E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet283/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Ichak shistosomozi oshqozon-ichak faoliyati buzilishi rivojlangan holda yoki gepatoliyenal shakllarda kechadi. Jigar zararlanishi bora- bora sirroz rivojlanishiga olib keladi. Gipersplenizm ko‘rinishlari — anemiya va limfopeniya kuzatiladi. Tuxumlar tushishi (kirishi) natijasida darvoza venasi trombozi, o‘pka zararlanishi, diffuz hamda o‘choqli ensefalit va meningoensefalit qayd etiladi.

Yapon shistosomozi turli klinik simptomlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular orasida ichak va jigarning zararlanish belgilari kuchliroq seziladi. Parazitlar migratsiyasi vaqtida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin, keyinchalik shistosomalar yetilishi vaqtiga kelib kasallik simptomlari aniq namoyon bo‘ladi. Yapon shistosomozi yashin tezligida o‘tishi mumkin. Bunda mahalliy belgilar bo‘lmagan holda og‘ir simptomlar hamda o‘tkir kolit, enterokolit va nafas yo‘llari katari aniqlanadi. Rektoromanoskopiyada tugunchalar va mayda yaralar ko‘rinadi. Shistosomozning uncha bilinmaydigan va belgilarsiz shakllari ham ma’lum.

Tashxisi. Kasallikni erta aniqlashda anamnez ma’lumotlari (shistosomoz kasalligi bo‘yicha endemik o‘choqlar hisoblangan joylarda bo‘lish, ochiq suv havzalarida cho‘milish), qonda eozino- fillar sonining oshishi hamda allergik reaksiyalar mavjudligi katta ahamiyatga ega. Tanosil shistosomozida shistosomalarni aniqlash uchun siydik bir necha marta tekshiriladi. Ayniqsa soat 10 dan 14 gacha oraliqdagi siydikni tekshirish (tuxumlarning maksimal ajrala- digan vaqti) juda samaralidir. Siydikni tekshirish maqsadida sen- trifuga qilinadi va hosil bo‘lgan cho‘kma mikroskopda tekshiriladi yoki membranali filtrlarda filtrlanadi. Sistoskopiya o‘tkazilganda siydik pufagining shilliq pardasida o‘ziga xos oqish-sariq rang va «qumsimon dog‘lar» aniqlanadi. Kasallik boshlangandan 3—4 yil o‘tgach, siydik pufagi va siydik yo‘llari ohaklanadi. Ichak va Yapon shistosomozida najasda gijja tuxumlari ko‘p marta tekshiriladi. Tekshirish uchun material najas yuzasidan olinadi, chunki shu joyda tuxum ko‘p bo‘ladi. Najasdan tashqari ichak shilliq pardalaridan qirib olingan material ham shu tarzda ko‘p marta tekshiriladi. Bulardan tashqari rektoromanoskopiya, biopsiya va jigarni skanirlash usullari qo‘l- lanadi.

Davolash. Davolash maqsadida sutkasiga 1 kg tana vazniga 25 mg dan niridazol (ambilgar), katta yoshdagi kishilar uchun sutkasiga 1,5 g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tayinlanadi (sutkalik miqdor 2 mahal, ya’ni ertalab va kechqurun). Davolash kursi 5—7 kun davom etadi. Preparat toksik ta’sirga ega. Ko‘pincha EKG da o‘zga- rish, holsizlik, mushaklarda og‘riq, allergik reaksiyalar va siydikning to‘q rangga kirishi kuzatiladi. Tanosil shistosomozida metrifonat qo‘llanadi. Preparat 1 kg tana vazniga 7,5—10 mg miqdorda 1 mahal tayinlanadi. Ichak shistosomozida oksamnixin 1 kg tana vazniga 10 mg dan kuniga 2 mahal buyuriladi. Shistosomozlarning barcha turlarini davolaydigan eng foydali preparat prazikvantel hisoblanadi. Bu preparat ichish uchun 1 kg tana vazniga 20—60 mg dan kuniga

  1. 3 mahal beriladi. Surma preparatlaridan stibofen, antiomalin va boshqalar hozirgi kunda shistosomozlarni davolashda qo‘llanil- maydi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish