4-jadval
Leyshmaniozda solyusurmin bilan davolash sxemasi (N. A. Mirzoyan bo‘yicha)
|
Preparat miqdori, g/kg
|
|
Bemorning yoshi va ahvoli
|
Birinchi
marta
yuborish
|
Ikkinchi
marta
yuborish
|
Uchinchi va davolashning oxirigacha keyingi yuborishlar
|
O‘rtacha
davolash
muddati
(kunlarda)
|
Distrofik o‘zgarishsizlarsiz 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
|
0,05
|
0,1
|
0,15
|
10—12
|
Distrofik o‘zgarishlar va boshqa kasalliklari aniqlangan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
|
0,04
|
0,08
|
0,12
|
14—15
|
7—14 yoshdagi bolalar
|
0,04
|
0,07
|
0,12
|
12—14
|
14 yoshdan katta bemorlar
|
0,04
|
0,07
|
0,1
|
14—16
|
26 — Yuqumli kasalliklar
Sulyusurminning sutkalik miqdorini bolalarga bir marta, katta- larga esa 2 marta — ertalab va kechqurun yuboriladi. Davolash jarayonida inyeksiyalar har kuni tanaffussiz qilinishi zarur. Solyusurmin mushak orasiga yoki venaga yuboriladi.
Ikkilamchi mikroflorani yo‘qotish uchun antibiotiklar (ampit- sillin, oksasiillin, tetrasiklin) tayinlanadi. Qon yaratilishini susay- tiradigan preparatlar (levomitsetin, sulfanilamidlar) imkon boricha qo‘llanmaydi. Vitaminlar va antianemik preparatlar tayinlanadi.
Ulardan glukantim — metilglukamin antimoniat kattalarga sutkasiga 12—20 ml dan mushak orasiga 14 kun davomida, pen- tostam — surma glukonatning natriyli tuzi mushak orasi yoki venaga kuniga 6 ml dan jami 6—10 inyeksiya, solyustibozan — surma glukonat mushak orasi yoki venaga 1-kun 6 ml, keyingi kunlar —
ml dan jami 120 ml gacha tayinlanadi.
Organizmning immunobiologik kuchini oshirish uchun umum- quvvat bo‘luvchi, ya’ni to‘la qimmatli, yuqori kaloriyali ovqatlar, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va vitaminlar tayinlanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik profilaktikasi infeksiya o‘choqlarida kasal itlar va infeksiya tarqa- tuvchilari hisoblangan chivinlarni o‘ldirishga qaratilgan. Zoonoz tipdagi teri leyshmanozi profilaktikasida infeksiya manbai bo‘lmish kemiruvchilar yo‘qotiladi. Turar joylar va ishlab chiqarish joylarida har xil chiqindilarni yo‘qotish va 10% li xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilish zarur. Chunki bunday dezinfeksiya chivinlar lichinkasini o‘ldiradi.
Odamlarni iskabtoparlardan himoya qilish uchun turar joy va ishlab chiqarish binolari derazalariga to‘r pardalar tutiladi. Tananing ochiq joylarini hasharotlardan himoya qilish uchun maxsus suyuq- liklar bilan artish mumkin.
Keyingi vaqtlarda leyshmaniyalarning tirik kulturalari bilan profilaktik emlashlar o‘tkazilmoqda. Vaksina epidemik o‘choqda bo‘lgan va oldin leyshmanioz bilan og‘rimagan kishilarga qilinadi.
Nazorat savollari
Leyshmanioz nima?
Leyshmanioz tarqatuvchilariga nimalar kiradi?
«Leyshmanioma» nima?
Teri leyshmaniozining qanday turlari farqlanadi?
Leyshmaniozni N.M.Mirzoyan bo‘yicha solyusurmin bilan davolash sxemasini gapirib bering.
Tripanosomoz (trypanosomosis)
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari tripanosomalardir. Tripanosomalardan odam uchun uch xili patogen hisoblanadi: Trypanosoma gambiense va Trypanosoma rhodesiense Afrika tripanosomozi (uyqu kasalligi)ni qo‘zg‘atadi va Trypanosoma cruzi — Amerika tripanosomozi (Shagas kasalligi)ni qo‘zg‘atadi.
Tripanosomalar (grekcha trypanon — parma va soma — tana) tanasi ensiz (nozik), bo‘ylama bo‘lib, xivchinlar va to‘lqinsimon membranaga ega. Tripanosomalar tanasining uzunligi 17—28 mkm bo‘lib, uning o‘rta qismida oval shakldagi yadrosi bo‘ladi.
Hayotining dastlabki davri pashshaning hazm yo‘llarida, ikkin- chisi esa — xo‘jayini organizmida o‘tadi. Umurtqali xo‘jayini (odam, uy va yovvoyi hayvonlar) qonida aniqlanadi, kasallik tarqatuvchisi chaqqan vaqtda ular tarqatuvchining oshqozoniga tushadi. Afrika tripanosomozi qo‘zg‘atuvchilarining tarqatuvchilari — Glossina turidagi qon so‘ruvchi pashshalar yoki sese pashshasi, Amerika tripanosomozida esa — triatom taxtakanalari, qandala va jo‘laklardir.
Chaqqan joydan tripanosomalar qonga, limfatik tugunlarga va limfatik tomirlarga tushadi, keyinchalik — orqa miya suyuqligiga o‘tadi.
Bemorlarda tana harorati ko‘tarilib, terida toshmalar paydo bo‘ladi.
Gambiya tipidagi Markaziy va G‘arbiy Afrikada uchraydigan Afrika tripanosomoziga limfatik tugunlar, ayniqsa bo‘yin, jigar va taloq kattalashishi hamda anemiya va holsizlik xarakterlidir. Kasallik bir necha yil davom etadi. Bu vaqtda markaziy nerv sistemasi zararlanishi — meningoensefalit rivojlanishi natijasida ko‘proq uyqu kuzatiladi. Odatda bu holat o‘lim bilan tugaydi.
Tripanosomozning rodeziy tipi o‘tkir kechishi, uzoq vaqt davom etadigan isitma, ichki a’zolar zararlanishining tezda rivojlanishi bilan farqlanadi. O‘z vaqtida davolanmasa, kasallik bemorlar kasallik yuqtirganidan boshlab 3—9 oy ichida ikkinchi davr — uyqu davri rivojlangunga qadar o‘lim bilan tugashi mumkin.
Shagas kasalligi — og‘ir kasallik bo‘lib, bunda ichki a’zolar, yurak mushaklari va bosh miya zararlanadi. Tana harorati ko‘tarilib, jigar va taloq kattalashadi. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarda o‘tadi, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.
Afrika tripanosomozi kasalligining boshlanishida qo‘zg‘atuvchini kasallik yuqtirgan sese pashshasi chaqqan joyda, periferik qonda (rodeziy tipi) yoki bo‘yin limfatik tugunlarida (gambiy tipi) aniqlash mumkin.
Markaziy nerv sistemasining zararlanish simptomlari paydo bo‘lgan davrda parazitlar qonda va limfatik tugunlarda bo‘lmaydi. Bu davrda ular orqa miya suyuqlig‘ida topiladi.
Harakatchan tripanosomalarni aniqlash uchun natriy sitrat bilan aralashtirilgan qon tomchisi, limfatik tugunlar punktati yoki orqa miya suyuqlig‘i buyum oynasiga tomiziladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopda tekshiriladi. Tekshirishning Romanovskiy bo‘yicha bo‘yalgan surtma va yirik tomchi usuli keng tarqalgan. Tripanosomalar tanasi osmon rangida, yadro va xivchinlari — qizil rangga bo‘yaladi.
Mikroskopiyada ijobiy natija olinmasa murakkabroq usul — biologik usul qo‘llaniladi. Tekshirish materiali oq sichqonlarning teri osti yoki mushak orasiga yuboriladi. Bu vaqtda zararlashning 2—3- kuniyoq qonda parazitlar paydo bo‘ladi.
Kasallikning surunkali bosqichida parazitlar qonda juda kam uchraydi. Bunday paytlarda oq sichqonlar yoki dengiz cho‘chqalari zararlantiriladi va oziq muhitlarga ekma qilinadi, serologik usullar qo‘llanadi.
Shaxsiy profilaktikasi — profilaktik preparatlarni qabul qilishdan iborat. Umumiy profilaktikasi — kasallik tarqatuvchilari va ular to‘planadigan joylarda tuxumlarni yo‘q qilishdan iborat.
Nazorat savollari
Tripanosomalar nima va ularning qanday tiplari mavjud?
Tripanosomozga tashxis qo‘yish usullarini gapirib bering.
Tripanosomozni biologik tekshirishni tushuntirib bering.
Tripanosomozning oldini olish uchun qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
Lamblioz (lambliosis) Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — lambliyalar (Lamblia intestinalis)
vegetativ shaklda (trofozoit) uchraydi va sistalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Vegetativ shakli faol va harakatchan bo‘lib, ular noksimon shaklda ko‘rinadi. Tanasining oldingi qismi to‘mtoq, orqa qismi esa o‘tkir bo‘lib, uzunligi 9—18 mkm bo‘ladi.
Tanasining oldingi qismida so‘rg‘ich disklar mavjud. Ular 2 ta yadro va 4 juft xivchinlarga ega. Xivchinlari qisman sitoplazmadan o‘tgan bo‘lib, bo‘yalganda yaxshi ko‘rinadigan ikkita bo‘ylama tutam hosil qiladi.
Harakati xarakterli bo‘lib, parazit doimo o‘z o‘qi atrofida yon tomoni bilan aylanib harakat qiladi. Preparatda xona haroratida lambliyalar tez nobud bo‘ladi. Oziqni butun tanasining yuzasi bilan so‘radi. Uzunasiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Sistalar — lambliyalarning harakatsiz shakllari hisoblanadi. Uzunligi 10—14 mkm, oval shaklda, qobig‘i nisbatan qalin. Lugol eritmasida sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bo‘yalgan yetuk sistada 4 ta yadroni ko‘rish mumkin.
Lambliyalar ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida hayot kechiradi, so‘rg‘ich disklari yordamida vorsinkalarga yopishib oladi. Ular o‘t pufagida yashay olmaydi, chunki o‘t suyuqlig‘i ta’sirida nobud bo‘ladi. Ularning duodenal zondlash vaqtida ko‘p topilishi lambliyalarning o‘n ikki barmoq ichak devorlaridan tushganligi bilan tushuntiriladi.
Vegetativ shakllari odatda najas bilan chiqmaydi, ammo ular ich ketganda najasda paydo bo‘lishi mumkin. Lambliyalar ichakning pastki bo‘limlariga tushganda noqulay muhitga uchraydi va u yerda yashay olmasdan sistalarga aylanadi, ular esa odatda najas bilan ajralib chiqadi.
Sistalar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi, havo namligi va haroratiga qarab tashqi muhitda bir oygacha saqlanishi mumkin. Quritilganda tezda nobud bo‘ladi.
Odam kasallikni iflos qo‘llari, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mah- sulotlari va suv orqali yuqtirishi mumkin. Sistalar ichakka tushib, vegetativ shakllarga aylanadi. Bitta sistadan ikkita vegetativ shakl hosil bo‘ladi.
Lambliyalar keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa bolalarda ko‘p uchraydi. Ular organizmga ko‘p miqdorda tushganda ichak shilliq pardalarini mexanik ta’sirlashi va ma’lum darajada so‘rilishning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda qorinda kuchli bo‘lmagan og‘riq, qorin dam bo‘lishi (meteorizm) va quldirashi, ich kelishi- ning buzilishi, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, ba’zan esa o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda lambliyalar organizmdagi boshqa ichak va o‘t yo‘llari kasalliklarining qayta zo‘rayishiga sabab bo‘ladi.
Lambliyalarni kasallik yuqtirgan kishilarda aniqlash odatda oson. Agar najas shakllangan holda bo‘lsa, u vaqtda surtmada mikroskop yordamida sistalar aniqlanadi. Lugol eritmasida bo‘yalgan surtma parallel tekshiriladi.
Yangi suyuq najasda va duodenal zondlash orqali olingan mate- rialda harakatchan vegetativ shakllarni aniqlash mumkin. Najasda sistalarning topilishi tashxis qo‘yish uchun yetarli tasdiq hisob- lanadi, shuning uchun vegetativ shakllarini aniqlash maqsadida materiallarni tekshirishning hojati qolmaydi. Ammo ko‘p hollarda koproskopiya usuli va duodenal zondlash usullarini birga olib borish lambliozning aniqlash chastotasi (soni)ni oshiradi.
Profilaktikasi boshqa ichak invaziyalari profilaktikasi bilan bir xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |