DVIGATELLARNI
ISHGA TUSHIRISH TIZIMI
Istalgan IYOD ni ishga tushirishda silindrlarining ishchi hajmini yangi
zaryad bilan to'ldirish, yonilg'ini yonishga tayyorlash va valning ma’lum
aylanishlar chastotasigacha aylantirish kerak.
Ishga tushirish tizimlariga asosiy talablar:
• ishga tushirishni amalga oshirishda vaqt va energiyaning kam sarfi;
• ishga tushirish tuzilmalari tashqi o'lchamlarining kichikligi;
• turli iqlim sharoitlarida ishonchli ishlashi.
Ishga tushirish tuzilmasi dvigatel valining aylanishini umumiy qarshi-
ligini yengib, ishonchli ishga tushishi uchun valga yetarlicha aylanishlar
chastotasini berishi kerak.
Birinchi chaqnashlar olinadigan eng kichik aylanishlar chastotasi
ishga tushiruvchi aylanishlar chastotasi
deb ataladi.
Uchqundan o't oldiriladigan dvigatellar uchun bu chastota