Dvigatellarni yurgazib yuborish tizimi tuzulishi va ishlashini o’rganish.
Reja:
Dvigatellarning yurgizib yuborish.
Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi.
Dvigatellarning yurgizib yuborish.
Porshenli ichki yonuv dvigatellarida yonilgi quyidagi usullarda yondiriladi. Havoni siqishda hosil boʼladigan issiqdan yondirish traktor va oʼzi yurar QXM yuritmalari dizel dvigatellarida qoʼllaniladi. Dvigatellarning siqish darajasi yuqori (13-20) boʼlganligi sababli silindrga kiritilgan havo siqish takti oxirida (500-6500) gacha qiziydi. Forsunkadan mayda toʼzitib purkalgan yonilgʼi qizigan havoga tegib alangalanib ketadi. Elektr uchqunidan yondirish. Karbyuratorli va gaz dvigatellarida qoʼllaniladi. Bu tizim tok manbai, yondirish svechasi va ularni bir-biriga ulaydigan simdan iborat.Tok manbai yuqori kuchlanishli tok ishlab chiqaradigan maxsus asbobdan (magnetodan yondirish) yoki past kuchlanishli tok manbai va manba tokini yuqori kuchlanishli tokka aylantiradigan uskunadan(batareyali yondirish) iborat boʼlishi mumkin.
Yondirish tizimining asboblarini notoʼgʼri oʼrnatish yoki notoʼgʼri rost-lash aralashmaning ortiqcha ilgari yoki kech yondirilishiga sabab boʼladi. Yondirish svechasi dvigatel golovkasiga burab qoʼyilib, yonish kamerasidagi siqilgan ish aralashmani alangalash uchun elektr uchquni hosil etadi. Yondirish svechasi yuqorigi temperatura,yuqori bosim,elektr uchquni va yonishdagi boshqa ximiyaviy moddalar taʼsiriga bardosh berib ishlaydi. Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan svechalar boʼladi. Qismlarga ajralmaydigan yondirish svechasi yon elektrodli metall kurpus va markaziy elektrodli keramik izolyatordan iborat. Izolyator korpusga jips kirgizilib,ustidan siquvchi halqa oʼrnatilgan. Izolyatorning korpusga jips biriktirilishi va svechaning jips oʼrnatilishi uchun izolyatorga zichlovchi qistirma qoʼyiladi. Yuqori kuchlanishli sim svechaga uchlik orqali biriktiriladi, yoki sim uchligi ilintirilib, gayka bilan siqib qoʼyiladi.
Magnetoli yondirish tizimi. Magnetoni tuzilishi va ishlashi. Magneto magnitli elektr mashina - past kuchlanishli oʼzgaruvchan tok ishlab chiqarib uni yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi va koʼp silindrli dvigatellarda yuqori kuchlanishli tokni silindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlaydi. Magneto ikkita qutb boshmogʼili korpus, aylanuvchi magnit rotor, induktsion gʼaltak, uchgich va kondensatordan iborat. Magnetoni korpusi alyuminiy qotishmasidan yasalgan. Rotor vali korpusdagi ikkita sharikli podshipnikda aylanadi. Induktsion gʼaltak, qutb boshmoqlariga oʼrnatilgan oʼzak, unga oʼralgan birlamchi chulgʼam va ikkilamchi chulgʼamdan iborat.
Kondensator birlamchi chulgʼamga nisbatan parallel ulanib, uning bir uchi massaga, ikkinchi uchi esa uzgichga biriktirilgan. Uzgich massaga tutashtirilgan qoʼzgʼaluvchan kontakt, izolyatsiyalangan qoʼzgʼalmas kontakt va kontaktlar oʼrnatilgan diskdan iborat. Kontaktlar prujina taʼsirida bir-biriga siqiladi, mushtcha esa ularni ajratadi. Magneto rotori shesternyalar vositasida dvigatelning tirsakli validan harakatga keltiradi. Birlamchi chulgʼamda tok hosil boʼlishi elektr magnit induktsiyasi hodisasiga asoslangan. Magnit aylanib, uning qutblari stoykaga roʼpara kelganda magnit maydoni shimoliy qutbdan janubiy qutbga korpusning chap qutb boshmogʼi, induktsion gʼaltakning oʼziga va oʼng qutb boshmogʼi orqali oʼtadi. Magnit shu holatdan chorak aylanaga burilganda neytral holatda rotorning magnit maydoni korpus qutb bashmoqlarining pastki qismi orqali oʼtib, gʼaltak oʼzagidan oʼtmaydi. Magnit yana chorak aylanaga burilganda rotor qutblari yana boshmoqlar roʼparasiga toʼgʼri keladi, ammo oldingi galdagiga nisbatan oʼrni almashganligi sababli oʼzakda paydo boʼladigan magnit maydonining ham yoʼnalishi oʼzgaradi. Batareyali yondirish tizimi. Batareyali yondirish tizimi karbyuratorli oʼzi yurar QXM yuritmalari dvigatellarida qoʼllaniladi. V-simon sakkiz silindrli dvigatel yondirish tizimining sxemasi. Bu tizim past kuchlanishli tok manbai - akkumulyatorlar batareyasi yoki generator, yondirish gʼaltagi, kondensatorli uzgich, taqsimlagich, svechalar, yondirish vklyuchateli, past va yuqori kuchlanishli simlardan iborat.
Аkkumulyatorlar batareyasidan yondirish gʼaltagining birlamchi chulgʼamiga kelgan past kuchlanishli tok uzgich va kondensator yordamida yuqori kuchlanishli tokka aylantiradi. Taqsimlagich yuqori kuchlanishli tokni dvigatel silindrlarining ishlash tartibiga muvofiq svechalarga yoʼnaltiradi. Yonish kamerasida uchqun hosil boʼlib, ish aralashma alangalanadi. Vklyuchatel past kuchlanishli tok zanjirini uzib dvigatelni oʼchiradi.Yondirish gʼaltagi past (12V) kuchlanishli tokni yuqori (15-20 ming v) kuchlanishli tokka aylantiradi. Yondirish gʼaltagi oʼzak, birlamchi chulgʼam, ikkilamchi chulgʼam, karbolit qopqoq, tashqi klemmalar, qoʼshimcha qarshilik va tunuka kojuxdan iborat. Galtakning tunuka varaqlardan yigʼilgan oʼzagiga karton trubka kiygizilib, uning ustidan 16-23 ming oʼramli ikkilamchi chulgʼam oʼralgan. Ikkilamchi chulgʼam ustidan 300-330 oʼramli birlamchi chulgʼam oʼralib, ular qogʼoz va karton trubka bilan bir-biridan izolyatsiyalangan.
Dvigatelni yurgizib yuborishda startyor zanjiri ulanganda qoʼshimcha qarshilik birlamchi tok zanjiridan ajratiladi. Tirsakli valning kichik aylanishlarida uzgichning kontaktlari uzoq vaqt bir-biriga tegib turadi, shu sababli birlamchi chulgʼam orqali koʼproq tok oʼtib, qoʼshimcha qarshilik simi qiziydi va uning qarshiligi ortib, birlamchi chulgʼamni qizishdan va uzgich kontaktlarining orasida uchqun hosil boʼlishidan saqlaydi. Dvigatelning katta aylanishlarda uzgich kontaktlari qisqa vaqt tutashib, qoʼshimcha qarshilik orqali kam tok oʼtadi, u qizimaydi va qarshiligi ortmaydi, bu esa ikkilamchi chulgʼamda yetarli kuchlanishli tok hosil boʼlishiga va yondirish tizimining ishonchli ishlashiga imkon beradi.
Uzgich -taqsimlagich yondirish gʼaltagining ikkilamchi chulgʼamida hosil boʼlgan yuqori kuchlanishli tokni dvigatel svechalariga taqsimlaydi. Uzgich-taksimlagich past kuchlanishli tok uzgichi, kondensator, yondirishni ilgarilaydigan markazdan qochirma vakuum regulyatorlar, oktan-korrektor va yuqori kuchlanishli tok taqsimlagichdan iborat.
Uzgich choʼyan korpus ichiga joylashtirilgan qoʼzgʼalmas disk, uning uyasidagi shariklali podshipnikda turadigan qoʼzgʼaluvchan diskdan iborat. Qoʼzgʼaladigan disk ustiga uzgich kontaktlari joylashtirilgan. Uzgichning va qoʼzgʼaladigan kontakti disk barmogʼiga oʼrnatilgan tebranma richagiga maxkamlangan, massadan izolyatsiya qilingan va yondirish gʼaltagining birlamchi chulgʼami ulanadigan klemmaga biriktirilgan. Uzgichning qoʼzgʼalmas kontakti massaga tutashtirilgan.
Kondensator uzgich kontaktlariga parallel ulangan. Kondensator metall kojux ichiga joylanib, uzgich-taqsimlagich korpusining sirtiga maxkamlangan, uning tuzilishi va ishlashi magneto kondensatoriga oʼxshaydi. Uzgich-taksimlagichning vali moy nasosining validan harakatga keltiriladi. Taqsimlagich uzgich ustiga joylashtirilib, tok taqsimlaydigan metall plastinali rotor va klemmali qopqoqdan iborat. Rotor va qopqoq karbolitdan yasalgan. Rotor mushtchasi harakatlantirish validagi vtulkaga maxkamlanib u bilan birga aylanadi.
Markazdan qochirma regulyator qoʼzgʼalmas disk ostiga oʼrnatilib, valga maxkamlangan plastinaga oʼrnatilgan va prujinalar bilan tortilib turadigan yukga shtifti kirib turadigan traversadan iborot. Yondirish paytini ilgarilaydigan vakuum regulyator yondirishni ilgarilash burchagini dvigatelning nagruzkasiga qarab avtomat ravishda oʼzgartiradi. Dvigatelь kichik nagruzkada ishlaganda silindrlar ishlatilgan gazdan yaxshi tozalanmaydi va ish aralashma tarkibida ishlatilgan gaz koʼp boʼlganligi uchun aralashma sekin yonadi. Vakuum-regulyator uzgich-taqsimlagichning sirtiga maxkamlanib, korpus, qopqoq, diafragma, prujina va tortqidan iborat. Drossellash toʼsma qopqogʼi ozroq ochilib, dvigatel kichik nagruzkada ishlaganda aralashtirish kamerasida va unga birlashtirilgan vakuum regulyator boʼshligʼida siyraklanish kuchayadi. Diafragma atmosfera bosim kuchi bilan prujinaning elastikligini yengib, tortqi vositasida uzgichning qoʼzgʼaladigan diskini mushtchaning aylanishi yoʼnalishiga qarshi tomonga buradi. Natijada yondirishni ilgarilash burchagi kattalashadi.
Traktor dvigatellarining yurgizib yuborish tizimi. Dvigatellarni yurgizib yuborishda turli mexanizm va tizimlarning ishqalanishi qarshiliklarini yengish, aylanuvchi qismlarida kinetik energiya hosil etish va silindrlarda yonuvchi aralashma yoki havoni siqish uchun tirsakli valni maʼlum kuch bilan va maʼlum tezlikda aylantirish zarur. Bu aylanish tezligi yurgizib yuborishdagi aylanishlar soni deyiladi. Havo qancha sovuq boʼlsa, silindrlar qancha koʼp va katta boʼlsa, shuningdek dvigatelning siqish darajasi qancha yuqori boʼlsa, tirsakli valni aylantirish uchun shuncha koʼp kuch talab etiladi. Dvigatellar qoʼl kuchi bilan, elektr startyor yoki yordamchi dvigatel bilan yurgizib yuborilishi mumkin.
Dvigatel qoʼl kuchi bilan yurgizib yuborilganda yurgizish dastasining uchidagi shtiftni tirsakli val uchidagi xrapovikning oʼyigʼiga ilintirib tirsakli val aylantiriladi. Karbyuratorli dvigatellarda qoʼl kuchi bilin aylantirib yurgizib yuborish mumkin. Dvigatel startyor bilan yurgizib yuborilganda startyorning harakat uzatuvchi shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashib tirsakli valni aylantiradi. Bu eng koʼp tarqalgan usul boʼlib barcha oʼzi yurar QXM yuritmalarilarda qoʼllaniladi. Yordamchi benzin dvigateli bilan yurgizib yuborish tizimi yurgizib yuborish dvigateli, kuch uzatish qismi, dekompressiya mexanizmi va dizelni isitish moslamalaridan iborat. Yurgizib yuborish dvigateli dizel tirsakli valini aylantiradigan kuch manbaidir. Kuch uzatish qismi yurgizib yuborish dvigateli tirsakli valni aylanma harakatini dizelning valiga uzatadi. Dekompressiya mexanizmi dizelь silindrlaridagi kompressiyani yoʼqotadi, yaьni tirsakli valni aylantirishni osonlashtiradi.
Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun tirsakli valni minutiga 40-50 marta tezlikda aylantirish kifoya. Karbyuratorli dvigatellarni yurgizib yuborish uchun quyuq aralashma va kuchli uchqun hosil etish zarur. Yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun taьminlash tizimiga aralashmani quyuqlashtiruvchi moslamalar: qalqovuchni choʼktirgich, benzin nasosi va havo toʼsma qopqogʼi oʼrnatilgan. Dizellarni yurgizib yuborish uchun silindrlarda havoni purkalgan yonilgʼi alangalanadigan temperaturaga qadar qizdirish va yonilgʼini mayda toʼzitib, havoga aralashtirish zarur. Dizelni yurgizib yuborishda tirsakli val yetarli tezlikda aylantirilmasa, siqish takti choʼzilib, issiqlik silindr devorlariga tarqaladi, siqish takti oxirida temperatura past boʼladi va yonilgʼining toʼzitilishi, shuningdek aralashma hosil etish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun dizellarni yurgiziyu yuborishda tirsakli valni minutiga 200-300marta tezlikda aylantirish zarur.
Dizellarni yurgizib yuborishda sovutish tizimidagi suvni va suriladigan havoni isitish, shuningdek yonilgʼining alangalanishini yaxshilash maqsadga muvofiqdir. Yurgizib yuborish tizimining kuch uzatish qismlari. Kuch uzatish qismlari yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning valiga biriktirib, harakat uzatadi, dizelь yurgizib yuborilganidan keyin esa harakat uzatish mexanizmini ajratadi. Kuch uzatish qismlari: tishlashish muftasi, reduktor va yurgizib yuborish mexanizmidan iborat. Tishlashish muftasi yurgizib yuborish dvigatelining tirsakli valini dizelning tirsakli valiga asta-sekin biriktiradi va ajratadi. Bu koʼp diskli, hoʼl muvaqqat qoʼshilgan tishlashish muftasi boʼlib, u shesternyali baraban bilan aylanadigan beshta yetakchi disk, mufta vali bilan birga aylanadigan beshta yetaklanuvchi disk, tirak disk, siquvchi disk, siqish mexanizmi va tormozchadan iborat. Siqish mexanizmi krestovinaga oʼrnatilgan uchta siquvchi mushtcha, ajratgich va boshqarish richagidan iborat. Krestovina muftaning validagi rezьbaga oʼrnatilgan. Tormozcha korpusga oʼrnatilgan qoʼzgʼalmas disk va val bilan birga aylanadigan gupchakka oʼtqazilgan ikkita aylanuvchi diskdan iborat.
Baʼzi traktorlarning yurgizib yuborish tizimida reduktor boʼlmaydi bunda xarakat dvigateldan tishlashish muftasi orqali bevosita harakatlantirish mexanizmiga uzatiladi. Harakatlantirish mexanizmi dizelni yurgizib yuborishdan oldin harakatlantirish shesternyasini dizelь maxovigining gardishiga tishlashtiradi va dizel mustaqil ishlab ketgach, harakatlantirish shesternyasini avtomat ravishda ajratadi. Harakatlantirish mexanizmi tutqich, unga maxkamlangan oʼklarga oʼrnatilgan ikkita yukcha, qoʼshaloq prujina, turtgich, yoʼnaltiruvchi vtulka va koʼndalang prujinadan iborat. Turtgich boltlar bilan yurgizib yuborish shesternyasining gupchagiga maxkamlangan. Reduktor yetaklanuvchi valining ichiga prujina va turtgich kirgizilgan, uchidagi rezьbasiga esa yoʼnaltiruvchi vtulka burab qoʼyilgan. Bu vtulka turtgichning siljishini va prujinaning choʼzilishini taʼminlaydi. Harakatlantirish mexanizmining qoʼshish richagi pastga bosib bu-rilganda siqish richagi tirakni bosib, tutqichni suradi va yurgizib yuborish shesternyasini maxovikning gardishiga tishlashtiradi. Yurgizib yuborish dvigateli ishlab turganida tishlashish muftasi qoʼshilsa, yurgizib yuborish shesternyasi maxovikni aylantira boshlaydi. Reduktor, dekompressiya mexanizmi va boshqa moslamalardan tegishli tartibda foydalanib, dizelning tirsakli vali yurgizib yuborish tezligida aylantirilsa, dizelь oʼt oladi.
Yondirib va yurgizib yuborish tizimini nazorat kilish. Silindrlarda arlashmani kerakli paytda yondirish uchun magneto dvigatelga toʼgʼri oʼrnatilishi lozim. Buning uchun dvigatelni va magnetoni tayyorlab, keyin uni dvigatelning harakatlantirish valiga biriktirish lozim. Magnetoning toʼgʼri oʼrnatilganligi svechadan simni chiqarib olib, maxovikni aylantirib uchqun hosil boʼlishiga qarab tekshiriladi. Magnetoni har smenada artib, chang, loy va moydan tozalash, puxta beriktirilganligini tekshirish lozim. Magneto simlarini maxkam biriktirish, toza tutish, ayniqsa neft maxsulotlari tegishidan saqlash lozim. Batareyali yondirish tizimini nazorat qilish. Yondirish tizimi asboblarini toza holda saqlash, uzgich kontaktlari orasidagi oraliqni tekshirish, lozim topilsa, rostlash va kontaktlarni tozalashdan iborat. Shuningdek uzgich taqsimlagich, sim va ularning uchliklari koʼzdan kechirilib, puxta oʼrnatilganligi tekshiriladi.
Uzgich kontaktlarining orasidagi oraliq quyidagicha rostlanadi: tirsakli val asta-sekin aylantirib, mushtchaning qirrasi qoʼzgʼaladigan kontakt kolodkasiga tegadigan holatga keltiriladi. Qoʼzgʼalmaydigan kontaktning plastinasini diskga maxkamlaydigan vint boʼshatiladi va ekstsentrikni burib, oraliq 0. 35-0. 45 mm qilinadi. Soʼngra qoʼzgʼalmaydigan kontakt plastinasi vint bilan qotiriladi. Ish jarayonida uzgich kontaktlarini moy bosimi, oksidlanishi, kontaktlar orasidagi oraliqni oʼzgarishi, uzgich richagchasining massasi tegib qolishi, taqsimlagich qopqogʼi va rotori yorilishi, kondensator izolyatsiyasini teshilishi, rotor plastinkasi yeyilishi mumkin. Bu kamchiliklarni barchasi yondirish tizimini ravon ishlashini buzadi, bularni topib tuzatish yoki almashtirish zarur. Yurgizib yuborish tizimini ishlashi uchun yurgizib yuborish dvigatelini va kuch uzatish qismlarini xar smenada tozalash, boʼshab qolgan qismlarini maxkamlash zarur. Dvigatelni yurgizib yuborishdan oldin karbyuratorga moy qoʼshilgan benzin toʼldirish va dvigatelь valini bir necha marta aylantirish zarur. Kuch uzatish qismlari dizelь moyi bilan moylanadi. Qishda dizelь moyiga dizelь yonilgʼisi aralashtirib qoʼyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |