Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Infeksiya profilaktikasi uy hayvonlari orasida toksoplazmoz bilan kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bundan tashqari xom go‘sht qiymalari hamda yetarlicha termik ishlanmagan go‘shtli ovqatlarni iste’mol qilish (tatib ko‘rish)ni man etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Tug‘ma toksoplazmoz profilaktikasida ayniqsa bu qoidalarga ayollar homiladorlik vaqtida qat’iy rioya qilishlari shart. O‘choqda tadbirlar o‘tkazilmaydi.
Nazorat savollari
Odamga toksoplazmoz qanday yuqadi?
Homiladorlik vaqtida toksoplazmoz qanday asoratlarga olib kelishi mumkin?
Orttirilgan toksoplazmozning qanday klinik shakllarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |