II. E.HEMINGUEYNING “ALVIDO QUROL’’ ASARIDA
METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA
- 23 -
23
2.1’’Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi
XIX asrning oxiri XX asrda dunyoda imperiyalar tarqalib, kolonial tobelikda
yashab kelgan ko’p xalqlar ozodlikka chiqdi, mustaqil milliy davlatni tuzish,
tiklash va qurishga erishdi.Demokratiya, ozodlik, tenglik, birodarlik g’oyalari yer
yuziga keng tarqaldi.Tarjimachilik bu kabi ulug’ g’oyalarning tez tarqalishiga
yalovbardorlik qildi.XX asr
tarixga ilmiy-texnikaviy rivojlanish asri, jumladan,
tarjimachilik keng rivojlangan, qanot yozgan asr bo’ldi. XIX asrning so’nggi
choragidan e’tiboran O’zbekistonda tarjimachilik yangi o’zanga kirdi.Matbuotning
tarmoq otishi, o’quv dargohlarining misilsiz kengayishi, savodxonlik darajasining
ko’tarilishi, tarjimachilikni yil sayin, kun sayin kuchaytirib bordi.
XX asrning o’rtalarida ayniqsa oltmishinchi yillariga kelib, O’zbekiston
dunyo adabiyotlari eng ko’p tarjima qilinadigan o’lkalardan biriga aylandi. Milliy
zaminda ko’plab profe
ss
ional layoqatli tarjimon ijodkorlar yetishib chiqdi.Rus
mumtoz
va zamonaviy adabiyoti qon-qarindosh mamlakatlar, uzoq yaqin o’lkalar
adabiyotning eng qimmatli madaniyat ko’rsatkichi bo’lgan namunalari mahorat
bilan o’zbek tiliga tarjima qilindi.Tarjimalar milliy tilning o’sishi, lug’at
boyligining kengayishi, turli soha terminlarining ishlanishi, tartibga solinishi, til
normalariga muvofiqlantirilishi, turli-turman yo’nalishdagi lug’atlarni tayyorlab
nashr qilishga yo’l ochdi. (24; 48-49)
XX asr boshidan e’tiboran turli sohalar bo’yicha G’arbiy Ovropa tillarida
yaratilgan asarlarning o’zbekchaga ko’plab o’girila boshlagani va bu jarayonning
keyingi yarim asrdan ko’proq davr moboynida yanada jadallashib ketgani yurtimiz
ilmiy-texnikaviy salohiyatimizning kamol topishi va boshqa xalqlar bilan abadiy-
madaniy aloqalarning kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.Bizning
e’tiborimizni o’ziga ko’proq tortayotgan mamlakatlar qalam ahllari, chunonchi,
G’arbiy Ovropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisblanmish Angliya
adabiyoti va ingliz zabon ijodkorlar sanalmish amerika adabiyoti vakillari
asarlarining o’zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo’lsa , shuni alohida
qayd etish lozimki, bunday tarjima asalari o’zbek kitobxonlari e’tiborini darhol
o’ziga tordi va tez orada ularning ko’pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga
- 24 -
24
aylanib kitob javonlaridan o’rin oldi.40- yillarda o’zbek kitobxonlari jahon
adabiyotining bir talay yirik namoyondalari asarlarini ona tilida mutola qila
boshladilar.Abdulla Oripov Gyotening “Faust”ini, Qodir Mirmuhammedov
“Oddiseya”,Mirtemir qirg’iz eposi “Manasni”, Muhammad Ali hind xalqining
“Ramayona” eposi Ibrohim G’ofurov tomonidan Ernest Hemingueyning “Alvido
qurol” asari va boshqa bir qator asalar o’zbek tiliga tarjima qilindi. (14;14-16)
Tarjima qilingan asalar ichidan ayniqsa Ernest Hemingueyning “Alvido qurol”
asari o’zbek kitobxonlarining sevimli asariga aylangan.Asar yozuvchining
hayotidan olingan bo’lib, unda urushda bo’lgan voqeakalar ta’svirlanadi.Asar
o’zbek tiliga Ibrohim G’ofurov tomonidan tarjima qilingan.Yozuvchi asarda badiiy
vositalardan mohirona qo’llagan bo’lib, bunda bizlar badiiy vositalardan
metonimiya, metafra, sinekdoxa, epitet, perifraza, kabi ko’pgina badiiy vositalarni
ko’ramiz. BMIning II bobi asardagi metonimiyalarni qo’llanilishi, tarjimada shakl
va mazmunni saqlanib qolishi va tarjimadagi kamchiliklar ko’rib chiqamiz.
Kitobning birinchi betida asarga shunday ta’rif berilgan “Ernest
Xemingueyning Alvido qurol romani shafqatsiz va mantiqsiz urushga qarshi
yozilgan otashin asardir.Romanning bosh qahramoni leytenat Genri sof, yorqin
muhabbat yo’lida be’mani urushni tashlab ketadi.Bu ramon buyuk yozuvchining
eng ehtirosli asarlaridan biridir”deb aytilgan.
Metonimiyalarning E.Hemingueyning “Alvido qurol” (Farewell to Arms )
asarida qo’llanilishi va uning o’ziga xos tomonlari.
E. Hemingueyning “Farewell to Arms” asari Ibrohim G’ofurov tomonidan
o’zbek tiliga “Alvido Qurol” nomi bilan tarjima qiligan. Asar juda qiziqarli, tili
ham ravon, stilistik bo’yoqlarga boy asar bo’lib, unda avvalo o’zbek tillarini aslan
qudratining ifodasini ko’rish mumkin bo’lsa, qolaversa yozuvchining tilga shaxsiy
munosabatlari va uning qudratini oshirishda erishgan xissalarini sezish
mumkin.Shundan kelib chiqib bu asarni stilistik jihatdan tahlil qilishga harakat
qildik.Mazkur bitiruv malakaviy ish muhokamasida kaminaning vazifasi asarda
qo’llanilga metonimiyalarni topish, ularni tahlil qilish va ularni o’zbek tiliga
qanday tajima qilinganligini aytish, badiiy asarni tarjima qilish jarayonida
- 25 -
25
metonimiya o’zbek tilida ham o’zining tuzilishi va ma’nosini saqlab qolgan va
qolmaganligini ko’rib chiqishimiz va tarjimada uchraydigan muoammolarni
kitobxonlarga tushuntirishimiz, BMIning oldiga qo’yilgan asosiy vazifalarimizdan
biridir.Yozuvchining individual uslubidan kelib chiqqan holda, asada qo’lanilgan
metanimiyalarning son va sifat jihatidan yangi tomonlari bor yo’qligini
o’rganishdir. Asarni o’qib bo’lib undagi metonimiyalarni topdim va ularni qoidasi
bo’yich 5 guruhga bo’ldim, ular quyidagilar:
1)
Metonimiya so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari
asosida
hosil
bo’lishi mumkin.
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o’tkaziladi.
3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabati.(Sinekdoxa)
4)
Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida
metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi.
5)
Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi.
1.
The river ran behind us
and the town had been captured very
handsomely but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the
Aaustrians seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and
because thewy did not bombard it to destroy it but only a little in a military war.
(8;4)
Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik, lekin
nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki,
avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa
kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar
xalos. (7; 9)
Bu yerda us metonimiya, o’zbek tiliga bizni deb tarjima qilinadi. Chunki daryo
bizni orqamizdan oqmaydi. Biz orqali yashaydigan joy nazarda tutilmoqda. Bu gap
metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi, ya’ni ma’lum narsa bilan uning o’rtasidagi
munosabatni ko’rishimiz mumkin.
2. The battary
in the next garden woke me in the morning. (8; 1)
- 26 -
26
Ertalab meni qo’shni bog’dagi batariya uyg’otib yubordi. (7; 19)
Batareya so’zi batareya qurollaridan chiqadigan qattiq tovushni bildiradi.Uni
batareya emas, batareyadan chiqadigan qattiq tovush uyg’otib yuborgan. Bu gapda
narsa bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilgan. Bu gap metonimaning
to’rtinchi turiga mnsub.
3. The battary fired twice. (8; 11)
Batareya ikki marta o’q uzdi. (7; 19)
Bu gapda batareya qurol ma’nosini bildiradi. Bu gapda metonimiyaning
to’rtinchi turi narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda.
4. Don’t write anything that will bother the censor. (8; 18)
Senzorga ozor beradigan gaplarni yozib o’tirmang yana. (7; 30)
Bu yerda senzor metonimiya.Yozuvchi senzor deb jamitatni nazarda tutmoqda.
Bu gap metonimiyaning to’rtinchi turiga misol bo’la oladi.
5. A regiment went by in the road and I watched them pass. (8; 24)
Yonimdagi yo’ldan polk o’tib borardi, men saflar qanday qadam
tashlayotganiga qarab turar edim. (7; 39)
Regriment so’zi o’zbek tiliga polk deb tarjima qilanadi. Polk so’zininig ma’nosi
ko’pchilikdan tashkil topgan asakarlarning guruhi nazarda tutiladi.Polkning oyog’i
yo’q u yurolmaydi, polk orqali odamlar nazarda tutilmoqda.Bu gapda
metonimuyaning to’rtinchi turi qo’llanilgan.
6
.
There were stragglers going by long after the regriment had passed men who
could not keep up with their platoons. (8; 24)
Polk allaqachon o’tib bo’lganiga qaramasdan, yo’lda hamon orqada qolganlar
o’tib borishardi - bular o’z bo’linmalari bilan barobar borishga qurblari yetmay
qolganlar edi. (7; 39)
Bu gapda polk so’zi metonimiya bo’lib, unda odamlar nazarda tutilmoqda. Bu
misol narsa bilan uning o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi.
7. I would like to eat at the Cova and then walk the Via- Manzoni in the hot
evening and cross over and turn off along the canal and go to the hotel with
Catherine Barkley. (8; 28)
- 27 -
27
U bilan “Kova”da ovqatlanib olsang-da, keyin dim kechki havoda Via-
Mansoni bo’ylab ketsang, ko’prikdan o’tib, kanal yoqalab burilsangda Ketrin
Barkiln bilan otelga kirsang. (7; 44)
Kova so’zi gapda metonimiya bo’lib, u Italiyadagi bir shahar. Bu yerda Kova
so’zi orqali Kovadagi restaranni nazarda tutmoqda. Ya’ni narsa bilan uning
o’tasidagi nomi ko’rsartilmoqda.
8
.
The saint hung down on the outside of my uniform and I undid the throat of my
tunic, unbuttoned the shirtn collar and dropped him in under the shirt. (8; 32)
Avliyo xarbiy frenchim ustida turib qoldi, men yoqamni ochib, kuylagimning
yoqasini bo’shatdimda
Do'stlaringiz bilan baham: |