E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet201/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Koksidioz profilaktikasi boshqa o‘tkir ichak infeksiyalarining oldini olishga o‘xshaydi.
Nazorat savollari

  1. Koksidiyalar ichakda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?

  2. Koksidioz kasalligi qanday kechadi?

  3. Koksidioz tashxisi va uning profilaktikasi haqida gapirib bering.

Pnevmosistoz (pneumocystosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — pnevmosista (pneumocystis carinii) oval shaklida bo‘lib, kattaligi 2—3 mkm ga teng. Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, avval qobiq ostidan teng ikkiga bo‘linadi, so‘ngra esa qobiqning o‘zi ham bo‘linadi. Bir necha bo‘linishlardan keyin ayrim trofozoitlardan sporagoniyalar rivojlanadi, ya’ni jinsiy ko‘payish sikli boshlanadi. Trofozoitning parazitar tanachalari kattalashadi, sistalar devori shakllanadi va yadro 2, 4 va 8 ta yadrolarga bo‘linadi. Natijada sporosista hosil bo‘ladi, unda 8 ta ovalsimon yoki noksimon spora joylashadi, har bir sporaning kattaligi 1—2 mkm ga teng. Sistalar diametri 10 mkm ga yaqin bo‘ladi. Romanovskiy usulida bo‘yaganda pnevmosistalar binafsha rangga, yadro esa — to‘q ko‘k rangga bo‘yaladi.
Infeksiya manbai — odam, qo‘ylar, itlar va kemiruvchilar hisoblanadi. Pnevmosistalar bronxial shilliq tomchilari, so‘lak va balg‘am bilan ajraladi. Asosan — havo-tomchi yo‘li bilan, ba’zan esa transplatsentar yo‘l bilan ham yuqadi.
Parazitlar o‘pka alveolalarida joylashib alveolalar orasidagi to‘siqlarni zararlaydi va surunkali interstitsial pnevmoniyaga sabab bo‘ladi. Alveolalar va bronxiolalar ko‘piksimon massa bilan to‘ladi, natijada gaz almashinuvi buzilib, kislorod yetishmovchiligi kuza- tiladi.
Yashirin davr 30 kundan 3 oygacha davom etadi. Kasallik avj olganda tana harorati subfebril ko‘rsatkichda bo‘ladi. Bu davrda surunkali pnevmoniya belgilari kuzatiladi. Quruq yo‘tal, nafas yetishmasligi, sianoz va nafas olishning tezlashishi aniqlanadi. Kasallik 8 oygacha davom etadi, oqibati ko‘pincha yomon tugaydi. Pnevmosistoz odatda ko‘krak yoshidagi, ayniqsa chala tug‘ilgan va nimjon bolalarda ko‘p uchraydi. Ba’zan sil kasalligining kechishini og‘irlashtiradi. Ko‘pincha OITS ga chalingan kishilarda rivojlanadi. Kasallik ko‘proq bolalar orasida tarqaladi. Tug‘ruqxona va chala tug‘ilgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lim xodimlari orasida uzoq vaqt davom etadigan tashuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Bevosita laringoskopiya usulida pnevmosistalarni topish uchun bolalardan olingan va kateter yordamida traxeya yoki yuqori nafas yo‘llaridagi shilliqdan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy usulida bo‘yalgandan so‘ng mikroskopiya qilinadi. Bundan tashqari, balg‘am yoki suv bug‘lari bilan ingalyatsiya qilingandan keyin kuchli yo‘tal natijasida nafas yo‘llarining pastki bo‘limlaridan olingan shilim- shiqdan tayyorlangan surtmalar ham tekshiriladi. Pnevmosistalar kasallikning 2-haftasidan boshlab topiladi. Surtmalarni bevosita mikroskopiya qilish hamma vaqt ham ijobiy natija bermaydi, chunki yadroli tipik sistalar nisbatan kam topiladi, qolgan vegetativ turlarini esa u yerda odatda har xil hujayralar va ko‘p miqdorda ularning qoldiqlari uchrashi tufayli hamma vaqt ham ajratib bo‘l- maydi. O‘lim kuzatilganda gistologik kesmalar va o‘pkadan olingan surtmalar tekshiriladi. Serologik tekshirish usullari ham ishlab chiqilgan.
Kasallik profilaktikasida bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni izolatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tibbiy xodimlarni pnevmosistalarga tekshirish zarur. O‘tkaziladigan umumiy tadbirlar bolalardagi boshqa respirator infeksiyalar vaqtida o‘tkaziladigan tadbirlarga o‘xshaydi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish