Etiologiyasi va patogenezi. To'liq aniqlangan emas, ilmiy ada-biyotlarda kasallikning kelib chiqishida turli nazariyalar (virusli yoki infeksion, nevrogen, irsiy, toksik, immunologik) mavjud.
Virusli nazariya tarafdorlari bemorlar terisida filtrlanuvchi viruslar uchrab, ular o'z faolligini organizmning immunobiologik himoya qobiliyati susaygan davrda kuchaytiradi degan fikrni aytadilar.
Ko'pgina olimlar kasallikning vujudga kelishini asab tizimi fa-oliyatining buzilishiga (emotsional hayajonlanish, ruhiy zo'riqish) bog'liq deb qaraydilar. Bunda toshmalar asab tolalari bo'ylab joy-lashishi mumkin. Ko'pchilik bemorlarda gipnozoterapiyayaxshi natija beradi.
Toksik (zaharlanish) nazariyaga muvofiq, qizil yassi temiratki organizmga turli xil dori-darmonlar ta'sir etishi, autointoksikatsiya, me'da-ichak, jigar xastaliklari oqibatida vujudga keladi. Anti-biotiklar (streptomitsin, tetratsiklin), oltin, yod, qo'rg'oshin preparatlari, ftivazid va boshqa dorilar ta'sirida qizil yassi temiratki kelib chiqqanligi ma'lum.
Klinikasi. Kasallikning asosiy klinik-morfologik elementi dermo-epidermal papulalar bo'lib (diametri 1—3 mm), uning quyidagi o'ziga xos xususiyatlari bor: 1) poligonal, yassi shakli; 2) papulalar yuzasida (asosan, markazda) kindiksimon botiq bo'lishi; 3) periferiyaga qarab o'sishi; 4) toshmalar ustiga o'simlik moyi surtilsa, to'rsimon shakllar vujudga kelishi — Uikxem belgisi (epidermiya donador qavatining notekis kengayishi); 5) o'tuvchan yorug'likda papulalar yuzasining pushti-binafsha rangda yaltirab turishi. Toshmalar aksariyat qo'l va oyoqning bukiluvchi qismlarida (tirsak oldi, bilak, oyoqda) yuzaga kelib, so'ng butun badanga tarqalishi mumkin. Toshmalar ba'zan og'iz bo'shlig'i va jinsiy a'zolarning shilliq qavati, ko'proq lunjlarda
103
oqimtir tasmalar shaklida uchrab, bir-biri bilan qo'shilib, pilak-chalar hosil qiladi. U surankali davom etishi mumkin. Kasallikning avj olgan davrida, yangi-yangi toshmalar toshadi va ular kattalashib boradi. Keyin kasallik statsionar davrga o'tadi, bunda papulalar asta-sekin so'rilib, o'rnida to'q jigarrang dog' qoladi, terming ta'sirlangan joyida yoylar ko'rinishida joylashadigan papulalar paydo bo'ladi. Kasallik qattiq qichishish bilan kechadi. Qaytalanish ancha kam uchraydi. Qizil yassi temiratkiga Kyobner izomorf reaksiyasi ham xos. Ba'zan tirnoqlar ham o'zgarib rangi xirala-shadi, ustida uzunasiga ketgan chiziqlar paydo bo'ladi.
Qizil yassi temiratkining bir necha xili bor:
\.Gipertrofik, so'galsimon xili tugunchalarning giperplaziyasi natijasida vujudga keladi. Hosil bo'lgan pilakchalar pushti, qizil-qo'ng'ir rangda bo'lib, ularning usti so'galsimon giperkeratotik qatlamlar bilan qoplangan bo'ladi. Bunday toshmalar atrofida qizil yassi temiratkining tipiktoshmalarini uchratish mumkin.
Atrofik va sklerotik xilida papula va pilakchalar so'rilib, terida atrofik va sklerotik o'zgarishlar qolishi mumkin. Chandiqsimon atrofiya ochiq rangda bo'lgani uchun ba'zi dermatologlar uni oq temiratki deb yuritadilar. Bunda toshmalar bo'yin, qo'l, ko'krak
va qorin sohasida uchraydi. Ba'zan boshning sochli qismida atrofik o'zgarishlar psevdopelladaga o'xshaydi va u qo'l hamda tananing yoziluvchi yuzalarida joylashgan follikulyar keratoz bilan birga kechadi. Buni Littl-Lassyuer simptomi deb ataladi.
Pemfigoidli yoki pufakli xilida qizil yassi temiratkining tipik elementlari bilan birga kattaligi no'xat yoki olchadek keladigan ichi seroz yoki qon-serozli suyuqlik bilan to'la pufakchalar toshadi.
Moniliform qizil temiratkida kattaligi olcha danagidek keladigan marjonsimon (moline — marjon, shoda) toshmalar toshish kuzatiladi. Ular asosan peshona, quloq suprasi, qorin, dumbada uchrab, ko'rinishi munchoqni eslatadi.
O'tkir uchli xilida yassi tugunchalar bilan birga uchli yoki konussimon tugunchalar uchraydi, ular asosan follikulalarda joylashadi. Toshmalar boshning sochli qismida bo'lsa, kichik-kichik atrofiyali chandiqlar yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |