E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

s h a r p a g a
javobi, tamshamshi 
orqali kattalar bilan aloqa bog‘Iaydi. Ko‘p marta takrorlanish natijasida shartli 
refleks shaklida vujudga kelgan ana shu jarayonlar muloqotga aylana i. 
Chaqaloqning yangi sheu'oit va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu о at 
ko‘nikish ko‘rinishida muloqot vazifasini o‘tay boshlaydi. Biroq bu muloqot 
noverbal ravishda (so‘zlar ishlatilmay) amalga oshadi, sodda shakl agi, tor
koMamli sh ax slararo m unosabatni aks ettiradi. 
____ ________
---------------- ---—
:
 
i

 
л
и
и
ж
ж
 
ш
'■
 
:

Katta yoshdagi odam lam ing chaqaloq bilan muloqotda 
о is i unS 
o ‘yinchoq ko‘rsatishi, termulishi, erkalashi unda tashqi ta sirga javob re e 
arim
faollashtiradi. 
, . . ...
Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko‘ra, chaqaloqlik davridan ilk bolalik,
g o ‘daklik davriga o‘tishning o ‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bular.
73


1. K o‘z va quloq yordam ida diqqatni m uayyan ob'ektga qaratish 
(to'plash) ning paydo bo1 lishi, bola harakat faoliyatining qayta qurilishi 
boshlangani, alohida namoyon bo‘luvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi.
2. Sirtdan idrok qilinuvchi barcha o b ’ektlarga (sub’ektlarga) yo‘nalgan 
alohida ko'zg'atuzchiga nisbatan shartli reflekslar hosil boMishi.
3. Katta yoshdagi odam larga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan 
emotsional reaksiyalar (his-tuyg‘ular, kechinmalar) yangi ehtiyoj paydo 
bo‘lishining ko‘rsatkichi ekanligi.
4. Bolaning (chaqaloqning) kattalar bilan muloqotda boMish ehtiyoji 
uning keyingi psixik o ‘sishi negizini tashkil etishi va hokazolar.
3.3. G o ‘d a k lik d a v rin in g psixologik x u su siy atla ri
Go'dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan 
katta yoshdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat 
shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning 
fazodagi o ‘mini uzluksiz o ‘zgartirishi, almashtirishi natijasida unda ko'rish, 
eshitish, teri tuyush, haroratni sezish, ta ’m bilish kabi sezgilar rivojlanadi 
(takomillashadi). Kattalar tomonidan go4dak uchun yaratgan o b ’ektiv va 
sub'ektiv shart-sharoitlar uning o‘sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini 
0
‘taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar g o ‘dakning psixik 
dunyosiga singdiradilar. Shiqildoqlar shakli, rangi har xil o ‘yinchoqlar va 
hokazolami bolaning dikqatiga havola qilish unda jism lar to ‘g ‘risida ta sa w u r 
obrazlarini yaratadi, go‘dakning hissiy bilish organlari esa ulami aks ettiradi. 
0 ‘zaro muloqot jarayonida, jism lam i ushlashga o ‘rgatish, mashqlar natijasida 
go‘dak ‘la n ish ” jism larga talpinadigan, ularga qo‘l cho'zadigan b o ‘la boshlaydi, 
unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug‘iladi. T a ’sir o ‘tkazishning keyingi 
murakkabroq bosqichida bola kattalar yordami bilan o ‘tirish, o ‘rinda dum alash, 
tik turish, ovqatlanish qurollaridan to‘g ‘ri foydalanishni, uzluksiz va mazmunli 
harakatlami amalga oshirishni o‘rganadi. Shuning uchun aks ettirish qaysi 
bosqichdaligidan qat’i nazar, bevosita y o ‘l bilan am alga oshadi. U m um an, 
g o ‘daklik davrining dastlabki bosqichida olam, barcha ashyolar, jism lar 
to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar, tasaw urlar, tim sollar va hokazolar bolaning kattalar 
bilan hamkorlikdagi faoliyati mahsuli sifatida m a’naviy boylikka aylanib, uning 
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i ostida o‘z izlarini qoldiradi. M azkur davrning
74


aksariyat bosqichlarida g o ‘dakda bilim va tajribalami egallash, uquv, ko‘nikma 
va m aiakalami mustaqil 
0
‘zIashtirish imkoni bo‘lmaydi.
G o‘daklik davrining xususiyatlarini o ‘rgangan L.S.Vigotskiy “G o‘daklik 
davri” 
nomli 
asarida bolaning voqelikka munosabati dastlab 
ijtimoiy 
munosabatdek tuyulishini, ana shu jihatdan uni ijtimoiy jonzot deyish 
mumkinligini uqtirdi.
D.B.EIkoninning fikricha, katta yoshdagi odam lar go‘dakni qurshagan 
voqelikning markaziy siymosi, muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har 
qanday ehtiyoj ini qondirish bilan bog‘liq muammolar uchun tayanch nuqtasi 
vazifasini bajaradilar. G o‘dak tabiiy-biologik jihatdan onadan ajralgan bo'Isa 
ham, aslida u bilan ijtimoiy bog‘liqligicha qoladi.
G o'dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o'rganish 
bo‘yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, 
M .Yu.Kistyakovskaya, 
A.Vallon, 
D.B.Elkonin, 
Ye.A.Arkin, 
S.Fayans, 
Sh.Byuler, F.l.Fradkinalam ing asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go‘dakka chiroyli va jozibador o ‘yinchoq!ar 9 sm 
masofadan ko‘rsatilganda u bulun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 
60 sm boMganida bolaning intilishi, qo‘l cho‘zishi, sustlashgan, va nihoyat, ular 
100 sm dan ko‘rsati!ganda bolada intilishi, cho'zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo 
so ‘ngan. U o ‘yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday 
befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi
sp
m
m
m
i
75


Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: 
kattalar go‘dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. G o'dakni qurshab 
turgan jism lar borgan sari uning nigohini o ‘ziga tortib, maftun qilib, 
qo‘zg*atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, m o4jal olish, cham alash 
faoliyatini kuchaytirishga xizm at qiladi.
Tadqiqotchi 
A .V .Yarm olenko yarim 
yoshlik 
go‘daklarda jozibali 
narsalam ing o ‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. M uallif olgan m a’lumotlarga 
qaraganda, goldak behisob jism lar orasida insonni (katta yoshli odam larni) tobora 
aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko‘ruv 
qo‘zg ‘atuvchisiga diqqatni to ‘plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat 
qilmayotgan odamga bolaning tikiiishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, 
harakatdagi ko'ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha. 
harakatdagi insonga e ’tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. 
Tajribada go‘dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to ‘plab turishi to‘rt 
marotaba ortgani aniqlangan.
Bizningcha, go'dak jonsiz narsalarga qaraganda, odam ga diqqatini 
barqarorroq qaratishi uning kattalarga munosabati o ‘zgarganidan emas, balki ular 
bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o ‘mini faolroq retseptor egallaganidandir. 
G o‘dakda fazoviy ta saw u m in g boyishida jism lam i idrok qilishdagi farqlashning 
takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi, m ashqlar 
natijasidaj ism laming alom at va belgilarini farqlash uquvi paydo bo‘ladi.
Fransuz psixologi Anri Vallon go‘dakda ijtimoiy ta ’sirlanish ortib borishini 
atroflicha tadqiq qilgan olimdir. Uning ta’kidlashicha, yarim yoshli bolada boshqa 
odamlardan farqli ravishda javob reaksiyasi (ta’siri) o ’zining yuqori bosqichiga 
ko‘tariladi. Bola olti oyligida boshqa kishilam ing im o-ishorasiz ta ’siriga javob 
berishi (ta’sirlanishi) 50 foizni tashkil qiladi, yetti oyligida esa aynan shu reaksiya 
20 foizga kamayadi, ammo imo-ishora orqali muloqot 41 foizga ortadi; yetti- 
sakkiz oylikda boshqa kishilarga talpinish, tabassum qilish birinchi yarim 
yillikdagidan to‘rt marta ko‘pdir.
M .Yu.Kistyakovskaya bir yoshgacha bolalarda kattalar bilan m uloqotga 
kirishishning murakkab lash ib borishini o ‘rganib, bolalar psixologiyasi fani uchun 
eng zarur materiallar to ‘plagan va ulami atroflicha izohlagan. O lim aning fikricha, 
3 oylikdan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odam lar bilan tanlab m unosabatda 
bo‘lish vujudga keladi. Uch oylik go ‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini 
ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham 
farqlay biladi. M .Yu.K istyakovskayaning m a’lumotiga ko‘ra, 3 - 4 oylik g o ‘dak 
unga yuzlangan, erkalatgan, m uloqotga kirishgan har qanday odam ga tabassum 
qiladi yoki erkalanadi, 5 -6 oylikda u m uomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz 
tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o 4giradi, hatto, qolrqib yig‘lab 
yuboradi. Bolada o ‘zini parvarish qilayotgan, boqayotgan yaqin kishilarga 
bog'lanib qolish sodir bowMiv Ana shu sababli onasi yoki enagasini kowrsayoq 
qiyqirib qarshilaydi, talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim 
yoshga to ‘lganida atrofidagi yaqin kishilar qatori qarindosh-urug‘lariga, hatto,

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish