Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi pikornaviruslarga mansub. Virion kattaligi 20—30 nm, RNK ga ega, to‘qima kulturalari va rivoj- lanayotgan tovuq embrionida o‘sadi. Tirik vaksinalar sifatida ishla- tiladigan virus shtammlari olingan. Laboratoriya hayvonlaridan oqsimga dengiz cho‘chqalari va yangi tug‘ilgan sichqonlar juda sezgir. Oqsim virusi tashqi muhitga chidamli bo‘lib, quritilganda va muz- latilganda yaxshi saqlanadi, spirt va efirga kam sezgir. 60°C gacha qizdirilganda va ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |