Etiologiyasi. Manqa qo‘zg‘atuvchisi — Pseudomonas (Bacterium) mallei to‘mtoq uchli tayoqcha bo‘lib, kattaligi 2—5 mkm ga teng, endotoksinga ega, spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q. Qo‘zg‘atuvchi odatdagi oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi. Tashqi muhitga juda chidamli: suvda va tuproqda 1,5 oygacha, bemor ajratmalari va manqadan o‘lgan hayvonlar murdalarida — bir necha haftagacha saqlanishi mumkin. Qizdirilganda, ultrabinafsha nurlar va dezinfeksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez o‘ladi. Past haroratga chidamli.
Epidemiologiyasi. Odam uchun kasallik manbai manqa bilan og‘rigan kasal hayvonlardan ot, eshak, tuya, xachir va boshqalar hisoblanadi. Ayniqsa hayvonlarda manqaning o‘tkir shakli katta xavf tug‘diradi, chunki teri qoplamlaridagi ochiq yaralar va a’zolardan ko‘p miqdorda yiring ajralib turadi.
Odam manqa kasalligini kasal hayvonlarning shilliq moddasi va yiringi teri hamda shilliq pardalarning zararlangan joylariga tushishi natijasida yuqtiradi. Ba’zi hollarda kasallik infeksiya tushgan suvni ichganda va aerogen yo‘l bilan ham yuqishi mumkin. Aerogen yo‘l bilan ko‘proq laboratoriya sharoitida yuqadi. Kasallik manqa bilan kasallangan bemordan ham yuqishi mumkin. Kasallik asosan yilning sovuq davrlarida, ya’ni hayvonlar asosan og‘ilxonalarda boqilganda uchraydi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi zararlangan teri qoplamlari va burun, ko‘z, nafas yo‘llari, ba’zan hazm yo‘llari shilliq pardalari hisoblanadi. Infeksiya kirgan joyda manqa tugunlari —granulemalar rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi regionar limfatik tugunlarga kirib, u yerda yiringli yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘ladi. So‘ngra qo‘zg‘atuvchi qonga tushib, gematogen yo‘l bilan butun organizmga tarqaladi. Mushaklar va ichki a’zolarda ikkilamchi septik o‘choqlar —abssesslar paydo bo‘ladi. Bu o‘choq- lar ochilishi (yorilishi) ham mumkin.
Manqa surunkali kechganda tugunlarda proliferativ o‘zgarishlar, ichki a’zolarda abssesslar, o‘pkada pnevmoskleroz, bronxoektazlar, miya yumshoq pardalari venalarida esa tromboflebitlar rivojlanadi.
Klinikasi. Yashirin davr ko‘pincha 1—5 kun davom etadi. Klinik kechishiga ko‘ra, o‘tkir va surunkali manqa farqlanadi.
Manqaning o‘tkir shaklida kasallikning boshlanishidanoq et uvushishi va tana haroratining 38—39°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Harorat egri chizig‘i katta sutkalik o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi, bu infeksiyaning septik xarakterini ko‘rsatadi. Kasallikning umumiy
belgilariga bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, holsizlik kiradi. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joyda to‘q qizil rangda papula hosil bo‘ladi va uni yallig‘lanish zonasi o‘rab turadi. Papula tezda qon aralash massaga ega bo‘lgan pustulaga aylanadi. 1—2 kundan so‘ng pustula yoriladi va yara hosil bo‘la- di. Keyinchalik ko‘plab pustulalar paydo bo‘ladi, ularning ko‘pi ya- ralarga aylanadi (49-rasm).
K
*
Do'stlaringiz bilan baham: |