Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor najasida 30 minutdan keyin nobud bo‘ladi.
Dizenteriya amyobasining tinch bosqichi turli xil darajadagi ye- tuk sistalar shaklida uchraydi. Sistalar harakatsiz, qobiq bilan qop- langan, rangsiz va sharsimon shaklda bo‘lib, o‘lchami 8—15 mkm. Sistalar o‘tkir amyobiazdan sog‘ayganlar najasida, surunkali am- yobiazda remissiya bosqichidagi bemorlar va sista tashuvchilarda aniq- lanadi.
Sistalar odam ingichka ichagiga tushganda ularning qobig‘i yorilib, ulardan to‘rt yadroli amyobaning ona shakli chiqadi, uning bo‘linishi natijasida 8 ta bir yadroli amyobalar hosil bo‘ladi. Optimal sharoitda ular ko‘payib, vegetativ shakllarga aylanadi va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismida yashaydi. Sistalar tashqi muhit omillariga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular nam fekaliyada 17—20°C da va suvda bir oygacha, nam tuproqda — 8 kungacha hayot faoliyatini saqlab qoladi. Sistalar bir necha kun davomida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida, mevalarda, sabzavotlar va uy buyum- larida o‘z hayotini saqlab qola oladi. Ularga yuqori harorat kuchli ta’sir qiladi: 65°C da ular 5 minutda, quritilganda esa shu zahotiyoq nobud bo‘ladi. 5% li formalinda 30 minutdan 5 kungacha hayotini saqlab tura oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |