E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

j
Bolada dastlabki faol nutqning shakllanishi muammosi bilan shug^ullangan
F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko‘p m a’lumotlar to ‘plagan. Uning 
tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so‘zni bir kunda o ‘z!ashtirgan, biroq 
sun’iy sharoitda esa 10-11 kun davomida o ‘sha so‘z bildirgan predm etning 
timsolini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. F.I.Fradkinaning m a’lumotiga 
ko‘ra, bolaning nutq boyligi 10 oylikda 1 tadan 5 tagacha, 11 oylikda 3 tadan 8 
tagacha, 12 oylikda 7 tadan 16 tagacha, ya’ni ju d a cheklangan bo'ladi. Bundan 
tashqari, olima harakat jarayonida so ‘zlami talaffuz qilish imkoniyati kengligini 
bayon qilgan. Shunday qilib, nutqning dastlabki rivojlanish bosqichida so ‘z bilan 
predmet, so ‘z bilan harakat o ‘rtasidagi uzviy aloqa faqat m uloqotga ehtiyoj 
tu g ‘ilgan taqdirda paydo boMadi va bu ehtiyoj kattalam ing bevosita rahbarligi 
ham da hamkorligidagi faoliyat orqali vujudga keladi. 0 ‘zgalar nutqini idrok 
qilish va tushunish hamda undan unumli, faolroq foydalanishning eng muhim 
sharti bolada nutq orqali muloqot ehtiyojining mavjud bo‘lishidir. Nutq orqali 
m uloqot ehtiyojining paydo bo'lishi bolaning psixik jihatdan o ‘sishida muhim 
turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklash mexanizmi hisoblanadi.
88


Ko‘pchilik sobiq sovet va uzoq horij psixologlari bolaning nutqida so ‘zlar 
paydo bo‘lishining xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o'rganadilar. Ana 
shunday tadqiqotchilardan T.E.Konnikovadir. Bola nutqida so‘z!ar paydo 
bollishining ikkita muhim xususiyati mavjudligini aytadi. Birinchi xususiyat bola 
so ‘z bilan bog‘liq narsalam i yorqin emotsional bo‘yoqlarda idrok qilishida o‘z 
ifodasini topadi. Masalan, birinchidan, bolalar bitta buyumni bir qancha nomda 
atashlari hamda kuchli va yorqin alomatlari bilan ko‘rishlari; ikkinchidan, bola 
muayyan bir ashyoni har xil sharoitda har xil atashi. Bola nutqida yangi so‘zlar 
paydo boMishining ikkinchi xususiyati uning mazkur vaziyatga faol va dadil kirib 
borishidan iboratdir.
Bola dastlabki so‘z va atamalami o ‘zlashlirishi uchun kattalar unga 
qiziqarli y o ‘l-yo‘riq va ish-harakatlami ko‘rsatishlari lozim. Harakatlar va 
buyum lam ing yangiligi bolaning faoliyatini muayyan yo'nalishga burib yuborishi 
mumkin. buni vujudga kelgan ichki m exanizmlar taqozo etadi. Maxsus 
o4kazilgan tajribalar asosida so‘zlar kolp m a’noliligi bo‘yicha bir nechta guruhga 
mansub, deya xulosa chiqarish mumkin: 1) biror vazifani bajarishiga kolra 
yaratilgan so ‘zlar: “ f-f-fu” - gugurt; pechka, chiroq, sham, primus kabilar; 2) 
predmetlarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: “anna” - devorga osilgan 
jam i narsalar, qo‘shni xonadan eshitilgan ovozlar; 3) tashqi belgisiga asoslanib 
nomlash: “kx-kx” - mushuk, soch, m o'yna, telpak, namat va boshqalar; 4) 
predmetlarning tovush chiqarishiga qarab yaratilgan so ‘zlar: “ lya-lya” - telefon, 
pianino, radio, televizor, tanish musiqa asboblari va hokazolar.
Psixologiya fanida to‘plangan m a’lumotlarga tayanib bir m a’noli va ko‘p 
m a’noli so kzlam ing hosil boMishi o'rtasida keskin tafovut yo‘q, deya xulosa 
chiqarish mumkin. Chunki bola uchun har qanday so‘zni ham talaffuz qilish juda 
qiyin kechadi.
D.B.Elkoninning fikricha, so'zlam ing hosil boMishi va bolaning nutqiga 
aylanishi, eng a w a lo so‘zning m a’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita 
bog‘liqdir. Buning natijasida, birinchidan, bolaning lug‘at boyligi keskin 
ko‘payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati 
vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar 
tug‘iladi. M azkur jarayon bir yarim yoshdan oshgandan so ‘ng boshlanadi va 
bolada kattalar, bilan muloqotning yangi bosqichi paydo bo‘lganini bildiradi. 
Nutq orqali m ana shu yoshdagi bolalarga vaziyat va holatni etnas, balki 
predmetlami anglatuvchi so ‘zlar o ‘rgatiladi. G oldaklik davridan ilk bolalik 
davriga o ‘tish uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy olg‘a siljish 
bilan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga 
tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu munosabatlar faqat kattalar bilan 
hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki 
mustaqil predmetli harakatlami egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik, 
omadsizlik hollari bolada turli his-tuyg4u va kechinmalami (quvonch, tashvish, 
achinish, qayg‘urish, samimiylik, loqaydlik va hokazolami) vujudga keltiradi. 
Shaxsning faolligi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, intiluvchanligi, bilishga
89


ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi om illarga uzviy bog‘liqdir va bunga 
kattalar, atrofdagilar befarq qaramasliklari kerak.
3.6. Ilk bolalik d av rid a n u tq n in g o ‘sishi 
Aqliy o ‘sish
So4z bilan predmet o ‘rtasida har xil bog'lanish bo‘ladi, lekin dastlabki 
tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar bola “koptok” so ‘zi boshqa 
ko'rinishdagi koptoklarga ham daxldorligini tushunsa, “Koptok qani?" degan 
savolga koptokning u yoki bu xilini ham ko'rsata oladi. Yangi predmet bola o ‘z 
tajribasida uchratgan jism ga o ‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi harakat bilan uni 
bildiradigan so ‘zni o'zaro bog‘lash birmuncha yengil ko'chadi. Shunga 
0
‘xshash 
vaziyat bolaning turmush tajribasida qanchalik ko‘p uchrasa. idrok qilingan 
predmetlar ko'lam i ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligiga 
qo‘shiladi. Bolaning faoliyatida unga beriladigan savollam i tushunish muhim 
ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xatti-harakatlam i am alga oshirish 
imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqotchi Ye.K.Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek, bolaning 
predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin: a) bola eng a w a l 
atrofidagi predmetlaming nomlarini; b) katta yoshli odam lar va o'yinchoqlam ing 
nomlari va rasmlarini; v) odam lam inggavdasining tuzilishini, uning b o ia k la ri va 
hokazolami tushunadi.
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim 
yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jism lam ing nomlarini yengil 
o'zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan m uloqotga kirishishda uy 
jihozlari va boshqalami o ‘rganadi.
Ye.K.Kaverinaning fikricha, bolaga beriladigan topshiriqlar, harakat 
nomlari va ulami bajarish bo'yicha yoMlanmalami tushunish quyidagi 
bosqichlardan iborat bo4adi: a) ta ’sirlanishning yo‘qligi yoki m utlaqo n oto‘g 'ri 
ta’sirlanish; b) harakami to‘g 'ri ijro etish; v) harakatning murakkablashuvi va 
boshqa ко‘rinishlarming xususiyatlari. Bolaning kattalar yo'naltiruvchi nutqini 
tushunishi xatti-harakatlami amalga oshirishda yetaklovchi vazifani o ‘taydi.
Kattalar bilan bolaning hamkorlikdagi faoliyatida yo‘l-yo‘riq m ohiyatini 
tushunish o ‘ziga xos yangi munosabatlar o ‘m atishning eng muhim sharti 
hisoblanadi. Shuning uchun ikki yoshli bolalarda kattalar nutqini tushunishning 
o ‘sishi predm etlar bilan harakami amalga oshirish usulini egallashda alohida 
aham iyat kasb etadi.
Bola uch yoshga qadam q o ‘yganda, unda nutqni tushunishning koMami 
kengayadi; sifati esa yuqori darajaga ko'tariladi. 2-3 yoshli bola kattalam ing 
am aliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari, ertak, hikoya, 
s h e ’r kabilam i tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlam i 
ham tushunishga intiladi, natijada ilk tasavvurlar vujudga keladi.
90


Bola ikki yoshga to ‘lganda nutqining rivojida yangi davr boshlanadi. U ona 
tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzishga harakat qiladi. Uning 
nutqida qariyb barcha so ‘z turkumlari, murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray 
boshlaydi. Fikr bildirish, m a’lumot uzatish ixtiyorsizlik asosiga quriladi.
Bola 3 yoshga o'tganidan keyin faqat yaqin kishilari bilan emas, balki 
begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot koMami kengayishi natijasida unda tom 
m a’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalaming nutqiga, xatti- 
harakatiga qiziqish kuchayadi, o ‘ziga daxlsiz Fikr va mulohazalami tinglash mayli 
paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o ‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan 
m a’lumotlar va axborotlar bolyicha boshqalar bilan m uloqotga kirishish istagi 
tug‘iladi.
Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat 
bilan uzviy boglliq holda ro‘yobga chiqadi. Unda dialogik nutq paydo bo‘ladi, 
chunki uning o ‘zini qiziqtirgan narsalar haqida savollar berishi yoki kattalaming 
savoliga javob qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona 
tilining gramm atik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar yotadi. 
Umuman, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
A .N .Gvozdev ilk bolalik yosh davrida ms tilining grammatik qurilishini 
0 ‘rganib, uni ikki bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich - 1 yoshu 3 oylikdan I 
yoshu 10 oylikkacha. Bu bosqich ham muayyan davrlami o ‘z ichiga: a) bir 
so'zdan tuzilgan gaplar bosqichi (1,3 - 1,8); b) ikki va undan ortiq so'zdan 
tuzilgan gaplar. Ikkinchi bosqich - 1 yoshu 10 oy likdan 3 yoshgacha. Bu bosqich 
ham bir necha davrlarga ajratiladi: a) sodda va murakkab gaplaming shakllanishi 
(1,10 — 2); b) sintaktistik aloqalarni ifodalovchi gaplardan foydalanish (2,1 -2 ,3 ); 
v) yordamchi so‘zlami o'zlashtirish bosqichi kabilar.
Psixologik adabiyotlarda ilk bolalik davrida tilning grammatik shakllarini 
jadal su r’at bilan o lzlashtirish omillari bo'yicha qator muammolar ifodalangan. 
Masalan, K.Byuller bolani tilning flektiv (turlanish, tuslanish) tabiati bilan 
tanishish muammolariga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, bola mazkur 
holatni intuitiv ravishda kashf qiladi, bu narsa grammatik aloqalarda, morfologik 
o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.
Bolada tilning grammatik qurilishini o'rganishga bagl ishlangan anchagina 
tadqikotlar mavjud. Ularning mualliflari F.A.Soxin, L.S.SIavina, D.B.EIkonin, 
K.l.Chukovskiy, 
M.I. Popova, 
G .L.Rozengart-Pupko, 
A.R.Luriya, 
F.Ya.Yuduvich, P.Ya.Galperin va boshqalardir.
D.B.EIkonin fikricha, ona tili (rus tili) grammatikasini o ‘zlashtirish 
quyidagicha amalga oshadi: a) yaqqol idrok qilinayotgan vaziyat tilning leksik 
vositasi bilan ifodalanib, ob’ektiv munosabatni aks ettiradi; b) predmetli 
vaziyatning grammatik shakli ajratiladi; v) grammatik munosabatlar shaklini 
bildiruvchilami umumlashtirish va mavhumlashtirish yuzaga keladi.
Tadqiqotchi N.X.Shvachkin mulohazasiga ko'ra, bolada a w a l unli 
harflami, keyin undosh harflam i farqlash ko‘nikmasi vujudga keladi.
91


Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish 
maqsadga muvofiqdir. M a’lumki, ikki yoshga to ‘lgan bola tilning barcha 
tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushunish im koniyatiga 
ega b o ia d i, bu hodisa shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi.
Ilk bolalik davrida harakatlam ing shakllanishi orientirovka faoliyati 
xususiyati o^ garishi bilan uzviy bogMiqdir. Bola u yoki bu harakatni am alga 
oshirish uchun a w a l predmet bilan tanishadi: unga ko‘z yugurtiradi, q o 'lig a oladi 
va hokazo. Bolani predm etlam ing shakli, rangi, vazni bilan tanishtirishda kattalar 
amalga oshirish moMjallangan harakaming mohiyatini tushuntiradilar va 
harakatni qay yo ‘sinda bajarishni o‘rgatadilar: Bolani “Olib kel” , “Joyiga q o ‘y ’\
“Rasm chiz”, “Ushlab tur” kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati 
bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari “Qalamni mana bunday 
ushla", “A w a l qo‘lingga оГ , “Oldin o ‘ng qoMing bilan tut”, “Qoshiqni bunday 
ushlab og‘zingga olib bor” deb ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli 
harakatni o‘stirish murakkab jarayon hisoblanadi.
Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, q o l I 
operatsiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy 
qurollardan foydalanish usullarini o'zlashtirishi natijasida unda predmetli harakat 
ko‘nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlami o ‘zlashtirishda ulardagi 
muhim va o'zgarm as alomatlarni ajratish ko'nikm asi hosil bo‘ladi, natijada 
umumlashtirish va umumiy tushunchalami o‘zlashtirish jarayoni ro ‘y beradi. 
Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o ‘sishiga ijobiy 
ta’sir qiladi. 0 ‘z xatti-harakatini kattalaming harakati bilan solishtirish va uning 
o'xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o ‘sishi uchun muhim aham iyatga ega. 
Aqliy o‘sishni to lg‘ri yo‘naltirish uchun bola bilan m axsus reja asosida 
mashg‘ulotlar o ltkazish maqsadga muvofiq.
Bu davrda bolada “Men o ‘zim ” konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy 
fazilatlar shakllanishiga olib keladi va xuddi shu paytlarda u shaxs sifatida tarkib 
topa boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo‘lishi o ‘sishning yangi davri 
boshlangandan darak beradi.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish