2-rasm. Ichak infeksiyalarining yuqish mexanizmi.
A—infeksiya yuqtirgan organizm; B—sog‘lom organizm; 1—qo‘zg‘atuvchining defekatsiyada chiqishi; 2—infeksiyani yuqtiruvchi omillar; 3—qo‘zg‘atuvchining og‘iz orqali kirishi.
Nafas yo‘llari infeksiyalari. Kasallik manbai bemor va bakteriya (virus) tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yo‘talganda,
3-rasm. Nafas yo‘llari infeksiyalarining yuqish mexanizmi.
A—infeksiya yuqtirgan organizm; B—sog‘lom organizm; 1—nafas yo‘llaridan qo‘zg‘atuvchining chiqishi; 2—qo‘zg‘atuvchining tashqi muhitda bo‘lishi; 3— qo‘zg‘atuvchining nafas bilan organizmga tushishi.
aksirganda va gaplashganda og‘iz va burun bo‘shlig‘ida patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar) havoga ajralib chiqadi. Sog‘lom odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan havodan nafas olish natijasida tushadi (3-rasm).
Bu guruhga gripp, paragripp, adenovirusli infeksiya, difteriya, meningokokk infeksiyasi, chinchechak, ornitoz, mononukleoz va ko‘pgina boshqa bolalar infeksiyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |