Nazorat savollari
Dizenteriya amyobasining hayot sikli haqida gapirib bering.
Odam amyobiaz bilan qachon kasallanishi mumkin?
Amyobiazning qanday shakllari mavjud?
Ichak amyobiazining qanday klinik shakllari farqlanadi?
Amyobiazni davolashni gapirib bering.
Amyobiazda shifoxonadan chiqarish shartlarini ayting.
Amyobiazda qanday profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?
Tukli infuzoriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Infuzoriyalar uchun ko‘plab tuklar mavjudligi xos, ular butun tanani qoplab oladi va harakatlanish organellalari bo‘lib xizmat qiladi. Ular jinssiz (ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan) va jinsiy, ya’ni konyugatsiya (ikki jinsdagi turlar o‘zaro yadro almashadilar) yo‘li bilan ko‘payadi. Balantidiylar yo‘g‘on ichak shiliq pardalariga kirib yallig‘lanish — yarali jarayonga sabab bo‘ladi. Natijada balantidiaz rivojlanadi.
Balantidiaz (balantidiasis)
Do'stlaringiz bilan baham: |