E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi



Download 1,2 Mb.
bet252/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiyaning kirish darvozasi teri hisoblanadi. Zararlangan chivin chaqqan joyda bir necha kundan so‘ng (yoki haftadan) uncha katta bo‘lmagan papula yoki yara hosil bo‘ladi va bu yerda leyshmaniyalar rivojlanadi.

Visseral leyshmaniozda leyshmaniyalar gematogen yo‘l bilan butun organizmga tarqaladi va retikulo-endotelial sistema a’zolari ilik, limfatik tugunlar, jigar va taloqda ushlanib qoladi. Bu a’zolarda nekrotik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi. Leyshmaniyalar yig‘ilishi, qo‘shuvchi to‘qima o‘sishi va boshqa patologik jarayonlar ta’sirida qon yaratuvchi to‘qimalar zararlanadi, bu esa anemiya va leykopeniyaga sabab bo‘ladi. Visseral leyshmaniozda patologo- anatomik jihatdan taloq, ba’zan esa jigar kattalashadi va qat- tiqlashadi.

Teri leyshmaniozida asosiy o‘zgarishlar infeksiya kirgan joyda kuzatiladi. U yerda spetsifik granulema — leyshmanioma paydo bo‘ladi. 3—6 oydan keyin granulemada nekrotik jarayonlar rivoj­lanishi tufayli yara hosil bo‘ladi va keyinchalik u chandiqlanadi. Ayrim paytlarda leyshmaniyalar qon oqimi bilan regionar limfatik tugunlargacha yetib boradi va ularning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda hosil bo‘lgan infiltrat tuzilishi bo‘yicha sil granulemasini eslatadi.

Klinikasi. Odamda leyshmaniozning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: 1) visseral leyshmanioz (kala-azar); 2) teri leysh- maniozi (Borovskiy kasalligi) pendin yarasi, sharq yarasi; 3) Amerika teri va shilliq pardalar leyshmaniozi (espundiya).

Visseral leyshmanioz uzoq davom etadigan isitma, jigar va taloq kattalashishi, kuchli leykopeniya, kuchayib boruvchi anemiya bilan xarakterlanadi. Teri va teri-shilliq pardalar leyshmaniozida terida uzoq vaqtlargacha tuzalmaydigan yaralar hosil bo‘ladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish