Mexanik usullar — bular tozalash, qoqish, ushlab (tutib) olish va boshqa usullardir. Masalan, pashshalarni ushlash va yo‘qotish uchun pashsha ushlagichlar, yopishqoq qog‘ozlar yoki pashsha urgichlar ishlatiladi. So‘nalarni ushlash uchun sharsimon ushlagichlar qo‘llanilmoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda.
Fizikaviy usul — hasharotlar fizikaviy usul yordamida yuqori va past haroratlarda yo‘qotiladi. Masalan, burgalar, qandala (tax- takanalar) bilan zararlangan buyumlar kuydiriladi, kiyimlarni yuvishda bitlar va ularning tuxumlarini yo‘qotish uchun issiq suv ishlatiladi. Dezinfeksiyalash kameralarida issiq havo va bug‘ keng qo‘llaniladi. Oldingi paytlarda suvaraklarni muzlatib yo‘qotganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |