12-rasm. Oldindan to‘ldirilgan injektor.
emlashda ishlatiladi. Bu injektorlarning asosiy xususiyati, uni ikkinchi marta qo‘llab bo‘lmasligidadir. Inyeksiyadan so‘ng injektor xavfsiz konteynerga solinib, yo‘q qilinadi.
O‘ramlar va dori-darmonlar hamda eritmalarning steril flakonlarda bo‘lishi.
Teshilgan, ochilgan yoki muddati o‘tgan o‘ramlardagi shprislar va ignalar yoki flakonlardagi preparatlar ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shpris o‘rami bevosita inyeksiya qilishdan oldin ochilishi zarur.
Terini zararsizlantirish.
Terini standart zararsizlantirish uchun inyeksiya qilishdan oldin qo‘l terisi albatta 70°C li spirtga namlangan paxta bilan artiladi. Quritishga vaqt beriladi va shundan keyin inyeksiya qilinadigan joyni
4 marta artib, so‘ng inyeksiya qilinadi. Har bir tibbiy hamshira teriga qon yoki biologik ajratmalar tushganda uni tozalash qoida-
larini puxta bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |