Nazorat savollari
Odam organizmiga parazitning ta’siri nimaga asoslangan?
Difillobotrioz tashxisi nima bilan tasdiqlanadi?
Difillobotrioz bilan invaziyalanganlarni degelmintizatsiya qilish haqida gapirib bering.
Gimenolepidoz (hymenolepidosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Hymenolepis nana (pakana sepen) uzunligi
5—5 sm. Tasmasimon tana (strobila), bo‘yin va boshchadan tuzilgan. Uning strobilasida 200 ga yaqin bo‘g‘imlari mavjud, boshchasida 4 ta so‘rg‘ichi va toj shaklida 20—30 ta ilmog‘i bor, ular yordamida sepen ichak devoriga yopishib oladi. Yetilgan oxiridagi bo‘g‘imlari tuxumlar bilan to‘lgan bo‘ladi, tuxumlar bo‘g‘imlar yorilganda ko‘p miqdorda ichakdan najasga tushadi. Tuxumlar oval shaklida bo‘lib, qobig‘i yupqa bo‘ladi. Uning ichida 6 ta ilmoqli onkosfera uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |