E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet51/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Diffuz va (tarqoq) neyrodermit. Diffuz neyrodermitning klinik ko'rinishida o'tkir bo'lmagan teri eritemasi fonida lexinifikatsiya va infiltratsiya kuchli rivojlanadi.

Zararlanish o'chog'lari asosan yuz, bo'yin, qo'l va oyoq bukilmalari, jinsiy a'zolar hamda sonning ichki yuzasida bo'ladi. Birlamchi morfologik element tuguncha bo'lib, u normal o'zgarmagan teri yoki och pushti rangida bo'ladi. Bu tugunchalar bir-biri bilan qo'shilib, infiltratlangan sohalarni hosil qiladi. Patologik jarayondagi teri quruq, usti ekskoriatsiya va mayda kepakli tangachalar bilan qoplanadi. Shuningdek, tananing tabiiy burmalarida uzun yoriqlar yuzaga keladi. Terining kuchli qichishi, monomorf toshmalar, asab tizimi faoliyatining buzilishi, oq der-mografizm, aniq pilomotor refleksi, neyrodermitga xos bel-gilardandir. Kuchli qichishish bemor uyqusining buzilishiga, asablanish (nevrotik) holatning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bemorlarda gipotoniya, giperpigmentatsiya, adinamiya, aller-gik reaksiyalar, me'da shirasi hamda siydik kam ajralishi, gi-poglikemiya, ozib-to'zish, tez toliqish kabi belgilar namoyon bo'ladi.

Neyrodermitning klinik kechishi ko'pincha faslga bog'liq. Kasal-lik asosan qishda zo'rayib, yozda klinik remissiya holatida bo'ladi.

Cheklangan neyrodermit. Terining ma'lum bir qismi kuchli qichib bezovta qiladi. Zararlanish o'choqlari bo'yinning orqa yoki

90

yon qismi, jinsiy a'zolar, dumbalar orasidagi burmalar, katta bo'g'imlarning bukuvchi yuzalarida bo'ladi. Kasallik boshlanishda teridagi o'zgarishlar deyarli sezilmaydi. Qichishish kuchayganida terida mayda tugunchalar paydo bo'lib, ular qattiq konsistentsiyali, yuzasi kepakli tangachalar bilan qoplanadi. Keyinchalik tugun­chalar bir-biri bilan qo'shilib, hiylagina joyni egallashi mumkin. Toshmalar och-pushti, qo'ng'ir tusda, yassi yumaloq shaklga egabo'ladi. Teri asta-sekin qalin tortib zichlashadi (lixeniflkatsiya). Kasallik avj olgan davrida lixenifikatsiyaga uchragan markaz usti yaltiroq yassi och-pushti rang tugunchalardan iborat o'rta va giperpigmentli periferikqismlari ajralib turadi, o'tkir yallig'langan o'choqlarda shilinishlar kuzatiladi. Hadeb qashlanaverish natija-sida chiqqan qon qotib, qora qo'tir bo'lib qoladi, ko'pincha ikkilamchi piodermiya avj oladi. Kasallik uzoq muddat davom etadi. Davosi. Neyrodermitni davolashda sedativ va psixotrop do-rilar qo'llaniladi. Organizmning allergik holatini pasaytirish uchun desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dorilar (tavegil, zadigen, dimedrol va boshq.) tavsiya etiladi. Markaziy asab tizimi faoliya-tini maromga keltirish va nevrotik holatni kamaytirish maqsadi-da uyqu, gipnoz bilan davolash, brom preparatlari, neyrolep-tiklar (trioksazin, elenium, seduksen, meprotan), ganglioblo-katorlar (nanofin, aminozin, geksoniy) va boshqalarni qo'Uash yaxshi naf beradi. Vitaminlar (B guruh vitaminlari, A, PP) ishlatiladi. Kasallik og'ir kechganida kortikosteroidli dorilar (prednizolon, deksametazon, triamsinalon va boshqalar)



buyuriladi.

Fizioterapevtik vositalardan oitingugurt vodorodi, radon van-nalari, ultrabinafsha nurlar, PUVA-terapiya va boshqalar tavsiya etiladi. Mahalliy davo vositasi sifatida kortikosteroidli malhamlar («Sinalar», «Lorinden», «Flyutsinar», «Selestoderm», «Derma-top» va boshq.) ishlatiladi. Cheklangan neyrodermatitda zararlan-gan o'choqlar atrofiga gidrokortizon, kenolog va boshqa steroidli gormonlar inyeksiya qilinadi. O'choqli neyrodermatitda Bukki nur-larini qo'Uash ham yaxshi natija beradi. Kasallikning zo'rayishi va qaytalanishining oldini olish maqsadida sanatoriyalarda («Chor-toq», «Chimyon») davolanish, surunkali infeksiyalarni bartaraf etish tavsiya etiladi.



91

ATOPIK DERMATIT

Atopik dermatit multifaktorial irsiy kasallik bo'Iib, bolalar dermatologiyasida keng tarqalgan dermatoz hisoblanadi.

Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikning kelib chiqishida bemor yoshligida chalingan kasalliklar: bolalar ekzemasi, diatezi, shuningdek, yaqin qarindoshlarida allergik holatlar yoki xastalik-larining (allergik rinit, bronxial astma, ekzema va boshqalar) bor-yo'qligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Ko'krak yoshida va ilk bolalik davrida me'da-ichak tizimi xastaliklari (ovqat hazmining buzilishi, fermentopatiya, disbakterioz, vitaminlar va oqsil mod-dalarining yomon so'rilishi), shuningdek, yoshi kattaroq bolalar-da esa — ruhiy charchash, tajanglik va boshqalar atopik dermatit­ga sabab bo'luvchi omillardir, Ba'zi olimlar atopik dermatit neyro-dermatitning bir ko'rinishi desalar, boshqalari esa har biri o'zi-cha mustaqil kasallik degan fikrda. Lekin bolalikda atopik dermatit-ni boshidan o'tkazganlarda, keyinchalik neyrodermatitga xos kli-nik ko'rinish namoyon bo'lganligi ko'pchilikka ma'lum.

Klinikasi. Kasallik asosan yuz (ko'z va og'iz atrofida) bo'yin, tirsak va tizza osti bukilmalarida uchraydi. Patologik o'choqlarda eritema-skvamoz, follikulyar papulalar, vezikulyoz, eroziya, po'stloq, tangachalar ko'zga tashlanadi, bu elementlar asosan lixenifikatsiyaga uchragan terida joyiashadi. Shu bilan birga terining shunga o'xshash klinik ko'rinishini tananing boshqa sohalarida ham uchratish mumkin. Terining quruq bo'lishi va kuchli qichishishi atopik dermatitga xos bo'Iib, ko'pincha asosiy o'choqlar ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanadi.

Davosi. Neyrodermatit va bolalar ekzemasini davolashga o'xshash. Tajribalarning ko'rsatishicha, atopik dermatitni davolashda zaditen yaxshi naf beradi.

QICHIMA (PRURIGO)

Qichima kasalligining bir necha xili ma'lum: bolalar qichimasi (prurigo infantum), kattalar qichimasi (prurigo adultorum), tugunli qichima (prurigo nodularis).

Bolalar qichimasi. Bu kasallikni birinchi Vilan va Bateman o'rga-nishib, uni strofulyus deb ataganlar. Kasallik 6 oylikdan 3—4

92

yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi. Patologik jarayon hadeganda tuzalavermasa, bolalar qichimasi Gebraning klassik qichimasiga aylanishi mumkin. Ko'pchilik olimlar bu kasallikni bolalar eshak-emi deb ham ataydilar.



Etiologiyasi. Bolalar qichimasini keltirib chiqaravchi omillar bolalar ekzemasidagi omillardan farq qilmaydi. Bolalar qichimasi ko'proq ekssudativ diatez bilan og'riydigan bolalarda (ba'zan, bo­lalikda toshgan eshakem keyinchalik qichimaga aylanadi) kuzati-ladi. Gijjalar borligi, noto'g'ri ovqatlanish yoki bolani sun'iy sut mahsulotlari bilan boqish, ba'zi ovqat moddalari (tuxum, shoko-lad)ni ko'tara olmaslik tufayli ovqat hazmining buzilishi kasallikka

sabab bo'ladi.



Klinikasi. Dastlab terida qavarchiqlar hosil bo'ladi. Talaygina qavarchiqlarning qoq o'rtasida kattaligi to'g'nog'ich boshidek ke-ladigan, berch, juda qichishib turadigan tugunchalar paydo bo'ladi. Tugunchalar yuzida pufakchalar vujudga keladi. Tugunchalar och qizil, mayda, konussimon, qattiq konsistensiyali bo'ladi. Qavarchiqlar odatda tez yo'qolib ketadi, tugunchalar esa uzoqroq saqlanib turadi. Toshmalar qo'l va oyoqlarning yoziluvchan yuzalarida, dumbada

paydo bo'ladi.

Badanning qattiq qichishib turishi bolalarning uyqusi bilan ishtahasini buzadi, ular injiq bo'Iib qoladi. Badan terisining qashlanib tirnalishi oqibatida ikkilamchi piodermiya qo'shilishi mumkin. Bunda kasallik surunkali davom etadi. Vaqtida davo qilin-maydigan bo'lsa, u kattalar qichimasiga yoki diffuz neyrodermitga aylanib ketishi mumkin.

Davosi. Davolash asosini parhez bilan davolash tashkil qiladi: tuxum, asal, shokolad, konfet, sho'r va qovurilgan ovqat beril-maydi. Ovqat asosan sabzavot (sabzi, karam, no'xat) va mevalardan iborat bo'lishi kerak. Sut mahsulotlari: asidofilin, kefir tavsiya etiladi. Ovqatda yog', uglevodlar miqdori kam, vitaminlar (A, B, C) esa ko'p bo'lishi kerak. Kasallikni yuzaga keltiruvchi omillardan biri bo'lgan gijja va surunkali infeksiya o'choqlarini yo'qotish lozim.

Bemorlardagi o'ta sezuvchanlik holatini kamaytirish maqsadida antigistamin va neyroleptik dorilarni qo'llash



93

maqsadga muvofiq. Kasallik og'ir kechganda kortikosteroid do-rilar buyuriladi.

Mahalliy davo sifatida, 1 % li dimedrol, anestezin va kortiko-steroidli malhamlar tavsiya etiladi. Kasallik asorat bersa, u holda anilin bo'yoqlar eritmasi, tarkibida antibiotik bo'lgan malhamlar surtiladi.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish