E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet158/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davr bir necha soatdan 12 kungacha (ko‘pin- cha 3—4 kun) davom etadi. 95% bemorlarda kuydirgi teri shaklida o‘tadi. Qolgan hollarda o‘pkaga va ichakka xos shakllar qayd etiladi.
Kuydirgining teri shaklida infeksiya darvozasi sohasida mahalliy o‘zgarishlar kuzatiladi. Avval zararlangan joyda qizil dog‘ paydo bo‘ladi, u teri sathidan ko‘tarilgan tuguncha — papula hosil qiladi. Keyin papula o‘rnida pufakcha — vezikula paydo bo‘ladi, ma’lum vaqtdan keyin vezikula asta-sekin yiringli modda bilan to‘ladi va pustulaga aylanadi, so‘ngra yara paydo bo‘ladi. Jarayon juda tez kechadi, dog‘ paydo bo‘lgandan pustula hosil bo‘lgunga qadar bir necha soatgina o‘tadi. Bemorlar mahalliy qichishish va achishish sezadilar. Pustula moddasi ko‘pincha qon aralashgani uchun to‘q rangda bo‘ladi. Pustula tirnalganda (ko‘pincha qashlaganda) yara paydo bo‘ladi. U qora qasmoq bilan qoplanadi va markazda cho‘kadi. Qasmoq ko‘rinishiga ko‘ra ko‘mir (kasallik nomi shundan kelib chiqqan — anthrax — ko‘mir)ni eslatadi. Markaziy qasmoq atrofida bir qancha mayda «qiz» pufakchalar hosil bo‘ladi, ularning buzilishi tufayli yara hajmi kattalashadi. Yara atrofida shish va teri giperemiyasi kuzatiladi, bu jarayon ayniqsa yuzda joylashganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Yarada sezish hissi to‘la yo‘qoladi (igna bilan teshganda bemor sezmaydi).
Kasallikning dastlabki soatlarida tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi, umumiy holsizlik rivojlanadi, bosh og‘rig‘i, adinamiya, taxikardiya aniqlanadi. Isitma 5—7 kun davomida yuqori ko‘rsat- kichda saqlanib turadi va kritik ravishda tushadi. Bu simptomlar nafaqat teri shaklida, balki kasallikning boshqa shakllarida ham kuzatiladi.
Sog‘ayish boshlanishi bilan yara sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi va 2—3-haftalar oxiriga kelib qasmoq ko‘chib tushadi. Odatda yara yakka holda uchraydi, ba’zan ular ko‘p miqdorda (2—5 va undan ortiqroq) bo‘lishi mumkin.
Kuydirgining o‘pkaga xos shaklida kasallik o‘tkir boshlanadi, og‘ir kechadi va hozirgi zamon davolash usullarida ham o‘lim bilan tugashi mumkin. Sog‘lom organizmda kutilmaganda kuchli et uvushadi, tana harorati birdan yuqori (40°C va undan ham yuqori) ko‘tariladi, konyunktivit (ko‘z yoshining oqishi, yorug‘likdan qo‘rqish, konyunktivalar qizarishi) kuzatiladi. Muhim belgilari yo‘tal, aksa urish, tumov, ovoz xirillashi, ko‘p miqdorda ko‘pik- simon va qon aralash balg‘am ajralashidir. Bemor ahvoli kasallikning dastlabki soatlaridan boshlab og‘irlashadi. Ko‘krakda kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi, nafas olish qiyinlashadi, ko‘karish va taxikardiya (minutiga 120—140 marta) kuzatiladi va arterial bosim pasayadi. Balg‘amda qon elementlari topiladi. O‘pkada quruq va nam xiril- lashlar, ayrim vaqtda plevraning ishqalanish shovqini eshitiladi. Rentgenologik tekshirishda o‘pkada pnevmoniya belgilari qayd etiladi. O‘lim 2—3 kun ichida yuz beradi.
Kuydirgining ichakka xos shakli kuchli intoksikatsiya va qon aralash ich ketishi bilan juda og‘ir o‘tadi. Bu shakli o‘tkir rivoj­lanadi. Qorinda og‘riqlar, o‘t suyuqligi va qon aralash qusish, ichaklar parezi natijasida kuchli meteorizm (qorin dam bo‘lishi) va tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanadi.
Bemor ahvoli tezlik bilan og‘irlashib boradi va odatda kasallikning

  1. 5-kuni u kollaps holatida o‘ladi.

Ko‘rsatilgan shakllardan xohlagan turida bakteremiya, ikki­lamchi o‘choqlar (jigar, buyrak, miya pardalarida) paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan sepsis kuzatilishi mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish