiruvchi modda bo‟lib, natijada giperamin hosil 
bo‟ladi. Organizmning nurlanishiga aks ta‟siri terida pigmentasiya, ya‟ni kuyish 
hosil bo‟lishidir. Teri pigmenti melanin epidermisning tubida joylashgandir.
Ul`trabinafsha nurlanish ta‟siridan teri va so‟ng qolgan qismlarda modda 
almashinuvi yaxshilanadi va natijada organizm immunobiologik holati 
yaxshilanadi. Shu sababli ul`trabinafsha nurlar veterinariyada shamollash 
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Ul`trabinafsha nurlar ta‟sirida D vitamini hosil bo‟ladi. Bu esa kalsiy 
elementining o‟zlashtirishiga imkon beradi. Agarda organizmda D vitamin 
yetishmasa organizm kalsiyni suyakdan oladi va bu raxit kasalligiga olib keladi. 
D vitaminning yetishmasligi skeletning o‟sishini sekinlashtiradi. Vitamin D 
go‟sht, yog‟lar tarkibida bo‟ladi, lekin uni organizmning o‟zida ul`trabinafsha 


307 
nurlar ta‟sirida hosil qilishi mumkin. Buning uchun organizmni 280 – 315 
nm 
li 
ul`trabinafsha nurlar bilan nurlantirilishi kerak. Bu narsa buzoqlar va jo‟jalarni 
nurlantirishda ishlatiladi. Oxirgi yillar hayvonlar qonining UB nurlar bilan 
nurlantirish yo‟li bilan hayvonlarning turli kasalliklarga chalinmasligini oldini 
olishda foydalanilmoqda. Buning uchun hayvon venasidan 1 kg massaga 1 – 2 
ml qon olib, ul`trabinafsha nurlar bilan nurlantirilib yana organizmga yuboriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ul`trabinafsha nurlarning salbiy ta‟sirlari ham 
ko‟p va undan himoyalanish ham zarur.
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma‟lum, lekin tushayotgan 
quyosh nurining atigi 5 foizi bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug‟doy 
uchun 3,26 foiz, kartoshka uchun 3,02 foiz, makkajo‟xori uchun 2,35 foiz va 
h.k). O‟simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to‟planadi, shuning 
uchun qishloq xo‟jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh 
energiyasidan foydalanish koeffitsiyentini oshirish zarur. Buning uchun sun‟iy 
yorug‟lik berish kerak. Bunda o‟simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan 
suyuq ozuqa berilgani holda sun‟iy ravishda qo‟shimcha yoritiladi. Yorug‟lik 
teri qatlamiga ham ta‟sir qiladi. Ko‟rinadigan va infraqizil nurlar asosan terining 
sirtini qizdiradi. Ul`trabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimyoviy reaksiyani 
vujudga keltiradi, buning natijasida qo‟ng‟ir pigment hosil bo‟ladi (kuyish), bu 
pigment melanin deyiladi va ul`trabinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni 
ularning haddan tashqari ta‟siridan saqlaydi. Ul`trabinafsha nurlarning kuchsiz 
(normal) ta‟siri organizmga foydali ta‟sir ko‟rsatadi, uning yuqumli 
kasalliklarga qarshiligini ko‟rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi. 
Odam, hayvon va o‟simliklar yashashi uchun yorug‟lik zarurdir, uning 
yetmasligi organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa 
to‟lqinli ul`trabinafsha nurlar kuchli bakterisid ta‟sirga ega. Bundan binolarning 
havosini tozalash, sutni sterilizatsiya qilishlarda ishlatiladi. Bu nur kvars 
lampalar yordamida hosil qilinadi. Yerga yetib keladigan quyosh nurlarida 0,29 
mkm dan qisqa to‟lqinli nurlar bo‟lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning 
yuqori qatlamlari (12-50 km) ozon (O
3
) batamom yutib qoladi. 


308 
Infraqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko‟rish, 
eshitish, hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o‟tkir qabul qiladi. Ilonning 
boshida ko‟zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo‟lib, ularda o‟ziga xos 
«termolokatorlar» - infraqizil nurlarga sezgir organlar bo‟ladi. Bu yordamida 
turli mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham 
tutib oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong‟ida 
ham ilon o‟z o‟ljasiga aniq tashlanadi. Bir yilda quyosh nuri ta‟sirida 450 
milliard tonna organik modda hosil bo‟ladi. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish