8-rasm. Ish joyini tashkil qilish.
ish joyida bir paytda bir bemordan ortiq kishi bo‘lmasligi kerak.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish igna bilan jarohatlanish hollariga chek qo‘yadi. Shpris va ignalar bilan bajariladigan muolajalar soni- ning kam bo‘lishi bexosdan igna sanchilishi hollarini kamaytiradi (8-rasm).
9-rasm. Qo‘lni yuvish.
Qo‘lni yuvish (aseptika qoidalariga rioya qilish).
Barcha hamshiralar har bir inyek- siyadan oldin albatta qo‘llarini yuvishlari kerak. Ayniqsa, qo‘lga qon sachraganda yoki qo‘l ifloslanganda qo‘lni yuvish shart. Har bir tibbiy xodimda o‘zining sochig‘i bo‘lib, uni har kuni almashtirib turishi yoki yuvishi shart, aks holda sochiqda kasallik chaqiruvchi ko‘plab mikro- organizmlar yig‘ilishi tabiiy. Sochiq bo‘lmaganda qo‘l bir martalik salfetka bilan artiladi (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |