E. Egamberdiev


qilinadi. Bunday ne’matlar korxonalarning foydali, ratsional xatti-xarakatlari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/122
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#485101
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

qilinadi.
Bunday ne’matlar korxonalarning foydali, ratsional xatti-xarakatlari 
maxsulidir. O’z navbatida nimalarni iste’mol qilish zarurligini ishlab chiqarish 
xal etadi yoki nimani iste’mol qilish zarur bo’lsa o’shanday ne’matlar ishlab 
chiqariladi.
 
Bunday iqtisodiy vazifalarni uy xo’jaliklari, korxonalar va firmalar 
darajasida talab va taklif, raqobat kabi qonunlari va resurslarni foydali taqsimlashi 
asosida bajariladi.
Tadbirkorlikni barcha shakllari uchun umumiy bo’lib
firmalar, korxonalar hisoblanadi, ularning barchasi yuridik shaxs huquqiga ega 
bo’ladi. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat ishlarini 
bajarish uchun foyda olish maqsadida rsurslarni jamlaydigan va undan 
foydalanadigan tashkilotdir. 
«Firma» so’zi birinchi bor Italiya davlatining shimoliy va markaziy 
viloyatlarida u erda kapitalizmni rivojlana boshlashi bilan ishlatiladigan bo’ldi. XV-
XVII asrlarda firmalar soni Gollandiya, Angliya, Frantsiya, Germaniyaning Ganzey 
shaharlarida, keyinchalik esa butun dunyoga yoyilib ketdi. Firmalar tarkibida turli xil 
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’ladi. Ular barchasi yuridik shaxs xuquqiga 
ega bo’ladilar. Qonun asosida biznes va tadbirkorlikni tashkil etishning ideal shakllari 
yo’q. Tadbirkorlikni qaysi shaklida bo’lishi turli xil shart-sharoitlarga bog’liq. 
Rivojlangan kapitalistik dunyodagi firmalarni asosini hozirgacha xuddi shu yakka 
xo’jalikka asoslangan kichik firmalar tashkil etadi.
Korxona - mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot 
ishlab chiqarib, uni iste’molchilarga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli 
xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan mustaqil 
xo’jalik sub’ektidir. 


49
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan (1995 yil 21 dekabr 

163-1; 1996 yil 29 avgust 

256-1) tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining 
Fuqorolik Kodeksi”ning 39-moddasiga binoan “Yuridik shaxs tushunchasi”ga 
kuyidagicha ta’rif berilgan: 
“O’z mulkidan, xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-
mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob 
beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan 
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va 
javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak. 
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mexnat jamoasini 
ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog’ozlar chiqarish hamda sotish yo’li 
bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo’shimcha pul mablag’larini jalb etish 
xuquqiga egadir.
Mulkchilikning yangi shakllarini va shunga yarasha mulkka bo’lgan yangicha 
munosabatlarni boshqarilishi ularning huquqiy asoslarini yaratilishini taqozo etdi. 
Natijada «O’zbekistonda mulkchilik to’g’risida» qonun qabul qilindi (1991 yil 31 
oktyabr). Mulk shakllarining yangilanishi yarasha turli xildagi korxonalar tashkil 
topildi. Shu qonuning 37,38,39 moddalari mulk, shakllari va ularning kafolatini 
ko’rsadadi. O’zbekistondagi korxonalarga tegishli Qonunlarda esa mulkka egalik 
qilish huquqi berilgan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini samarador ishlashi 
uchun barcha xil mulk shakllarining tengligi, daxlsizligi, unga egalik qilish 
huquqining kafolati qonunda ko’rsatilgan. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish