O’sha ikki kelin va shu kabilarga maslahatim:
Bag’rikeng bo’ling. Alloh shundaylarni sevadi!
O’zingizga katta baho bermang, bir kunda hayot o’zi sizni qolipga solib qo’yadi. «Teshiktog’ora» multfilmini ko’rganmisiz?!
Badqovoq va xunrez bo’lmay, hamma narsadan yaxshilik axtarib jilmayib yashang.
Tilingizni sakkiz qarich qilmang, buning o’rniga insoniy aqlingizni o’stiring.
Mehribon bo’ling, boshqalarni ham o’zingiz kabi hurmat qilishni o’rganing.
Men yozganlardan to’g’ri xulosa chiqaring. Aqali bir marta, mana shu yuqorida yozganim nuqtayi nazaridan o’z faoliyatingizga nazar soling…
Do'stlaringiz bilan baham: |