E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tafakkuri



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

4.7. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tafakkuri
Psixologiya fanida o‘quvchi tafakkurining faollashuvi bilan bog‘liq 
boMgan "uquvchanlik" darajasi hamma o‘quvchilarda bir xilda rivojlanm agan 
bo‘lishligi ko‘rsatilgan. Uquvchanlik kishining intellektual xususiyatlari 
y ig‘indisidan iborat bo‘lib, unga barcha teng sharoitlarda m aterialning 
muvaffaqiyatli o ‘zlashtirilishida muayyan rol o'ynaydigan fikrlasn faoliyati 
xususiyatlarining faollashuvi demakdir. Mana shunga binoan uquvchanlik 
darajasi yuqori hisoblangan o'quvchilar zam riy bilim lam i m ustaqil ravishda tez 
va chuqur egallab olish imkoniyatiga egadirlar. Albatta, bunday o ‘quvchilam ing 
o ‘qishga munosabatlari har xil boMishi mumkin. A gar o ‘qishga ijobiy 
munosabatda bo‘lsalar, bu holat ulaming diqqatida, qiziqish xususiyatlarida, his- 
tuyg‘usida va o ‘zlashtirish jarayondagi irodaviy zo ‘r berishlarida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.
Uquvchanlik darajasi past bo‘lgan o ‘quvchilar yaxshi o ‘zlashtirishga 
xohishlari kuchli, o‘qishga m unosabatlari esa aksariyat hollarda samarali 
uslublarini egallamaganliklaridandir. Ular ko ‘p jihatdan hali xotira shakldagi 
o ‘quv faoliyati usullari yordam ida bilim lam i egallashga intiladilar. M ustaqil 
fikrlashlarga nisbatan 
q o ‘yiladigan talablam ing tobora ortib 
borishiga 
qaramasdan, ular ta’lim jarayonida ju d a sust bo‘ladilar. Ular, o ‘qituvchi ham isha 
o ‘quv m aterialini to ‘la tushuntirib beradi, degan qabilida faoliyatda hotirjam
134


qatnashadilar. Uquvchanlik darajasi past bo‘lgan o ‘quvchilar o ‘z!arining asosiy 
vazifalari 
o ‘quv 
q o ‘llanmalarida 
berilgan 
va 
o ‘qituvchi 
tomonidan 
tushuntiriladigan axborotlar yoki m a’lumotlarni esda olib qolish, o ‘tilgan 
m avzular bo‘yicha mashqlanish, takrorlashdan iborat deb tushunadilar. Lekin, 
ba’zi o ‘quvchilarga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar ular uchun doimiy 
o ‘zgarm as sifat emas, balki u ta’lim jarayonida tegishli m ashqlar bilan 
shug‘ullanish yordamida o ‘zgaradi. Uquvchanlik darajasi yuqori, yuksak bo‘lgan 
o‘quvchilar o‘quv materia I lari ni to ‘g ‘ri umumlashtirish, tahlil qilish va yaxlitlash 
(sintez) faoliyatini tez va to ‘g ‘ri bajarilishi bilan boshqa toifaga kirgan 
tengdoshlaridan farq qiladilar.
Uquvchanlik darajasi va k o ‘rsatgichi past bo‘lgan o‘quvchilarda 
um umlashtirish, analiz va sintez faoliyati ju d a zaif rivojlangan bo‘ladi. Bu toifaga 
mansub o‘quvchilar asosan bo‘sh o ‘z!ashtiruvchilar hisoblanadilar. Ular bilan 
individual ishlashni tashkil qilishda murakkab ilmiy va mavhum (abstrakt) 
tushunchalam i keng miqyosda ko‘rsatmalilik yoki tasviriylik asosida tushuntirib 
borish, m ajbur qilm asdan (ta’sir o ‘tkazmasdan, tazyiqsiz), qiziqarli mashqlar 
uyushtirish, bilish motivi va ehtiyojlarini muayyan darajada qondirish uchun 
intilish tuyg‘usini vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir. Xullas, bo‘sh 
o'zlashtiruvchi o ‘quvchilarga ko‘rsatiladigan yordamlar darajasini tobora 
kam aytirib borish keyinroq, o ‘quv materiallarini sekin-asta oshira borish 
rejalashtirgan bo‘lishi shart.
N.A.M enchinskaya, Yu. K. Babanskiy va shunga o ‘xshash olimlar ilmiy 
tekshirish ishlarining ko‘rsatishicha, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilami keltirib 
chiqam vchi sabablar quyidagilardan iboratdir.
1. Pedagogik kamchiliklar: o ‘quv faoliyatining past darajada olib borilishi, 
o ‘z faoliyatidagi mahsuldorlikning yo‘qligi, darslaming ko‘p qoldirilganligi - 
davom atning pastligi; ta ’limda individual m unosabatningjoriy etilmaganligi, ota- 
onalar va oila a’zolari tomonidan o ‘quvchilami nazoratdan chetda qoldirilganlik 
va g ‘am xo‘rlik qilishning zaifligi kabilar.
2. 
Psixologik 
kamchiliklar: 
o ‘quv 
faoliyati motivlarining tarkib 
topmaganligi va xulq beqarorligi, intizomning yo‘qligi, ta ’limda emotsional va 
irodaviy zo‘r berishlikning rivojlanmaganligi, o ‘quvchining bilim tizimida 
k o ‘plab uzilishlarining mavjudligi, bilim olish uchun zarur o ‘quv ko‘nikmalari va 
malakalarining 
shakllanmaganligi; 
o‘quvchining 
bilish 
qobiliyati, 
aqliy 
imkoniyati darajasining pastligi va boshqalar.
3. 
Neyrofiziologik 
kamchiliklar: 
o ‘quvchi 
organizmida 
umumiy 
susayishning kuchayganligi, ko‘rish, eshitish, artikulyatsiya, nutq apparatining 
buzilganligi, bosh miya yarim sharlari pustlog‘ining biron qism ida yuz beradigan 
barqaror yoki muvaqqat tormozlanish hodisasining yuzaga kelganligi va hokazo.
Taniqli psixolog N.A.M enchinskaya bo‘sh o ‘zlashtiruvchi va barqaror 
o ‘zlashtirmovchi o ‘quvchilar toifasi (tipi) to ‘g ‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha, 
bo‘sh o ‘zlashtimvchi o ‘quvchilar tipining vujudga kelishi ulam ing bo‘sh 
o‘zlashtirishlarida ustunlik rolini bajaradi hamda kompleks shaxs xususiyatlariga
135


bog‘liq boMishi mumkin. 0 ‘quv faoliyati motivlari, intellektual qobiliyatlarining 
rivojlanmaganligi, o ‘quv faoliyati uchun zarur hisoblangan k o ‘nikm a va 
malakalarining yetarli darajada hosil bo‘lmaganIigi shunday xususiyatlar qatoriga 
kiradi. Bular bir-birlari bilan yaqindan aloqada bo‘lishiga qaramasdan, haqiqatdan 
ham bulaming biri bo'sh o ‘zlashtirishning sababchisi rolini o ‘ynashi mumkin.
Psixolog N .I.M urachkovskiyning aniqlashicha, shaxsning ikki xil toifali 
xususiyatlari o'zlashtirm ovchilikning kelib chiqishiga ta’sir etadi: birinchidan, 
o‘quvchining fikr yuritish faoliyati xususiyatlari, ikkinchidan, o ‘quvchi 
shaxsining 
yo‘nalishida 
nam oyon 
bo'ladigan 
o ‘qishga 
m unosabatlar 
"o'quvchining ichki mavqei" hisoblanadi. 0 ‘quvchi shaxsining bu ikki tom onini 
ko‘rsaituvchi xususiyatlar bilan bog‘liq ravishda bo‘sh o'zlashtiradigan 
bolalaming muayyan tiplari paydo bo‘ladi, hozircha ulam ing quyidagi tiplari 
mavjud: birinchi o ‘qishga munosabatlari ijobiy, lekin uquvchanligi past bo‘lgan 
o ‘quvchilar; ikkinchi toifa - o ‘qishga munosabatlari salbiy, ammo uquvchanlik 
imkoniyatlari yuqori bo‘lgan o ‘quvchilar; uchinchi toifa - o'qishga munosabatlari 
salbiy hamda uquvchanlik imkoniyatlari past bo‘lgan kontingentlar.
Har uchala toifaga aloqador b o‘lgan bo‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar bilan 
ishlash ancha qiyinchiliklam i yuzaga keltiradi. 
Tabiiyki, 
agar 
bo‘sh 
o‘zlashtiruvchi o ‘quvchi shaxsi faqat bir tom onlam a (uquvchanlik yoki o ‘qishga 
ijobiy munosabat) ijobiy ko‘rinishida bo‘lganida edi, unda bo‘sh o ‘zlashtirishning 
oldini olish nisbatan oson bo‘lar edi. Bordi-yu, uquvchanlik imkoniyati past, lekin 
o‘quvm otivlari ijobiy bo‘lgan o ‘quvchilar bilan ishlashgato‘g ‘ri kelganda, asosiy 
diqqat-e’tibor ulaming aqliy faoliyatini m ashqlantirishga qaratish m aqsadga 
muvofiq.
0 ‘zlashtirishlari past bo‘lgan ikkinchi toifadagi o ‘quvchilarga nisbatan 
boshqacha yondashish talab etiladi. Eng muhimi ularga interfaol ta’sir k o ‘rsatish, 
o ‘quv faoliyati motivlarini o ‘zgartirish ijobiy natijalar beradi. Bu toifadagi 
o ‘quvchiIaming maktabdan tashqari amaliy va mustaqil faoliyatlaridan, ayniqsa, 
ijodiy ishlarga bo‘lgan qiziqishlaridan (rasm solish, m usiqa asboblarini chalish, 
modellashtirish) va shaxsning boshqa ijobiy sifatlariga asoslangan o ‘qituvchilik 
faoliyati vazifalaridan foydalangan holda ish yuritish odatda ijobiy natija berishi 
kuzatiladi.
Uchinchi toifadagi o ‘quvchilarga nisbatan qo'llaniladigan tadbirlar ju d a
sekin va qiyinchiliklar bilan ta’sir etadi. Bu o ‘quvchilar uquvchanlik 
imkoniyatlarining pasayib ketishi ularga salbiy m unosabatda bo‘lishlari, 
pedagogik ta’sirdan chetda qolganlikari sababli kelib chiqadi.
Uzoq vaqt asosiy fanlardan bo‘sh o ‘zlashtirib kelgan va aqliy faoliyatdan 
bosh tortishga harakat qilishgan o ‘quvchilarda aqliy rivojlanishning m o ‘tadil 
borishi buzilgan, shu sababli ularda salbiy axloqiy sifatlar yoki illatlar yuzaga kela 
boshlagani ayon bo‘ladi.
Shunga qaramasdan, bu toifaga aloqador o ‘quvchilam ing har birida 
m a’lum darajada ijobiy sifatlar uchraydi. 0 ‘qituvchi ana shu yashirin ijobiy 
sifatlarga tayanib, shu asosda ish k o ‘rganidagina ijobiy natijalarga erisha oladi.
136


Psixolog L.S.Slavinaning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflarda o ‘z 
tengkurlariga nisbatan bilish faolligi yetarli darajada boMgan, intellektual jihatdan 
normal rivojlanmagan bolalar mavjuddir. Lekin ular hali fikr qilishga, mulohaza 
yuritishga odatlanmagan bo'ladilar. Faol fikr yuritish faoliyatidan qochishga 
intiladilar. 0 ‘qituvchi bundan o*quvchilarga alohida diqqat bilan qarashi, ulami 
fikrlashga odatlantirishi o ‘quv faoliyatida erishilgan yutuqlarini har tomonlama 
m a’qullashi, o ‘quv topshiriqlarini bajarishni, o ‘yin va amaliy faoliyat bilan 
bog‘lab olib borishga harakat qilishi kerak.
Xullas, bo‘sh o ‘zlashtirish yoki barqaror o ‘zlashtirmaslikni kelib chiqishga 
sabab xususiyatlaming bo‘lishi mumkin. Odatda, maktabga endigina qadam 
qo ‘ygan bolalar orasida aqliy jihatdan o ‘z imkoniyatlariga nisbatan past 
rivojlangan, borliq to ‘g‘risida tasaw urlari cheklangan, nutq faoliyati kam 
rivojlangan, hatto sodda bo‘lsa ham, o ‘quv malakalari shakllanib ulgurmagan 
bolalar uchrab turadi. Bunday holat ota-onalar umumiy pedagogik hamda 
psixologik madaniyati darajasining pastligi, bolani kattalar bilan muomala qilish 
ehtiyojlarining o ‘z vaqtida qondirilmaganligi bilan tavsiflanadi.
B o ‘sh o ‘zlashtirishning ikkinchi davri boshqacha tavsiflanadi. Chunonchi, 
ko‘pgina bolalar o ‘qishga nisbatan qiziqishi o ‘zgarganligini o‘zlari sezmaydilar, 
murakkab aqliy faoliyat ulami toliqtiradi, natijada o'qishga, predmetlarga 
munosabati o ‘zgaradi, undan mutlaqo ko‘ngli soviydi.
Maktabda o ‘quvchilardan zo‘r uyushqoqlik, intizomlilik va irodaviylik 
talab etiladi. M ana shu talablarga javob bera olmagan ayrim o ‘quvchi!ar bo‘sh 
o ‘zlashtiradigan bo‘lib qoladilar. Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilganidek, 
yuqori darajada uquvchanlik muvafTaqiyatli o‘qitishning zaruriy shartlaridan 
hisoblansa ham, bola shaxsi xususiyatlarining boshqa tomonlari, aw alo 
javobgarlik va burch hislarining shakllanmaganliklarida, mehnatga muhabbat va 
mehnat qilishga odatlanishi rivojlanmay qolishi muvaffaqiyatli o ‘qishni to‘la 
ta ’minlay olmaydi.
B o‘sh o ‘zlashtimvchi o ‘quvchilar tafakkuridagi ayrim zaif jihatlar 
rivojlantirishni taqozo qiladi, unga qaratilgan tadbirlardan biri -ta’limga nisbatan 
differensial yondashishni amalga oshirishdan iboratdir.
Yu.K.Babanskiyning 
ko'rsatishicha, 
ayrim 
o‘qituvchilar 
bo‘shroq 
o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilarga nisbatan o ‘quv topshiriqlarining hajminigina 
differensiallashtiradilar (bo‘sh o‘zlashtimvchi o ‘quvchi kuchli o ‘quvchiga 
nisbatan kamroq miqdorda topshiriq oladi), у ana boshqa o‘quvchi esa murakkab 
topshiriqlam i bajarishga to‘g ‘ri kelganda ulami differensiyalashtiradi, (bo‘sh 
o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchi ancha sodda topshiriq oladi) yana boshqa bir o lqituvchi 
topshiriqlam i bajarishda yordam berish xususiyati va darajasiga binoan 
differensiyalashtiradi (bunday holatda kuchli o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar 
topshiriqlam i mustaqil bajaradilar) va nihoyat yana bir toifadagi o ‘qituvchilar 
turli qulayliklardagi topshiriqlar variantni bajarishda differensial yondashishni 
am alga oshiradilar.
137


Yu.K.Babanskiy bo‘sh o^lashtiruvchi o ‘quvchilarga nisbatan bunday 
differensial yondashish turlarini ko‘rib chiqib shunday xulosaga keladi: bulam ing 
har bin 
0
‘quvchining imkoniyatlarini optimal ravishda, ayni vaqtda va kelgusi 
taraqqiyot uchun qo‘Ilaniladigan bo‘lsa, to‘g ‘ri b o ‘Iishi mumkin. O 'q u v
topshiriqlarini shunday usullar yordamida rejalashtirib borish m utlaqo to ‘g ‘ridir. 
Faqat psixologlam ing natijalariga asoslanib ish ko ‘rishga harakat qilishi kerak.
Psixologik tekshirishlarda b o ‘sh o ‘zlashtiruvchilarga nisbatan o ‘quv 
topshiriqlami kamaytirib borish faqat ulaming aqliy jihatdan charchaganliklarini 
aniqlaganlikda to ‘g ‘ri boMadi, lekin tabiiy ravishda buni doimiy qoidalar tarkibiga 
kiritib bo‘lmaydi. B o‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar o ‘quv topshiriqlarini 
mustaqil va muvaffaqiyatli bajara olishlariga ishonch hosil qilganlaridagina 
ularga shunday topshiriqlami berish maqsadga muvofiqdir.
0 ‘quv topshiriqlarini differensiyalashgan bo ‘lishi ulam ing m azm unida 
emas, balki metodik jihatdan to ‘g4ri bajara olishni ko‘rsatishda nam oyon bo‘ladi. 
Masalan, 
bo‘sh 
o'zlashtiruvchi 
o ‘quvchiga 
ham 
barcha o ‘quvchilarga 
(matematika 
yoki 
ona 
tilidan) 
beriladigan 
topshiriqlar, 
lekin 
b o ‘sh 
o lzlashtiruvchilarga berilgan topshiriqlar 
izohi, 
sxemali yoki 
o ‘xshash 
savollaming bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabat natijasida o ‘quvchilar 
topshiriqlami mustaqil bajara olish imkoniyatiga ega boMadilar. Ayniqsa, bo‘sh 
o‘zlashtimvchi 
0
‘quvchilarga muttasil yordam berilayotganda ulam ing m ustaqil 
fikr yuritishiga harakat qilishlarini rag‘batlantirib borish lozim.
Uquvchanlik darajasi quyi bo ‘lgan o ‘quvchilarga nisbatan qo‘yi!adigan 
talablar ulam ing bilimini o ‘zlashtirish imkoniyatlariga mos tushm og‘i kerak. Aks 
holda, ularda o*quv faoliyatining murakkabligidan cho‘chish, hadiksirash, 
mustaqil o4zlashtira olishga ishonmaslik tuyg‘usi singari salbiy illatlar yuzaga 
kela boshlaydi.
B o‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilam ing fikr yuritishlarini rivojlantirishda 
ularga individual yondashish katta rol o*ynaydi.
Shubhasizki, o'quvchi jiddiyroq shug‘ullanishga kirishsa, o ‘z kelajagini 
oldindan ko‘ra olishga intilsa, o ‘qituvchi ulam i sinchkovlik bilan o ‘rganishga 
intilishi lozim. 0 ‘qituvchida: "Agar o*quvchilarda yomon xulq-atvor, sustlik, 
loqaydlik singari yomon jihatlari uchragan bo‘lsa, albatta ertaga xislatlam ing 
yaxshi tomonlari yuzaga chiqadi", degan umid, ishonch, istiqbol tuyg‘ulari 
mavjud bo‘lgandagina o ‘qitishda takom illashish jarayoni yuzaga keladi. 
0 ‘quvchining kuchiga ishonganda zaifgina bo‘lsa-da, yaxshi xislat borligini 
bilish asosida uning shaxsini shakllantira borish individual m unosabatning eng 
muhim tomonidir. 
‘ ’• 
,
0 ‘qituvchi bo‘sh o ‘zlashtiruvchi boshlang‘ich sin f o ‘quvchilariga nisbatan 
individual yondashganda quyidagi talablarga am al qilishi shart:
1) 
bo‘sh 
o ‘zlashtiruvchi 
o ‘quvchilam ing 
o‘ziga 
xos 
psixologik 
xususiyatlari va aqliy imkoniyat darajasini bilish;
2) ularga interfaol ta ’sir ko‘rsatish usullari va metodlarini to ‘g ‘ri tanlash va 
ulam i tatbiq etishda individual xususiyatlarini hisobga olish;



Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish