DVIGATELLARNI
ISHGA TUSHIRISH TIZIMI
Istalgan IYOD ni ishga tushirishda silindrlarining ishchi hajmini yangi
zaryad bilan to'ldirish, yonilg'ini yonishga tayyorlash va valning ma’lum
aylanishlar chastotasigacha aylantirish kerak.
Ishga tushirish tizimlariga asosiy talablar:
• ishga tushirishni amalga oshirishda vaqt va energiyaning kam sarfi;
• ishga tushirish tuzilmalari tashqi o'lchamlarining kichikligi;
• turli iqlim sharoitlarida ishonchli ishlashi.
Ishga tushirish tuzilmasi dvigatel valining aylanishini umumiy qarshi-
ligini yengib, ishonchli ishga tushishi uchun valga yetarlicha aylanishlar
chastotasini berishi kerak.
Birinchi chaqnashlar olinadigan eng kichik aylanishlar chastotasi
ishga tushiruvchi aylanishlar chastotasi
deb ataladi.
Uchqundan o't oldiriladigan dvigatellar uchun bu chastota
35...50 min-1, dizellar uchun esa - 150...200 m in1.
14.1. DVIGATELLARNI ISHGA TUSHIRISH USULLARI
Zamonaviy avtomobillarda va traktorlarda quyidagi
ishga tushirish usul
lari
qo'llaniladi:
• qo‘l bilan;
• elektr startyor bilan;
• inersiya startyori bilan;
• siqilgan havo bilan;
• yordamchi ishga tushiruvchi dvigatel bilan;
• gidromotor yordami bilan.
Qo'lda ishga tushirish,
odatda, rezerv hisoblanadi va uni qo'llash
imkoni kam quwatli dvigatellar bilan cheklanadi.
Elektr startyor bilan ishga tushirish
kengroq tarqalgan. Bunday ishga
tushirish tuzilmasining sxemasi 14.1-rasmda ko'rsatilgan. Elektr startyor
3
akkumulator batareyalari
1