Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zarar- langan teri yoki og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati hisoblanadi. Infeksiya kirgan joyda birlamchi afta, ya’ni birlamchi affekt hosil bo‘ladi, unda viruslar to‘planib rivojlanadi. Keyinchalik virus kirish darvozasidan qonga o‘tadi (virusemiya), gematogen yo‘l bilan butun organizm bo‘ylab tarqaladi, og‘iz va burun bo‘shlig‘i, til va kaft terisida, ayniqsa tirnoqlar orasida va barmoqlararo burmalarda yig‘iladi. Bu yerda ikkilamchi aftalar paydo bo‘ladi. Virusemiya vaqtida tana harorati ko‘tariladi va umumiy intoksikatsiya belgilari paydo bo‘ladi.
Teri va shilliq qavatlarning zararlangan sohalaridagi bioptatlarda o‘choqli nekrozlar uchraydi. O‘lim hollari juda kam kuzatiladi. Patologoanatomik tekshirib ko‘rilganda og‘iz bo‘shlig‘i, qizil- o‘ngach, ichaklar shilliq pardalarida nekroz o‘choqlari hamda yiringli-nekrotik traxeobronxit va uretrit aniqlanadi. Yurak mushak- larida o‘zgarishlar qayd etiladi, jigar, buyrak va miyada venoz to‘laqonlik aniqlanadi.
Klinikasi. Yashirin davr 2—12 kun (ko‘pincha 3—8 kun) davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Kuchli et uvushib, mushaklarda og‘riq seziladi, tana harorati kasallikning 1-kun oxiri yoki 2-kunida 40°C gacha ko‘tariladi va 5—6 kun davomida yuqori ko‘rsatkichlarda saqlanadi.
Tez orada umumiy belgilarga shilliq qavatlar zararlanishi belgilari qo‘shiladi (qattiq ovqatni chaynaganda og‘izda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘z qizarishi va siydik ajratishda og‘riqlar).
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida ko‘plab mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bular dastlab tiniq, so‘ngra loyqa sarg‘ish moddalar bilan to‘lgan bo‘ladi. 1—2 sutkadan keyin pufakchalar yoriladi, ularning o‘rnida yaralar (eroziyalar) paydo bo‘ladi. Ularning qirralari qizargan bo‘lib, tubi kulrang parda bilan qoplanadi. Bemor ta’sirchan bo‘lib qoladi, gaplasha olmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘langan (qizargan va shishgan) bo‘lib, ko‘p so‘lak ajraladi. Yaralar hosil bo‘lganda ovqatni maydalash va yutish yanada qiyin- lashadi. Toshmalar odatda tilga, tanglayga, milklarga, ba’zan burun, qin shilliq pardalariga, konyunktivaga, ayrim bemorlarda teriga, ayniqsa kaftga, panjalarga, boldir sohasiga va og‘iz atrofiga toshadi (48-rasm).
Bolalarda oqsim o‘tkir gastroenterit chaqirishi mumkin. Bar- moqlararo burmalar va tirnoqlar atrofidagi teri zararlanadi. Tosh- malar toshishi bir haftacha davom etadi. Yangi toshmalar paydo bo‘lishi kasallikning bir necha oylar va hatto bir yilgacha cho‘zi- lishiga sabab bo‘ladi. Sog‘ayish boshlanishi bilan shilliq qavatlardagi yarali nuqsonlar epitelizatsiya bo‘la boshlaydi. Ko‘pchilik bemorlarda sog‘ayish davri 10—15 kun davom etadi.
kuzatilmaydi, faqat kamquvvat bemorlar va nimjon bolalarda ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilishi tufayli
Do'stlaringiz bilan baham: |