Duragay qorako’lni xillash tartibi reja: Kirish


Duragay qorako’lning belgilari



Download 109,15 Kb.
bet2/8
Sana24.01.2021
Hajmi109,15 Kb.
#56749
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DURAGAY QORAKO’LNI XILLASH TARTIBI

Duragay qorako’lning belgilari

Duragay qorako’l ko’y zoti halq seleksiyasi natijasida yaratilgan bo’lib ulardan olinadigan duragay qorako’l terilari o’zining nafisligi, bejirimligi, pishiqligi, rang-barang tuslarda tovlanib turishi bilan jahon mo’yna bozorida xamisha munosib baholangan. Biroq duragay qorako’lchilik sohaning asosiy mahsuloti bo’lgan duragay qorako’l terilarini ishlab chiqarish manbai bulib qolmasdan, balki, arzon tannarxlarda go’sht, jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish manbai hamdir. Cho’llarni o’zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, xozirgi davrda duragay qorako’l qo’ylarini urchitish cho’l mintaqalari resurslaridan samarali foydalanishning yagona, iqtisodiy jihatdan asoslangan va maqsadga muvofiq yo’lidir. Demak, duragay qorako’lchilikni rivojlantirish ijtimoiy – iqtisodiy masala bo’lib,sohada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishning yaqin yillarga mo’ljallangan ustivor yo’nalishlarini aniqlash uning taraqqiyotini belgilaydigan dolzarb muammolardan hisoblanadi (S.Yusupov 2000).

Qorako’chilikka ixtisoslashgan shirkat xo’jaliklarida 2007-2008 y qish faslining o’ta sovuq kelishi va shu yo’ili va undan avvalgi bir necha ob-havo noqulay kelgan yillarda yaylovlar hosildorligining kamayib, quduq va buloq suvlarning kurib qolishi duragay qorako’lchilikka ixtisoslashtirilgan xo’jaliklar moliyaviy ahvolining og’irlashuviga olib keldi.

Muxtaram Prezidentimiz va Xuqumatimiz tomonidan chorvachilik sohasida, shuningdek qorako’chilik soxasida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish borasida olib borayotgan siyosatlari o’zining ijobiy natijalarini bera boshlaydi. Natijada kompaniya tizimidagi xo’jaliklarda sohani rivojlantirish, sifatli va eksportbop duragay qorako’lchilik maxsulotlari ishlab chiqarish, eksport qilish, duragay qorako’l ko’ylar bosh sonini ko’paytirish, ularni suniy urug’lantirish chorva mollari naslini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilishigiga zamin yaratildi (A.Gaziyev 2000).

Kelajakda asosiy e’tibor eksport talablariga javob beradigan, raqobatbardjosh assortimentdagi korako’ terilarini ishlab chiqarishga qaratiladi. Shu munosabat bilan 2011 y qora duragay qorako’l terilarining 80-82% 1 navli, shulardan jaket 1 assortimentdagi terilar 5-7%, qovurg’asimon assortimentdagi terilar 25-30%, yassigul assortimentdagi terilar esa 17-22% tashkil etishi 2015 yilga borib bu ko’rsatkichni mutanosib ravishda 82-85, 10-12, 30-35 va 20-25% yetkazish ko’zda tug’ilgan.

Oxirgi yillarga duragay qorako’l terilariga bozor talabining ortishi uning sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirishni taqozo etmoqda. Ushbu holatini hisobga olgan xolda 2011 y 1 navli sur duragay qorako’l terilar salmog’ini 80-82%, 1 navli ko’k terilar salmog’i 78-80 % yetkazish borasida sa’yi xarakatlar qilinmoqda.

Duragay qorako’l zoti genofondida to’plangan qimmatli genotiplar mavjud. Bu genofond tarkibidagi qora, ko’k, buxoro suriga mansub bo’lgan populyasiyalar miqdoriy jihatdan yetarli darajada bo’lib, olib borilayotgan seleksiya-naslchilik ishlari ularning yanada kengayishini ta’minlanmoqda. Bu qimmatli genotiplardan naslli material sifatida foydalanish zotning salohiyatini yanada boyitishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ularni saqlash va ko’paytirish duragay qorako’lchilikning dolzarb muammolaridan biridir. Naslchilik ishlarini yuritish tizimiga asosan duragay qorako’lchilikda naslli mollarni yetishtirish naslchilik zavodlari va naslchilik xo’jaliklari zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda respublikada jami 104 duragay qorako’lchilik xo’jaliklari mavjud bo’lib ulardan 20 tasi naslchilik zavodlari, 9 naslchilik xo’jaliklari makomiga ega (N.Makarov, Ye.Perepelisina 2000).

Naslchilik zavodlari va xo’jaliklari o’z talablarini qondirish bilan bir qatorda tovar xo’jaliklarini naslli mollar, ayniqsa, naslli qo’chqorlar bilan ta’minlashlari lozim. Duragay qorako’l qo’y zoti tarkibida jami 30 yuqori mahsuldor zavod tiplari mavjud bo’lib, ularning 9 tasi qora, 12 tasi sur, 5 tasi ko’k, 2 tasi oq, 1 tasi guligaz va 1 tasi zarmalla duragay qorako’l qo’ylarning zavod tiplaridir.Ular asosiy naslliy yadro hisoblanib, zotning har tomonlama rivojlanishi ta’minlaydi.

Har bir sohadagi kabi kabi duragay qorako’lchilik sohasida ham muammolar mavjud. Duragay qorako’l qo’ylarining irsiy saloxiyati faqatgina ularni to’la qonli oziqlantirish sharoitida yuqori darajada namoyon bo’ladi. Shu jihatdan cho’l xududlarida yaylovlardan foydalanish, ularning holatini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Duragay qorako’lchilikka ixtisoslashtirilgan shirkat xo’jaliklariga davlat tomonidan 11,7 mln ga yer maydonlari uzoq muddatga foydalanishga topshirilgan bo’lib, shundan 0,2 mln ga haydaladigan yer maydonlari, 9,7 mln ga yaylovlar tashkil etadi.

Duragay qorako’lchilik xo’jaliklari yaylovlaridagi mavjud suv inshoatlaridan uzoq vaqt foydalanish natijasida aksariyat shaxtali qujduqlar va skvajinalar suvi kamayib, yetarli darajada suv chiqmay qolgan va yaylov suv quvurlarining bir qismi yaroqsiz holga kelib kolgan. Buning asosiy sababi, hozirgi vaqtda Respublikada mavjud yaylovlardagi suv inshootlarini keng qo’lamdagi ta’mirlash va yangilarini barpo etish ishlarib olib borilmayotganligi, bu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar tugatilganligidir.

Respublikamizdagi mavjud yaylovlarning holati so’ngi yillardagi noqulay iqlim sharoiti va boshqa salbiy ta’sirlar natijasida yomonlashib, har yili 16,5 ming ga yaylov degradasiyaga uchramoqda. Sungi 25 yil ichida degradasiya hitsobiga yaylovlar 412, ming ga kamaygshan. Yaylovlar hosildorligi ular joylashgan xududlarga bog’liq holda 0,65-1,65 s/ga ozuqa birligini, respublika bo’yicha o’rtacha 1,1 s/ga ozuqa birligini tashkil etadi. Respublika bo’yicha har yili yaylovlar hosildorligining pasayishi o’rtacha 1,5% ni tashkil etmoqda. Bu muammo davlat miqyosida keng ko’lamdagi yaylovlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha markazlashgan holda ajratilgan mablag’lar hisobidan fitomeliorativ tadbirlar amalga oshirilmayotganligi oqibatida yanada chuqurlashmoqda (A.Rabbimov 2000, M.Maxmudov 2000).

Yuqolridagilardan tashqari, duragay qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklar asosan cho’l, dasht, va tog’ oldi kabi ekstremal sharoitli xududlarda joylashganligini inobatga olib duragay qorako’lchilik shirkat xo’jaliklari xududidagi aholini ijtimoiy himoyalashni yaxshilash maqsadida qo’ychilik otarlari va cho’pon- cho’liklar turmush kecharadigan manzillarda elektr, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashYu ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish, shu va yuqorida ko’rsatilgan boshqa muammolarni hal etish, sohaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xom-ashyoga qayta ishlov berish, texnika va uskunalari sotib olish, xo’jaliklarining moddiy-texnika va institusiolnal salohiyatini oshirishga davlat, mahalliy va xorijiy hamda halqaro nodavldat-notijorat, gumaknitar tashkilotlar xomiylik ko’magi, grant va investisiyalarni jalb etishga davlat boshqaruvi organlari tomonidan amaliy yordam ko’rsatilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

2018 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo’yicha ―O’zbek duragay qorako’li‖ kompaniyasi tarkibidagi duragay qorako’lchilik shirkat xo’jaliklari, shuningdek, bir qancha a’lo sanoat tashkilotlarining faoliyati natijasida qator ijobiy natijalarga erildi. Shu jumladan, tizim bo’yicha joriy 1 iyul holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbat:


  • mayda shoxli bosh sonini 58,3 ming bosh, shundan, sovliqlar 151,1 ming boshga ko’paytirishga erishildi;

-ichki extiyojlar uchun qo’y va echkilarni xshjalikda so’yim 4455 boshga, harom chiqimi 1792 boshga kamaydi.

Kompaniya bo’yicha 2010 yilning 1 iyul holatiga jami 1024,0 ming bosh, hosil olinib, olingna hosilning 771, 9 ming boshi yoki 75 foizi o’stirishga qoldirildi.

Joriy yilning birinchi yarmida kompaniya bo’ycha 6921,4 tonna go’sht ishlab chiqarilishiga, va ushbu ko’rsatkichning o’tgan yilga nisbatan 53,2 tonnaga ko’paytigiga erishildi. Jun ishlab chiqarish ko’rsatkichi 1514,1 tonnani tashkil etdi.

Bu yilgi tashki bozordagi eksportbop mahsulotlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, o’stirishga qoldirishni ko’paytirish hamda duragay qorako’l teri uchun so’yishni kamaytirgan holda jami 843,5 ming dona duragay qorako’l teri ishlab chiqarildi.

Kompaniya va korako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamkorligida tug’ilgan qo’zilarning nasliy sifatlarini aniqlash hamda naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida 344 nafar bonityorlar malakasi oshirildi. Natijada jolriy yilda o’stirishga qoldirilgan 766,1 ming bosh qo’zilar daromadga olinib individual baholandi va sirg’alanadi (S.Yusupov 2009).

Seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash uchun Duragay qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlik joriy yilda 29 ta naslchilik toifasidagi xo’jaliklarda 20,1 ming bosh qo’chqorlar kelajakda naslchilik ishlarida tana tuzilishi va kelib chiqishi bo’yicha, 15-20 kunlik yoshida esa teri va gul xususiyatlarining saqlanishi va rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha baholandi.

Kompaniya rejasi asosida aholi va fermer xo’jaliklarini naslli mollar bilan ta’minlash maqsadida har yili o’rtacha 120-130 min bosh atrofida naslli qo’chqorlar va qo’zilar parvarishlashnib, sotish ko’zda tutilmoqda. Bu o’z navbatida aholi va duragay qorako’lchilik fermer xo’jaliklarida chorva mol bosh sonlari oshishiga va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamin yaratmoqda.

Kompaniya tizimida chorva qishlovchi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida korakulchilik shirkat xo’jaliklarida dag’al xashak tayyorlash tadbirlari ishlab chiqilib bir shartli qo’y uchun 150 kilogrammdan, jami 322,1 ming tonna dag’al xashak tayyorlash bo’yicha ishlab bajarilmoqda.

Kompaniya tizimidagi duragay qorako’lchilike xo’jaliklari va tashkilotlari tomonidan 2010 yilning birinchi yarmida 1395,3 ming AQSh dollari miqdorida duragay qorako’lchilik mahsulotlari, shu jumladan 463,8 ming AQSh dollari miqdorida qayta ishlangan duragay qorako’l teri, 931,5 ming AQSh dollari miqdorida yuvilgan jun eksport qilinib, bu boradagi topshiriqni 168 % bajarishga erishildi.

Bu boradagi yillik topshiriqlarini bajarish maqsadida bugungi kunga qadar shiriqlarini bajarish maqsadida bugungi kunga qadar 258,1 ming AQSh dollari

hajmida duragay qorako’lchilik mahsulotlarini eksportga sotish bo’yicha shartnomalar imzolanib o’rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlar ro’yxatidan o’tkazildi.

Q.Haydarov va B.Yahyayev (1998) ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyotiga utish davrida qoarkko’chlilik xo’jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni joriy etmoq zarur. Yoshiga qarab brakka chiqarilgan sovliqlarni burdoqiga boqiladigan va sanoat asosida duragay qorako’lcha yetishtiriladigan yirik xujaliklararo komplekslarni tashkil etish qo’ylarni boqishda ilg’or texnologiyalarni qullashga imkon beradi.

Duragay qorako’lchilik amaliyotida ana shunday kompleks Samarqand viloyati Kattakurg’on burdoqchilik bazasi asosida faoliyat ko’rsatmoqda. Qattaqurg’on burdoqchilik kompleks ishida viloyatdagi qorako’chilik xujaliklardan shartnomalar asosida qarib qolgan qo’ylar va axta qo’chqorlarni qabul qilinib burdoqiga boqiladi. Bundan tashqari duragay qorako’lcha yetishtirishda yaroqli sovliqlar sun’iy usulda urug’lantiriladi va bug’ozlikning 128-134 kunida sovliqlarni so’yish yuqori sifatli duragay qorako’lcha teri olish imkoniyatini beradi.

Bunday kompleks muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo’lgan shartlardan beri yem-xashak bazasini tashkil etishdir.

Kattaqurg’on ixtisoslashtirilgan kompleksi yem-xashak bazasini asosan paxta sanoati koldiqlari (shrot va sheluxa) tashkil etadi.

Bizga ma’lumki, paxta chigiti qoldiqlari shrot va sheluxa O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirishda keng qullaniladi. Shuni ta’qidlash joizki bunday oziqalarni uzluksiz ravishda yedirish natijasida hayvonlar organizmiga salbiy ta’sir etadi. Bunday paxta shroti tarkibida toksin xususiyatiga ega bulgan polifenol ferment –gossipol mavjud.(Yahyaev B. 2000).

Paxta shroti saqlanadigan gossipol bilan hayvonlar zaxarlanishining imkoniyatini xisobga olib uni zararlantirish usullarinin imkoniyatini hisobga olib uni zararsizlantirish usullarini izlab topish uchun olimlar e’tibori Azkamar qonidan qazib olingan gilmoyaga kelib tuxtaldi.

Gilmoya – bu tarkibida montmorillornit, pantronit, beydelit va boshqa minerallar saqlovchi tabiiy alyumosilikatlardir. U kolloid ximik, ionalmashinuvchi,

bog’lanuvchi, sorbsion-katolitik va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadm. Gilmoya tarkibida hayvon organizmiga zarur bo’lgan elementlar saqlanadi, jumladan, temir, kaliy, kalsiy, natriy, oltingugurt, magniy, marganes va boshqalar.

Professor N.Sh.Davlatov (1993) ta’qidlashicha Azkamar gilmoyasi hayvon organizmi uchun zararsiz bo’lib, oshqozon-ichak yo’lida gossipolni biriktirib olib, uning organizmiga surilishini bartaraf qilishga yordam beradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu gilmoya -37oS da paxta shroti va oshqozon suyuqligi muxitga qo’shib o’tkazilsa uning sorbentlik xususiyatiga natija olindi. Bundan tashqari Azkamar gilmoyasi 500 ta buqachalar rasioniga 310 kun davomida qo’shib berilganda uni qabul qilmagan hayvonlarga qaraganda o’rtacha bir kunlik usish 90,5 g ga ko’p bo’lgan.

Qishloq xo’jalik tajribasida gilmoyalar, qoramol, chuchqa, qo’y va echki, parrandalarni ozitqlantirishda mineral oziqa sifatida ijobiy natija bermoqda.

B.Yaxyaev (2002) va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, Azkamar gilmoyasi hayvonlarning gossipol bilan zaxarlanishni oldini olish xususiyati va og’il sharoitda qo’ylar uzoq muddatda birxil oziqalar bilan oziqlantirilganda ularning mineral moddalarga bo’lgan talabi oshishini inobatga olgan holda Kattakurgon burdoqchilik kompleksida ilmiy-xo’jalik tajriba o’tkilgan. Bu tajriba duragay qorako’lcha olish uchun bug’oz qo’ylar, nasl olishga yaroqsiz qari sovliqlar va axta qo’chqorlar rasioniga Azkamar gilmoyasi mineral oziqa sifatida berish kuzda tutilgan edi. Bu xar bir yosh jinsiy guruh o’z navbatida 25 boshdan turt guruxga bo’lingan edi.1 –guruh hayvonlar nazorat guruxi bo’lib, xo’jalikda qabul qilingan rasion asosida boqiladi, 2-guruh asosiy rasionga qo’shimcha har bir kilogramm tirik vazniga 0,5 g gilmoya, 3-guruh 1 gr va 4-guruh 1,5 gr gilmoya oldi.

Tajriba jarayonida bug’oz qo’ylar 130 kun, qisr qo’ylar va axta qo’chqorlar

75 kun davomida burdoqiga boqiladi. Tajribani utkazishdan maqsad Azkamar gilmoyasi duragay qorako’l qo’ylarning go’sht mahsuldorligiga bug’oz, qo’ylarning teri sifatiga va jun o’sish sur’atiga ta’siri o’rganish edi.

Tajriba natijalari shuni ko’rsatadiki, Azkamar gilmoyasi asosiy rasionga hayvonning har 1 kg tirik vazniga 1 va 1,5 g qo’shib berish natijasida bug’oz qo’ylarning kunlik o’sishi 140 g, qisr qo’ylarning 155 g va axta qo’ychkorlarning 188 g ni tashkil etib bu ko’rsatkichlar tajriba guruhlariga nisbatan 17,26 va 29 g ziyod bo’lgan.

1-jadval Hayvonlarning go’sht maxsuldorligini o’rganish maqsadida o’tkazilgan

nazorat so’yim natijalari qo’yidagi jadvalda keltirilgan.





So’yim oldi tirik vazn,

kg


Tana og’irligi,

kg


So’yim og’irligi,

kg


So’yim chiqimi,

%


Bug’oz qo’ylar

Nazorat guruhi

48,3

19,3

22,4

46,3

Tajriba guruh

51,2

21,5

24,9

48,6

Qisr qo’ylar













Nazorat guruhi

40,9

17,0

13,8

48,4

Tajriba guruh

43,8

13,1

22,5

51,5

Axta qo’chkorlar

Nazorat guruhi

48,7

20,7

24,5

50,3

Tajriba guruh

51,0

22,4

26,9

52,8

1 jadvalda ko’rsatilganidek, tajriba guruhlarida nazorat so’yim ko’rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo’lgan.

Bug’oz qo’ylardan olingan duragay qorako’lcha terilar sathi nazorat guruhida 929 sm2 ni tashkil etgan, 3-chi va 4-chi guruhlarda ya’ni har 1 kg tirik vazni uchun 1 va 1,5 g gilmoya qo’shib berilgan qo’ylardan olingan terilar sathi 1003 va 1000 sm2 bo’lib bu ko’rsatkichlar nazorat guruhiga nisbatan 74 va 79 sm2 ziyod bo’lgani aniqlangan. Bundan tashqari bu tajriba guruhlar qo’ylarning jun uzunligi tajriba guruhiga qaraganda 10,9 dan 11,7% gacha uzun bo’lgan (Q.Xaydarov 2005, B.Yaxyayev 2003).


Download 109,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish