E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

"у\\",
"asr", "ming yillar" "uzoq o ‘tmish" kabi tushunchalar 
shakllana boradi. Lekin, bu o ‘quvchiIarda ham katta vaqt o'lchovini kichik vaqt 
m iqdoriga tushirib qo‘yish, o ‘tgan zamonni hozirgi zam onga yaqinlashtirish 
hollari tez-tez uchrab turadi, shuning uchun ikki xil tarixiy voqea to cg ‘risida fikr 
yuritishsa, sanadagi tafovutni. "saL undan keyin yoki sal ilgariroq" deya 
izohlaydilar, xolos. Aslida esa o ‘n ming yillar oralig‘i ichida ro‘y bergan hodisa 
haqida fikr yuritiladi.
Bu davrda aqliy xatti-harakatlam i egallash ketm a-ket bosqichlam i bosib 
o ‘tadi. 0 ‘quvchilar tafakkurining taraqqiyotidagi bu bosqichlam ing ketm a-ketligi 
hamma fikr yuritish jarayonlarida ham bir xil bo‘lavermaydi. Chunki, o ‘quvchilar 
m a’lum sharoitda egallagan aqliy harakatni boshqa-boshqa sharoitda bajara 
olmaydi. 0 ‘zlashtirilgan aqliy faoliyat usullari, ko‘nikm a va odatlam i yangi 
sharoitga ko'chira bilmaydilar. Buning asosiy sababi ularda m avzularga 
bog‘langan ta saw u r obrazlarining shakllanmaganligidir.
T a’lim jarayonida o ‘quvchilam ing muhokamasi ulam i egallagan bilim lari 
evaziga, anglashilganlik xususiyatining mavjudligidan oddiy shakldan asta-sekin 
murakkab shaklga o ‘sib o ‘tadi. Am m o ushbu ichki murakkab jarayon bir talay 
qiyinchiliklami yengish tufayli nam oyon bo‘ladi. Sistemali bilim lam i egallashga 
o‘quvchi tomonidan qiziqish uyg‘onishi har qanday qiyinchilikiam i yengishga 
yetaklaydi.
Boshlang‘ich sin f o‘quvchilarining bilim doirasi kengaya borgan sari, 
ta’lim sub’ektlari fikrlashi qat’iy hukmlardan taxm iniy hukm larga k o ‘cha 
boshlaydilar, chunki, ular narsa va hodisalaming, xususiyat, qonuniyat va 
xossalarining turli jihatlarga ega ekanligini, voqelik atigi bir harakatdan, bir 
sababdan kelib chiqmasdan, balki ko‘plab sabablar, ta’sirlar, q o ‘z g ‘ovchilar 
natijasida paydo b o ‘lishini anglab olish bosqichiga ko‘tariladilar.
Taxm iniy hukmlar ikkinchi sinfdan boshlab nam oyon bo*la boshlaydi 
M azkur sin f o ‘quvchi!ari "Nega bugun falonchi darsda ko^inm aydi", balki kasal 
bo‘lib qolgandir, dars tayyorlay olmagani uchun kelmagandir, o ‘qituvchining 
biror 
topshirig‘i 
bilan 
ketgandir, 
bog‘chada 
yordam
berayotgandir, 
nafaqaxo‘rlarga yordam berayotgandir, deb gumonsirab, taxm iniy m ulohazalar 
yurita boshlaydilar.
Uchinchi sinfdan boshlab o ‘quvchilar turli vaziyatlam i dalillar asosida 
dalillab berishga o‘tadilar, buning sababi shuki, ulam ing bilim i kundan-kunga 
osha boradi, natijada m a’lum bilim lar tizimi hosil bo‘ladi. Ular bu davrga kelib 
o ‘z hukm ining chin yoki yolg‘on ekanligini anglab yetadilar. Ulardagi bevosita 
m uhokam a qilish, dalil keltirish holatlari isbotlashning shartli tuzilm asiga 
asoslanib, fikr yuritishga o‘tadi. 0 ‘quvchilar narsa va hodisalam ing paydo bo‘lish 
sabablarini aniqlash paytida m asala va savol q o ‘yishdan tashqari, m uam m oli 
vaziyatni hal qilishga odatlana boshlaydilar.
0 ‘quvchilarda 
nazariy 
tafakkum i 
tarkib 
toptirishda 
m atem atika 
m asalalarini yechish, gram m atik kategoriyalam i o ‘zlashtirish va murakkab 
chizm alar bilan tanishtirish kabi hollar muhim rol o'ynaydi. Albatta, ular m ana
124


bu jaryonlarda turli muhokama, m unozara, m antiqan asoslash usullarini 
egallaydilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning 
rivojlanishi. ta’lim jarayonida bir necha bosqichlam i bosib o‘tadi. Xulosa 
chiqarish dastaw al, bevosita idrok qilinayotgan yaqqol predm etlar asosida 
vujudga keladi. Bu o ‘quvchilarda bevosita kuzatish, idrok qilish jarayonlarida 
narsa va hodisalam ing munosabatini, bog‘lanishIarini aks ettirgan xulosa 
chiqarish imkoniyati tu g ‘iladi. Keyinchalik esa ularda mavhum shart- 
sharoitlardan kelib chiqqan xulosa chiqarish turi paydo b o ‘ladi. Bu hoi 
ko‘rsatmalilik, sxemalar, chizm alar, rasmlar va tanish misol ham da masalalar, 
hodisalarga asoslanish paytida o*z ifodasini topadi. Biroq mavhum xulosa 
chiqarish, ya’ni abstrakt (m avhum ) tushunchalariga asoslanib xulosa chiqarish 
ushbu yoshdagilarda hali odat tusiga kirmagan b o ‘ladi.
K ichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar uchun sabab-oqibat munosabatlami 
ifodalovchi narsa va hodisalar to‘g ‘risida ta ’rif berish hollari ju d a murakkab 
hisoblanadi. Psixolog M .N.Shardakov ishlarida ko'rsatilishicha, uchinchi sinf 
o ‘quvchilari jism lam ing kengayishi isitishga bog‘liq ekanligini anglab yetganlar, 
am m o barcha jism lam ing issiqdan kengayishi to ‘g ‘risida xulosa chiqara 
olmaganlar. Ular alohida olingan jism lam ing issiqdan kengayishi hodisalarini 
tushuntirib berganlar, lekin ulardagi umumiylikni, o ‘xshashlikni topa bilganlar.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar deduktiv xulosa chiqarish usulini 
o'zlashtira borib, yangi dalillar, ichki bogManishlar va munosabatlami 
tushuntirishda o ‘zlarining oldin egallagan biiimlarini, umumiy qonun va 
qoidalam i to'g*!! qoMlash m alakalarini rivojlantira boradilar. 0 ‘quvchilaming 
ta ’lim jarayonida bilimlar tizimini barpo qilish jarayonida tafakkuming analitik- 
sintetik faoliyati muhim rol o ‘ynaydi. Agar tahlil qilish analiz va sintez bo‘lmasa, 
hatto psixik faoliyatning oddiy shakllari sezgi va idroklaming bo‘lishi ham 
m umkii emas. Ana shu analiz va sintez birgalikda kelgandagina voqelik 
to ‘g ‘risida mukammal va har tom onlam a haqiqiy bilib olish mumkin. 0 ‘quvchi 
analiz jarayonida yaxlit narsani bo‘laklarga ajratib ulam ing munosabatlarini 
aniqlaydi, sintezda esa uning aksini ifodalaydi, y a’ni shu bo‘laklam ing yaxlit 
buyumga nisbatan aloqasini belgilaydi. So‘zlam ing gaplar, gaplardan esa у in k
axborotlar va nihoyat asarlar vujudga keladi: g ‘ishtdan imorat, tomchilardan ko‘l 
Ь аф о bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi sin f o‘quvchilari k o ‘rsatm alilik va harakatga 
asoslangan analiz operatsiyasi bilan yaqindan tanish bo‘ladilar . Bu yoshdagi 
o ‘quvchilar fikrlashning bevosita idrokka va yaqqol m ateriallarga asoslangan 
analitik-sintetik bosqichida bo‘ladilar. Birinchi sin f o ‘quvchilari qirqilgan 
harflardan foydalangan paytlarida so‘zidan harf, gapdan so‘zlam i bemalol ajrata 
oladilar. K o‘rsatm ali harakat analizi ayniqsa, m atem atika darslarida yorqin 
nam oyon b o ‘ladi. M asalan, birinchi sin f o ‘quvchisi barmoq tayoqchalar, doira va 
har xil geom etrik shakllarga, ko‘rsatmali qurollarga asoslanm asdan turib, 
matem atik am allam i yoki misol va masalalami yecha olmaydi.
125


0 ‘quvchilam ing harflar belgisini o‘zlashtirish vaqtidagi analizi ko‘rish 
ifodasidan eshitish va fikr yuritish ifodasiga o ‘tishi bilan cham barchas b o g ‘liqdir. 
O datda so‘z ovoz chiqarib o ‘qilm aguncha, uning tarkiblariga kiruvchi analiz 
qiyinlashadi. Ba’zi zam onaviy psixologlarning aniqlashicha, "o‘z ichida" 
pichirlab o ‘qish xatolar m iqdorini ko'paytirib yuborar emish. Shuning uchun ham 
ana shu olim lam ing ta’biri bilan aytganda, pichirlab o ‘qish 
0
‘quvchilam ing 
analitik-sintetik aqliy faoliyatini bo'sh, kuchsiz qilib shakllantiradi, degan asosli 
fikrlar mayjuddir. Ikkinchi bir tomondan, bunday m ulohazalarga nisbatan e’tiroz 
bildiruvchi psixologlar ham uchraydi.
Birinchi sin f o ‘quvchilaridan politexnik ta ’lim ga oid konstruktiv 
topshiriqlami bajarishni talab qilsa, u holda hech bir analiz qilm asdan, hatto 
xomaki rejalashtirmasdan turib amaliy ishga kirishishning guvohi b o ‘lamiz. Shu 
tufayli faoliyatni am alga oshirishda berilgan har qanday savol ulam i 
anglashmovchilikka olib keladi. Chunki, ular o ‘z tashabbuslari bilan qanday 
analiz qilish kerakligini hali anglab yetm agan bo'ladilar.
0 ‘quvchilar ikkinchi sinfga o ‘tganlaridan keyin narsa va hodisalam i 
mexanik harakatlarsiz, nutq orqali analiz qilishga o ‘rganadilar. Bunday darajada 
bo‘lish bola nutqining rivojlanishi ham da bilim asosining ortishini ta ’minlaydi.
0 ‘quvchilarda uchinchi sinfdan boshlab amaliy analiz qilish o cm ini nazariy 
analiz egallay boshlaydi va asta-sekin tizim tusiga kirib boradi. D astaw al aqliy 
analiz unsurlari amaliy analiz bilan aralashgan holda uchraydi. M asalan, 
o ‘quvchilar tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshash turli bilim va hodisalam i analiz 
qilish paytida bevosita idrokka bog'lanib qolmasdan, balki ular to ‘g ‘risida 
yig‘ilgan bilimlami ham ishga soladilar.
Hozirgi kundagi murakkab o ‘quv dasturi analiz jarayonida ixtiyoriy esda 
olib qolish zarur bo‘lgan masala va misolni anglash uchun muhim hisoblangan 
unsurlami boMaklarga ajratishni taqozo etadi. Demak, analiz narsalar to ^ r is id a g i 
tasaw u rlar bilan uzviy aloqada boMish zarur. Lekin analitik-sintetik faoliyatning 
bu turi 1 -2 -stn f o‘quvchilari uchun o'qituvchining rahbarligisiz am alga oshishi 
hali mashaqqatli hisoblanadi. Chunki, 1-2 sinf o'quvchilariga ta sa w u r b o ‘yicha 
analiz qilish topshirilsa, u holda ular albatta narsa va hodisalar haqida mayda 
hikoya qilib berish bilan' cheklanib, anglash jarayoni esa qolib ketadi. Shu 
sababdan o‘qituvchi masalani hal qilishda nimasini ajratish kerakligi to ‘g ‘risida 
ularga ko‘rsatma berib borishi shart. B a’zan 3-sinf o'quvchilarida abstrakt 
(mavhum) aqliy analiz kurtaklari hosil b o ‘la boshlaydi. Bu sinfda o ‘quvchilam ing 
tushunchalam i 
asta-sekin 
voqelikning 
ichki 
bog‘lanishlari 
va 
asosiy 
xususiyatlarini umumlashtirish asosida shakllanadi. 0 ‘quvchilam ing fikr 
yuritishlarida aqliy analiz va sintez jarayonlarini um um lashtirish darajasiga 
ko‘tarilishi faqat o ‘qituvchi rahbarligida am alga oshiriladi. Am m o kichik m aktab 
yoshidagi o ‘quvchilar jam iyat va tabiat qonunlarini aks ettiruvchi m urakkab 
tushunchalam i egallashdan ancha yiroq b o ‘ladi.
Sinfdan-sinfga o ‘tish bilan predmetlar miqdorining ortishi natijasida 
abstraksiyalash faoliyati o ‘quvchilarda yanada jadal sur’atlar bilan rivojlanadi.
126


Chunki, o ‘qitilayotgan har bir fanda m avhum iylik albatta uchraydi va u 
o ‘quvchilar ongiga singdirib boriladi.
0 ‘quvchilar analiz va sintez qilish ham da taqqoslashni mashq qilish 
natijasida narsa va hodisalam ing muhim belgilarini tasodifiy belgilardan 
ajratishni o ‘rganadilar va shu tariqa o ‘zlarining abstraksiyalash faoliyatini 
rivojlantiradilar. Konkretlikdan abstrakt holatga o ‘tish va abstrakt holatdan 
konkretlikka ko‘chishni takomillashtirish zam irida m azkur fikriy operatsiyalar 
shakllanib boradilar.
0 ‘quv materiallarini puxta o*zlashtirib olishda va tu g ‘ri xulosa chiqarishda 
umum lashtirishning roli benihoyat kattadir. 0 ‘qishning dastlabki bosqichlarida 
o ‘quvchilar narsa va hodisalam i faqat tashqi belgisiga, yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan belgisiga qarab umumlashtiradilar. Lekin, umumlashtirishning bu 
oddiy shakli so‘nggi ta ’lim bosqichlarida uncha yaroqli bo‘lmay qoladi. Chunki, 
o ‘quv m aterialining eng m uhim belgisi asosida ichki 
bog‘lanish va 
m unosabatlam i aniqlashga to ‘g ‘ri keladi, ammo bu ishlam i boshlang‘ich sinf 
o ‘quvchilari darrov uddalay olmaydilar. Buning uchun ularda umumlashtirish 
faoliyatini yanada taraqqiy ettirishi kerak. Buning uchun o ‘quvchilar bilan 
uzluksiz m ashg‘ulot olib borish ju d a muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina ular 
uchun bilimlar tizimini o ‘zlashtirish birmuncha yengil kechadi. M a’lumki, ta ’lim 
jarayonida tushunchalam i va qonuniyatlami nomuhim belgisiga binoan egallash 
hollari tez-tez uchrab turadi. Bu hoi esa o ‘quv materiallam i o ‘zlashtirishni 
qiyinlashtiradi, shuning uchun o ‘qish faoliyatida ularda qiynalishlik hissi paydo 
b o ‘ladi. Biroq bu qiyinchilikdan qutulish imkoniyati mavjud. Buning uchun 
o ‘quvchilar tushunchalam i to ‘g ‘ri va oqilona yo‘l bilan umumlashtirish 
faoliyatini taraqqiy ettirish lozim. 
“ 
»«...
Ukrain psixologi A.V.Skripchenko 1-2 s in fo ‘quvchilarida umumlashtirish 
faoliyatini o‘rganishga oid qator tajribalar o ‘tkazgan. M uallif kichik maktab 
yoshidagi о ‘quvchilam ing umumlashtirish faoliyati takomillashuvi 4 ta darajadan 
yoki 4 ta usuldan tashkil topgan, degan g ‘oyani ilgari suradi, ya’ni bosqichma- 
bosqich o*sishni o ‘rganadi. Olingan natijalam ing ko‘rsatishiga qaraganda, 
o ‘qishning dastlabki kunlarida o ‘quvchilarga mavjud bo‘lgan ko‘rsatmali-amaliy 
um um lashtirish usuli, shu o ‘quv yili oxiriga kelib k o ‘rsatm ali-so‘zli usulga o ‘sib 
o ‘tadi. Turli predm etlar bilan turli k o ‘rsatmali qurollami ko‘rish, ekskursiyalarda 
o ‘z k o ‘zi bilan idrok qilish tufayli obrazli-so^zli umumlashtirish usulga o‘sib 
o ‘tadi va o ‘quv yilining oxiriga kelib tushiinchali-so‘zli umumlashtirish usuli 
paydo boMadi. Bu usulda mavhumlashning muhim unsurlari o ‘z aksini topgan 
bo ‘ladi.
0 ‘zbek 
psixologi 
N .N .N e’m atov 

va 
2- 
sin f o ‘quvchilarida 
um um lashtirish faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqot ishini olib 
borgan. M uallif ta’lim jarayonini maxsus faollashtiruvchi usullam i qoMlaydi. 
Tadqiqotchi o ‘z kuzatishlarida o ‘quvchilarga savollar berib, kitob o‘qitish 
paytida, suhbat mahalida suratlarni idrok qilishga, tevarak-atrofdagi vaziyatni 
kuzatish davom ida uchraydigan narsalarni umumlashtirishga yordam beradigan


maxsus usullam i tatbiq etadi. 0 ‘tkazilgan tajribalarga asoslanib, o ‘quv yiiining 
oxiriga borib, eksperim ent sinfi o'quvchilarining um um lashtirish faoliyati 
darajasi nazorot sinflardagi o ‘quvchilam ing umumlashtirish faoliyati bilan 
taqqoslanilsa, eksprement sinfi o ‘quvchilarining umumlashtirish faoliyati ancha 
yuqori ekanligi ko‘rsatib o ‘tilgan. M uallifhing fikriga ko‘ra, o ‘quvchilar fikr 
yuritish faoliyatini faollashtirish m aqsadida tatbiq etilgan. U slubiy usullar 
ekspriment sinfi o ‘quvchilarining ona tilidan ulgurish darajasini oshirishga olib 
kelgan. 2-sinf o‘quvchilari bilan m ana shu y o ‘sinda olib borilgan tajribalar 
o ‘xshash natijalarni bergan. 0 ‘quvchilarda m ahalliy tushunchalar, term inlar 
miqdori keskin kamayganligi tajriba natijasida aniqlangan.
Bizni olib borgan ishlam ing yakuniga ko‘ra, ta ’lim jarayonida 
umumlashtirish usullarining boshqa turlari ham qo‘llanildi. Jum ladan, fikm ing 
umumiydan yakkaga, xususiydan umumiyga, umumiydan xususiyga y o ‘nalgan 
usullari mavjud. Bizning tekshirishlarim izga k o ‘ra, maktab o ‘qituvchilari 
o‘quvchilarga yangi bilim berayotganlarida ko ‘pincha um um lashtirishning 
birgina usulidan unumli foydalangan holda faoliyat ko‘rsatadilar. Lekin hech vaqt 
ular buning umumlashtirish usuli ekanligini m utlaqo xayoliga keltirm aydilar. 
Ayniqsa, o ‘qituvchilar bilan qilingan suhbat paytida dars deduktiv (yoki induktiv) 
metod yordamida olib borildi, degan m ulohazalam i eshitish m umkin. Ammo ular 
yuqorida qayd qilib o ‘tilgan ikkita m etod xulosa chiqarishning ikki yoMi 
ekanliginni, ya’ni tafakkur shakli ekanligini psixologik nuqtai nazardan anglab 
yetmaydilar. Shuning uchun biz ularga umum lashtirish jarayoni tafakkur shakli 
emas, balki uning operatsiyasi boMishini aytib o‘tishni lozim topib, bunday 
chalkashlikka barham berishga intildik.
Rossiya 
psixologiyasida D .B .El’konin, 
V.V.Davidov va ulam ing 
shogirdlari bir tomondan, N.A.M enchinskaya, Y e.N.K abanova-M yuller va 
ulaming izdoshlari, ikkinchi tomondan, ta ’lim jarayonida q o ‘llaniladigan 
umumlashtirishning amaliy va nazariy turlari ustunlik qilishi yuzasidan uzoq 
yillar ilmiy bahs ketdi. Bizningcha, o ‘quv m ateriallarining o ‘ziga xos 
xususiyatlarga qarab, har qaysi umumlashtirish usuli yuqori sam ara berishi turgan 
gap, lekin u yoki bu yo 1 mutlaq ekanligini tan olish ham m etodologik, ham 
amaliy-uslubiy xato bo'lgan bo‘lar edi.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish