Etiologiyasi. Manqa qo‘zg‘atuvchisi — Pseudomonas (Bacterium) mallei to‘mtoq uchli tayoqcha bo‘lib, kattaligi 2—5 mkm ga teng, endotoksinga ega, spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q. Qo‘zg‘atuvchi odatdagi oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi. Tashqi muhitga juda chidamli: suvda va tuproqda 1,5 oygacha, bemor ajratmalari va manqadan o‘lgan hayvonlar murdalarida — bir necha haftagacha saqlanishi mumkin. Qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez o‘ladi. Past haroratga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |