E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 Boshlang‘ich sinf o‘quvchi!arida axloqiy tushunchalarning tarkib


bet20/64
Sana22.07.2022
Hajmi
#838337
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

4.6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi!arida axloqiy tushunchalarning tarkib
topishi
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilam i har tom onlam a yetuk, go ‘zal 
axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning m uhim
vazifalaridan biridir. Chunki, bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash 
jarayonida ta ’lim va tarbiya samaradorligini oshirish m asalasidan kelib chiqadi. 
Mazkur muammoni o ‘rganishda psixologlar oldida turgan vazifani m uvaffaqiyatli 
amalga oshirishda boshlang‘ich ta ’limni ilmiy asosda to‘g ‘ri y o ‘lga qo‘yish uchun 
o ‘quvchilam ing individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.
M a’Iumki, o ‘quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini nam unali y o ‘lga 
qo‘yish uchun d astaw al ulam ing xarakter xislatlarini va shaxs fazilatlarini 
maqsadga muvofiq tarkib topganligi darajasini aniqlash ayni muddaodir. H ar bir 
o ‘quvchini axloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan sub’ekt bilan 
induvidual munosabatda bo‘lishi imkoni vujudga keladi.
8-10 yoshli boshlang‘ich sin f o'quvchilarining shaxsiy fazilatlari beqaror, 
dunyoqarashi 
sodda, 
tashqi 
taassurotlarga tez 
beriluvchilardir, 
Buyuk 
allom alam ing ta’kidlaganlaridek, kishining xarakteri ham madan k o ‘ra ko‘prok 
uning hayotining dastlabki bilim larida tashkil topadi va m azkur xislatlarida 
namoyon bo‘lgan sifat ju d a mustahkam o'm ashadi va bolaning ikkinchi tabiatiga 
aylanadi.
Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy his-tuygulam i, shaxs fazilatlarini tarkib 
toptirishda, yuksak axloqiy sifatlam i ularda shakllantirishda barcha m as’uliyat 
boshlang‘ich sin f o'qituvchining zim m asiga tushadi. 0 ‘quvchining ushbu yosh 
davrida o ‘qituvchining har bir aytgan so ‘zi, har bir xatti-harakati, ta ’sir o ‘tkazish
130


uslubi uning uchun haqiqat mezoni rolini o ‘tadi. Chunki, 
0
‘quvchilar o ‘z 
o‘qituvchisiga ju d a qattiq ishonadilar, uning fikr va mulohazalariga quloq 
soladilar, pedagogik nazokatdan (taktdan) o ‘ta ta ’sirlanadilar, qo‘ygan talablariga 
ham isha amal qiladilar. A na shu boisdan pedagog tomonidan berilgan barcha 
vazifalar, yaratilgan muammoli vazifalam i bajarishga intiladilar, ulami o‘z 
vaqtida ado etishga harakat qiladilar. 0 ‘qituvchiga yuksak ishonch, unga bevosita 
taqlid insonni inson tomonidan idrok qilishni identifikatsiya bosqichiga o ‘xshab 
ketadi. Ayni shu davrdan boshlab: 1) o ‘qituvchining psixikasiga tashqi ta ’sir 
ko*rsatish, 2) atrof-mikromuhitidagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nim a 
bilan shug‘ullanish zam riyati to ‘g ‘risida ko‘rsatm a va y o ‘llanma berish, 4) unga 
oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan burch hissini tushuntirish,
5) uni to‘g ‘ri mulohaza yuritishga o ‘rgatish, 6) ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu 
niyatlarini quw atlash, 7) o ‘qilgan kitobni, tom osha qilingan kinofilmni, sinfda 
sodir bo‘lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) 
o ‘quvchilam i nom a’qul so ‘z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) 
tabiat m anzaralarini q u w atlash va musiqa tinglash ko‘nikmasini vujudga keltirish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu om illam ing barchasi o ‘qituvchining shaxs sifatida 
shakllanishiga m uhim rol o ‘ynaydi.
Y uqorida aytib o ‘tilgan vazifalarning to ‘g ‘ri bajarilishi, o ‘qituvchining 
o‘quvchilar bilan mazmunli suhbat uyushtirishi, muloqot o ‘matishi ularda chuqur 
taassurot qoldiradi va faollik ko‘rsatish sari undaydi. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilam ing axloqiy sifatlarini rivojlantirish jarayonida yuksak samaraga 
erishish uchun ulam ing yosh individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish 
taqozo qilinadi.
M a’lumki, o ‘qituvchi turlicha psixologik xususiyatga ega bo‘lgan yaqqol 
shaxs bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun biror bir o ‘quvchiga nisbatan 
m uvaffaqiyatli qo‘llangan interfaol ta’sir boshqa biriga kutilgan samara 
bermasligi mumkin. Binobarin, o ‘zgalarga ta’sir o ‘tkazish tadbirlari o‘quvchi 
shaxsiga individual yondashish orqali amalga oshirilsa, yuqoriroq ko‘rsatkichga 
erishiladi.
U shbu vazifani am alga oshirishda o ‘qituvchi o ‘quvchilam ing individual- 
tipologik xususiyatlarini qanchalik chuqur o ‘rgangan bo‘lsa, ularga shunchalik 
ta ’sir o ‘tkazish kuchi sezilarli va samarali bo‘ladi. T a’lim jarayonida har bir 
o ‘quvchining ruhiy dunyosiga oqilona yo‘l topa olish barcha m uvaffaqiyatlam ing 
garovidir.
K ichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mujassamlashgan axloqiy 
tushunchalam ing qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida boshlang‘ich sinf 
sub’ektlariga o ‘quv yilining boshida (sentyabr oyining 3-haftasida) alohida 
savollar bilan m urojaat qilindi.
0 ‘quvchilar bilan o ‘tkaziladigan aniqlovchi tajriba uchun "yaxshi" va 
"yomon" tushunchalari tanlab olindi. Ulam ing kundalik turm ush sharoitida keng 
k o‘lamda 
qoMlaniladigan 
tushunchalar 
bo‘lganligi 
tufayli 
o'rganish 
rejalashtirildi. A xloqning alifbosi xuddi shu so‘zlardan boshlanadi, chunki
131


m azkur tushunchalar zam irida insonning murakkab axloqiy qiyofasi, yuksak 
xislati, barqaror maslagi, negizi yotadi. Tajribalarda o ‘quvchilam ing hukm iga 
havola qilingan savollar ulam ing yosh xususiyatlari va hayot tajribalarini hisobga 
olgan holda tuzildi.
Birinchi sin f o ‘quvchilarida, yuqorida sanab o‘tilgan, axloqiy tushunchalar 
darajasini aniqlash muddaosi bilan ularga quyidagi savollar bilan m urojaat 
qilindi: 1) N im a yaxshi-yu, nim a yomon? 2) 0 ‘zidan kattalarga salom beradigan, 
ulaming aytganlarini bajaradigan bolalar, qanday bolalar? 2) "X o‘p" degani 
yaxshimi yoki "Y o‘q" degani yaxshimi? va hokazo.
Birinchi savolga 1-sinfning aksariyat o'quvchilari "Quyon yaxshi bo‘ri 
yomon "Echki yaxshi, bo 4ri yomon" kabi javoblar beradilar. Am m o javoblar 
ichida o ‘quvchi Yu.M .ning javobi tengdoshlarinikidan m utlaqo tafovutlanib, 
mantiqiy izchillik asosida o ‘z fikrini dalillab berish tashlanadi: "Echki yaxshi - 
sut beradi. Tulki yomon. U bizni aldaydi". Demak, u “yaxshi” tushunchasi uchun 
muhim belgi sifatida insonga foyda keltirish xislati ajratilgan bo'Isa, "yomon" 
tushunchasi zamirida esa "aldash"lik alomati yotadi, y a’ni aldash salbiy illat 
ekanligini anglab yetadi. Uning yomon illatini o ‘z vaqtida payqay olgan va 
hayvoniarga, qolaversa odam larga ziyon keltirishini asoslashga uringan. 
0 ‘quvchining mulohazasidan ko'rinib turibdiki, birinchi savolga javob berishning 
o ‘ziyoq, tajribada ishtirok qilgan o ‘quvchilar ichida individual farqlar mavjuddir.
Ikkinchi savolga o'quvchilar "yaxshi bolalar" degan umumiy javobni 
berganlar. Mazkur savolga deyarli ham ma bolalar javob bera olgan b o ‘lsa-da, 
lekin mulohaza yuritish ko‘lamining kengligi, javobning dalillarga boyligi 
bo‘yicha individual tafovut yuzaga keldi. Bunday bolalar savolga quyidagicha 
javob berishgan: "Y o‘q" degani - yomon, u aldaydi, topshiriqni bajarm aydi". 
"Xo‘p" degani- yaxshi, u yordamlashadi". 0 ‘quvchilam ing ko‘pchiligi mazkur 
savol munozarasida faol qatnashdilar, fikrlarining ravonligi, m a’lum darajada 
kengligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadilar. Ayniqsa, M .ning 
m ulohaza yuritishi o ‘z sinfdoshlaridan har tomonlama, har jihatdan ustunlikka 
ega. B a’zi aniqlangan dalillarga k o ‘ra, qizchaning oilasida farzandlarga nisbatan 
e ’tibor va nazorat kuchli ekanligi, muloqot va shaxslararo fikr alm ashinish yaxshi 
yo ‘Iga qo‘yilganligi aniqlandi. U lam ing m ulohazasiga ko‘ra, birinchi sin f 
o ‘quvchilarida axloqiy tushunchalar bo‘yicha ayrim tafovut m avjudligi nam oyon 
bo‘ldi.
Ikkinchi sin f o ‘quvchilarida yuqorida qayd qilib o ‘tilgan axloqiy 
tushunchalar darajasini aniqlash uchun quyidagi savollar berildi: "Nima yaxshi- 
yu,nim a yomon?", Odobli bola deganda qanday bolalam i tushunasiz? "Odob 
haqida qanday she’rlam i bilasiz?".
Birinchi savolga aksariyat o'quvchilar "Kattalarga quloq solish, onasiga 
yordamlashish, darsni tayyorlash yaxshi". "Yolg‘on gapirish, kattalam i aldash, 
dars tayyorlam aslik yomon". "Chumchuqni otmaydigan, yolg‘on gapirm aydigan, 
kitoblam i yirtish yomon" kabi javob berdilar. Olingan javoblarga ko‘ra, 2 -sin f 
bolalarining 1-sinf o ‘quvchilariga nisbatan mantiq va mazmun jihatdan fikr lam i
132


bayon qilish bo‘yicha ustunligi sezilib turadi. Ular javoblarida "yaxshi” 
tushunchasining mohiyatini ochish kengayib borganligini k o ‘rish mumkin: quloq 
solish, yordamlashish, dars tayyorlash yoki chum chuqlam i otm aydigan, yolg‘on 
gapirm aydiganlar 
yaxshi. 
0 ‘quvchilar 
"yomon" 
tushunchasiga 
qiyos 
berganlarida, quyidagi holatga e’tibor qiladilar: yolg‘on gapirish, aldash, dars 
tayyorlamaslik; kitoblami yirtish va boshqalar. Ulam ing muiohazalarining 
k o ‘rsatishicha, bildirilgan fikrlar aynan bir-biriarini takrorlashdan iborat emasligi 
m a’lum bo ‘ladi. Tushunchalami to‘g‘ri anglashlariga qaramasdan, ulam ing 
m ohiyatini ochishda o ‘quvchilar o ‘rtasida muayyan darajada farqlar mavjudligi 
ko‘zga tashlandi.
Ikkinchi savolga 2-sinfning o ‘quvchisi Umida ushbu tarzda javob berdi: 
"Ukasining sochidan tortmaydi. Т о м polni iflos qilmaydi".M.ning fikricha, 
odobli bola ko‘chaga ruhsatsiz chiqmaydi, o ‘z ishlarini qiladi, uy ishlariga 
yordamlashadi, ozoda yuradi. Buning bilan u odobli bola qiyofasiga xos xislatlar 
ko‘lamini birmuncha kengaytiradi. Birinchi sinaluvchining javobida biz 
cheklanganlik holatini ko‘ramiz: sochdan tortmaydi va polni iflos qilmaydi. 
Keltirilgan ikkita nam una bir-biridan m a’lum darajada farqqa ega. Mazkur tafovut 
odob sohasida she’rlardan misollar keltirilganda yanada orta bordi. Bunday 
om illam ing tajribada ko‘pincha qayd qilinganligi yuqoridagi fikrimizni to'la 
tasdiqlaydi.
Tajribalarda uchinchi sin f o‘quvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat 
qilindi: "Nim a yaxshi-yu, nim a yomon?", "Eng go‘zal narsa nima?" "Eng xunuk 
narsa-chi?", "Odob nima?'.
K o‘pchilik o ‘quvchilar birinchi savolga ushbu mazmunda javob 
qaytardilar: "Odobli bola yaxshi, yomon bola yomon'" ,"Odobli bola kattalarga 
salom beradi. Ulam i hurmat qiladi". "Yomon bola gap qaytaradi. Keksalar yomon 
bolalam i yoqtirmaydilar", ,rNon olib kelish yaxshi, aytganlami qilish yaxshi. Pol 
artmaslik, uy supurmaslik - bu ju d a yomon".
Mazkur 
o ‘quvchilar 
"yaxshi" 
va 
"yomon" 
tushunchalarini 
murakkablashgan (odobli bola yaxshi yoki yomon bola yomon) shaklida 
qo‘llashga harakat qiladilar. Chunonchi, odobli bolaning xarakter xislati yana 
boyitiladi: unday bola salom beradi va hurmat qiladi. "Yomon" tushunchasining 
mohiyati kengayadi: u gap qaytarmaydi, uni keksalar yoqtiradi. Yuritilgan 
mulohazalar yakuni b o ‘yicha aniq xulosa chiqarishga intilsak, u holda 
o ‘quvchilam ing ayrim larigina 2 va 3 savollarga javob berishga muvaffaq 
bo‘ldilar: "B og‘da har xil gullaming ochilib turishi chiroyli, go‘zal. 0 ‘sha gullami 
so‘ramasdan uzish, ulam i sindirish xunuk", "Mevali daraxtlam ing bahorda 
gullashi ju d a chiroyli, lekin ulami yulish va uzib o ‘ynash xunuk", Tandirda 
yopilgan nonlar chiroyli. Shu nonlami sindirib yerga tashlash xunuk" va 
boshqalar.
Yuqoridagi savollar psixologik asosga ega bo‘lib, shaxsning axloq 
tushunchalarini aniklashga qaratilganligi sababli atrof-muhit, ijtimoiy hayot 
to‘g ‘risida, shaxslararo munosabat yuzasidan bilim va tasaw urga ega boMishini


taqozo etadi. Bu yerda "yaxshi va "yomon" tushunchalari "go'zal" va "xunuk" 
singari axloqiy tushunchalar bilan uyg‘unlashib ketganligining shohidi bo'lam iz. 
Jumladan, sinaluvchilar gullam ing ochilishi, daraxtlam ing gullashi, issiq nonlar - 
chiroyli, gullam i sindirish, shoxlarini uzib tashlash, nonlam i isrof qilish - xunuk, 
degan xulosaga keladilar.
Bildirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, ular tushunchalar m ohiyatini 
ochishda ham o ‘zaro tafovut qiladilar. Bizningcha, qayd qilingan tushunchalar 
yuzasidan o‘quvchilar fikri mazmundor b o ‘lishining asosiy sabablari - bu 
ulaming tabiatshunoslik faniga qiziqishi va anglashilgan hissiy m otivlari, aqliy 
harakatlarida faolligi mavjudligidir.
3-sinf o ‘quvchilarining odob to ‘g ‘risidagi fikr va mulohazalari 1-2 sin f 
sinaluvchilariga qaraganda, mazmun, shakl, tuzilish jihatdan katta tafovutga ega 
bo‘lib, bu narsa bolaning turmush tajribasi k o ‘lami, yosh xususiyati va aqliy 
kamoloti darajasi bilan oMchanadi. Yosh davr xususiyati bilan izohlanuvchi farq 
bilan bir qatorda narsaga turlicha qarash, har xil yondashish, m uam m o m ohiyatini 
ochib berish uslubi individual tafovut borligini k o ‘rsatadi.
I-HI sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan tajribalar shuni k o ‘rsatdiki, 
axloqiy tushunchalami tarkib toptirish uchun ulam i har bir tushunchaning m uhim
alomatlari (belgilari)ni ajratishga, um um lashtirishga o ‘rgatish, ularda ikkinchi 
darajali belgilami ta ’kidlash uquvini vujudga keltirish zarur. Shuningdek, 
mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini takomillashtirish, m antiqiy xulosa chiqarish 
usullari bilan boshlang‘ich sin f o‘quvchilarini qurollantirish m aqsadga muvofiq.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish