E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 Birinchi sinf o‘quvchilarining tafakkuri


bet19/64
Sana22.07.2022
Hajmi
#838337
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

4.5. Birinchi sinf o‘quvchilarining tafakkuri
Birinchi sin f o'quvchilarining tafakkuri quyidagicha rivojlantirilsa, so‘zsiz 
samarali natijalar berishi mumkin.
0 ‘quvehining "Bu nim a?1', ,rN ega bunday?” degan savollariga o ‘zi javob 
berishiga o ‘rgatish kerak. Bu o ‘rinda asosiy vazifa unga to ‘g ‘ri ko‘rsatm a berish, 
uni mantiqiy xatolardan qutqarish, to‘g ‘ri m ulohaza yuritishga k o ‘m aklashishdan 
iboratdir. M asalan: "5" raqami qanday bo‘laklardan tuzilgan? Bir ju ft so‘zdan 
tuzish m um kinm i? 3 va 2 sonini yaxlitlab ko‘rchi? T o‘rt tayoqchadan to ‘rtburchak 
yasachi? M eva xususiyatini so‘zlab berchi? Yirtqich hayvonlar qanaqa bo‘ladi? 
Eshitgan cho'pchagingdagi qahram onlam i sanab berchi?
128


Taqqoslash yordami bilan narsalaridagi o ‘xshash va farqli tom onlar 
aniqlanadi. Taqqoslash kishi bilish faoliyatining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Bu jarayon orqali beshning uchdan kattaligi, sopolning chinnidan m o‘rtligi fikran 
solishtiriladi. N atijada o ‘quvchiga o ‘xshash va tafovutli belgilar anglashib boradi 
va ular yuzasidan m a’lum xulosaga keladi, unga nimani nim a bilan taqqoslash 
kerakligini o ‘rgatish lozim, xolos. Aks xolda, u qanday y o ‘l tutishni bilmasdan 
dovdirab qolishi mumkin.
M avhumlashtirish yaqqol narsalardan muhim tomonini fikran ajratib olish 
demakdir. Jumladan, o ‘quvchi oq ko‘ylak to‘g ‘risida so ‘z yuritgan bo‘lsa, . 
taklifim izga binoan, u qor, oq ro‘mol, ohak, oqlangan imorat haqida mulohaza 
yuritadi. K eyinchalik esa, butunlay "oq" degan tushunchani o'ylashi mumkin. -..v 
A w a l o ‘qish kitobi, matematika, mehnat, o ‘zbek tili, tabiatshunoslik 
tushunchalarini talaffuz qilib o ‘rgangan boMsa, asta-sekin ulami bir tushuncha 
bilan "kitob" deb mavhumlashtiradi.
Dunyodagi narsa va hodisalami, jism va predmetlami konkretlashtirish, 
yaqqollashtirish jarayoni mavhumlashtirish bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. 
Yaqqol narsalar o ‘quvchi uchun ju d a yengil fikr yuritishda ustun turadi. 0 ‘quvchi 
ham m a vaqt yaqqol narsa bilan m ashg'ul bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Masalan, katta, 
uchburchak, hajm, go‘zal, harakat, elektr, parallel (yondosh) kabi mavhum 
tushunchalam i ular darrov tushunib ololmaydilar. Ulami yaqqollashtirgan.. 

taqdirdagina anglay boradilar. Katta ko'cha, uchburchak taxtacha, besh litr siit,, 
go‘zal o ‘yinchoq, parallel temir yo‘l izlari va hokazolar to ‘g‘risida m a’lumot 
berilgandan keyingina o‘quvchilar yuqoridagi tushunchalar haqida taassurotga 
ega bo ‘ladilar. Am m o har qanday narsalam i ham yaqqollashtirish mumkin emas, 
chunki bu narsa odat tusiga kirib borishi, ularda mavhum tushunchalar 
shakllanishiga salbiy ta ’sir etadi. T a ’lim jarayonida bunday noxush odatdan iloji t 
boricha saqlanish shart.
Umumlashtirish usuli o ‘quvchi fikr yuritishining shunday jarayonidirki, 
uning yordam ida narsalar m a’lum aniq alomat asosida fikran birlashtiriladi. 
"Meva" "orqali olma, shaftoli olcha kabilar to‘g ‘risida fikr yuritsa, koshiq, .... 
cho‘mich, tovoq so‘zlarini jam lab "idish-tovoq" deb nomlanadi. Narsa va 
hodisalam i noto‘g‘ri umumlashtirish ham mumkin. Jumladan, so‘z nuy 
hayvonlari" to ‘g ‘risida gap ketsa, birinchi sinf o ‘quvchilari q o ‘y, echki, sigir 
kabilar qatoriga sichqon, kalamush, mushuklami ham qo‘shib aytadilar. Shunday 
paytlarda o ‘quvchiga aniq va to ‘la tushuncha berib o ‘tmoq maqsadga molik. 
Deylik, stol ustida traktor, raketa, samolyot o ‘yinchoqlari turibdi. U bu 
o ‘yinchoqlam i taqqoslash orqali yakka narsalami umumlashtirib, "o‘yinchoqlar" 
deyilishini anglaydi.
Kitob, daftar, qalam - o ‘quv qurollari; qo‘g ‘irchoq, avtomobil, belkurakcha 
- o ‘yinchoqlar; shkaf, javon; stol, stul - uy jihozlari; uchburchak, to‘rtburchak 
aylana - geom etrik shakllar; ayiq, bo‘ri, tulki, y o ‘lbars, arslon - y o w o y i 
hayvonlar; qarg‘a, chum chuq, musicha - qushlar; buvi, opa, oyi, uka, aka, singil - 
oila a’zolari kabi so ‘zlar, tushunchalar orqali guruhlarga ajratishda, bola aqliy
129


faoliyatini rivojlantirishda salmoqli turtki bo‘ladi oladi. Shuning uchun ulam i 
klassifikatsiyalashga o ‘rgatish muhim aham iyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sin f ta’limi jarayonida ayrim paytlarda hissiy-yaqqol yoki 
amaliy umumlashtirish usulini q o ‘llash hollari uchrab turadi. Bu hoi, albatta, 
topshiriq talabiga binoan am alga oshiriladi. N arsa va hodisalam i klassifikatsiya 
qilish lozim bo‘lib qolsa, ko‘pincha shu usuldan foydalanish tavsiya qilinadi. 
Chunki, bunday chog‘larda chuqur tahlil qilish, ulardan muhim belgilam i 
(alom atlami) ajratish kabi murakkab jarayonlar talab qilinmaydi. Politexnik 
ta’lim darslarida mana shu xildagi qator vazifalam i berish mumkin. Jum ladan, 
turli hajmda yasalgan va turli rangda bo‘yalgan jism lardan bayram bezaklarini 
tayyorlash yoki boshqa narsalar dan yashil o ‘simliklar, yumshoq metallar, bezakli- 
akvarium baliqlar, odamsimon maymunlar, qushlar, "yig‘Ioqi" bolalar va 
hokazolami tayyorlash mumkin.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, o ‘quvchilar predmet va tushunchalam i 
muhim bo‘lmagan belgisiga asoslangan holda umumlashtirishni nazarda tutadilar. 
Ular hissiy-yaqqol umumlashtirish usuli yordam ida vazifani bajarishga m uvaffaq 
bo'lganlar. Bolalar ulami "qizil" "yaltiroq" "yum shoq","bezakli","odam sim on" 
kabi belgilarga ajratib klassifikatsiya qiladilar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish