E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet113/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

masala

33 yoshdagi E. ismli bemor kasallikning 3-kuni shifoxonaga murojaat qildi. Kasallik o‘tkir boshlangan: eti uvushib, tez orada tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan. Kuchli bosh og‘rig‘i, aksa urish, burundan suv kelishi, ko‘zdan yosh oqishi, quruq yo‘tal hamda bo‘g‘im va mushaklarning qaqshab og‘rishi bemorni shifoxonaga murojaat qilishga majbur qilgan. Tekshirib ko‘rilganda yuz terisi qizargan, nafas olish tezlashgan, o‘pkada quruq xirillashlar eshitiladi. Qorin yumshoq, og‘rimaydi, jigar va taloq kattalash- magan. Bemorning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

  1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

  2. Tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?

  3. Bu kasallik yuqmasligi uchun nimalar qilish zarur?

  4. Bunday bemorlar qanday parvarish qilinadi?

  1. masala

Bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasiga Sh. ismli 6 yoshdagi bolani olib kelishdi. Onasining aytishicha, kasallik o‘tkir bosh­langan, tana harorati 38°C gacha ko‘tarilgan, yutinganda og‘riq kuzatilgan. Tekshirib ko‘rilganda bodomsimon bezlarda orolchalar shaklida va aniq chegaralangan, bezlardan ko‘tarilib turgan parda aniqlandi. Bo‘yinning ustki qismida limfatik tugunlar kattalashgan va paypaslaganda ozroq og‘riq seziladi.

  1. Qaysi kasallikka gumon qilish mumkin?

  2. Tashxisni aniqlash uchun qanday tekshiruvlar o‘tkazilishi shart?

3-masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 44 yoshdagi bemor yotqizildi. Kasallik o‘tkir boshlangan. Kasallik boshlanishida et uvushgan va tez orada tana harorati 40°Cgacha ko‘tarilgan. Bunga chidab bo‘lmaydigan darajadagi bosh og‘rig‘i qo‘shilgan va tana holatini o‘zgartirganda ham og‘riq yanada kuchaygan. Bemorning ko‘ngli aynimasdan qusa boshlagan va bundan bemor yengillik sezmagan, aksincha ahvoli og‘irlasha borgan. Bemorni ko‘zdan kechirganda ensa mushaklari rigidligi kuzatilgan. Lumbal punksiya qilinganda suyuqlik bosim bilan loyqa ko‘rinishda otilib chiqadi.

  1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

  2. Bu kasallik qanday yo‘l bilan yuqadi?

  3. Bunday bemorlarni parvarish qilish haqida gapirib bering.

4-masala
Shifoxonaga S. ismli 42 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘ir. Aniqlanishicha, kasallik to‘satdan boshlangan va tez rivojlangan. Et uvushib, kuchli bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Tana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Tez orada tanada ko‘plab toshmalar paydo bo‘lgan. Ko‘zdan kechirilganda bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, terida yulduzsimon shaklda toshmalar aniqlangan. Toshmalar petexiyalar va yirik (2—4 sm diametrda) qon quyilishlar shaklida ham uchraydi. Terida (ayniqsa barmoq uchlarida) nekrozga xos o‘zgarishlar ham kuzatildi. Puls tezlashgan, arterial bosim pasaygan. Nafas yetishmovchiligi va sianoz mavjud.

  1. Qanday tashxis qo‘yish mumkin?

  2. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o‘tkaziladi?

  3. Bunday bemorlarni parvarish qilish haqida gapirib bering.

III. QON (TRANSMISSIV) INFEKSIYALARI
Qon (transmissiv) infeksiyalarining (transmissio — o‘tish, yuqish) asosiy xususiyati — bu ularning bemorlardan sog‘lom kishilarga qon so‘ruvchi parazitlar (bitlar, burgalar, iskabtoparlar, chivinlar, kanalar) orqali o‘tishidir. Bunda u albatta teri orqali umumiy qon oqimiga tushadi. Bunday yuqish mexanizmi bu guruh yuqumli kasalliklarning qator xususiyatlarini belgilaydi va ular fanda «qon» infeksiyalari deb yuritiladi.
Infeksiya qo‘zg‘atuvchilari turli mikroorganizmlar: rikketsiyalar, spiroxetalar, viruslar va sodda organizmlar bo‘lishi mumkin. Qo‘z- g‘atuvchi tarqatuvchi organizmida ko‘payadi. Masalan, toshmali tif qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan Provaseka rikketsiyalari bitlardagi ichak devorining epitelial hujaylarida bo‘linish orqali, bezgak plazmodiylari esa tarqatuvchisi bo‘lgan anofeles chivini organizmida jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Ayrim qon (transmissiv) infeksiyalariga tabiiy o‘choqlilik xarak- terlidir, ya’ni ular ayrim geografik o‘choqlardagina tarqalish xususiyatiga ega. Bu tarqatuvchining biologik xususiyatlariga bog‘liq, chunki ularning hayot faoliyati ma’lum tabiiy sharoitlardagina normal kechishi mumkin.
Qator yuqumli kasalliklar (toshmali tif, endemik, yoki kala- mushdan yuqadigan rikketsiozlar va b.) rikketsiozlar guruhiga kiradi. Bu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari — rikketsiyalarning farqli xususiyatlari ularning sun’iy oziq muhitlarida o‘smasligidir, ya’ni ular viruslar singari hujayra ichida parazitlik qiladi. Bunda qon kapillarlari endoteliysida xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Odam rikketsiyalarni asosan qon so‘ruvchi hasharotlar (bitlar, burgalar, kanalar) orqali yuqtirib oladi. Rikketsiyalar ularning (bitlar, burgalar) najaslari yoki so‘lak bezlari sekretlari (kanalar) orqali tashqariga chiqadi. Birinchi holatda kasallik bitlar va burgalar fekaliyalarida bo‘lgan rikketsiyalarning yaralar yoki terining tir- nalgan joylariga tushishi, ikkinchi holatda esa — kanalar chaqishi, ba’zi hollarda hayvonlarning ajratmalari orqali yuqishi mumkin.
Kalamushlardan yuqadigan toshmali tif kalamushlar siydigi orqali, Ku-isitma — zararlangan shoxli hayvonlarning suti va siydigi orqali yuqadi.
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) parenteral yuqish mexanizmi bo‘yicha mazkur guruhga kiritildi. Bundan tashqari kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi ham asosiy yuqish yo‘llaridan biri hisoblanadi. OITS ning qon so‘ruvchi parazitlar orqali tarqalishi aniqlanmagan.
Toshmali tif (typhus exanthematicus)

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish