Dunyodagi eng xavfli kasblar o‘nligi
Istiqbolda har qanday kasb ham xavfli bo‘lishi mumkin. Hatto buxgalterga ham davlat tomonidan jiddiy jarima belgilanishi, menejyer esa zo‘ravon mijozga yo‘liqishi hech gap emas. Qiyin damlar hammada bo‘ladi, biroq xatolar kechirmaydigan kasblar ham bo‘ladi. Bu yerda gap direktor bilan yoqimsiz suhbat emas, inson hayoti haqida bormoqda. Don'tPanic dunyoning eng xavfli 10 kasbi haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. Bu kasblarni tanlashdan avval ko‘p marta o‘ylab ko‘ring.
Ilon zahri yig‘uvchisi
Mutaxassis o‘z kunini xavfli ilonlar bilan birga o‘tkazib, ularning zaharini qo‘lda tortib oladi. Keng ko‘lamli xavfsizlik choralariga qaramay, doim qandaydir kutilmagan ko‘ngilsizliklar ro‘y berib turadi.
Buqalar reyderi
Bu kasbni aniq oddiy deb aytib bo‘lmaydi. Taxminan 90-yillar oxirida AQShda buqalar poygasi keng tanila boshlagan. Chavandoz atigi 8 soniyalik chiqishi uchun katta summani qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan. Statistikaga ko‘ra, reyder har 15 chiqishida taxminan 1 marta jiddiy jarohat olar ekan.
Konchi
Juda qiyin va xavfli ish. Konchilar hatto barcha xavfsizlik tizimlari bilan ta'minlangan sharoitlarda ham o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Ularga har kuni xavf soya soladi: katta chuqurlik, atrofdagi yuqori harorat, portlashlar, ko‘chkilar, metan va gazdan zaharlanish ehtimoli...
Timsohlar bilan kurashuvchi (restler)
Ha, bu dunyodagi eng keng tarqalgan bo‘lmasa-da, haqiqatda mavjud kasb. Timsohlarning og‘ziga qo‘rqmasdan bosh suquvchi botirlarni Osiyoda ko‘rish mumkin — Bangkok hayvonot bog‘ida bunday shoular doimiy tarzda o‘tkaziladi.
O‘t o‘chiruvchi
O‘t o‘chiruvchilar barcha mamlakatlarda juda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tishadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tdan qo‘rqmas jasur kurashchilar har kuni xavf ostida mehnat qilishadi.
Inkassator
Banklarni o‘marish faqat jangari filmlarda bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi? Aslida inkassatorlar haqiqatda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Navbatdagi hujum qachon amalga oshishini hech kim bilmaydi...
Politsiyachi
Politsiya xodimi murakkab vaziyatda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymay iloji yo‘q, chunki uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi — tinch aholini himoya qilish. Shimoliy Amerikaning ko‘p mamlakatlarida qaynoq nuqtalardagi askarlardan ko‘proq politsiyachilar halok bo‘ladi.
O‘rmonchi
Og‘ir va ko‘pchilikning e'tiboridan chetda qolgan ish. O‘rmonchilar deyarli hamma narsani nazorat qilib bo‘lmaydigan qalin daraxtzorlarda mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bolta va arra bilan ishlash xavfli, daraxtni nazoratdan chiqarish ham xavfli, umuman har kuni xavf ostida ishlash juda qiyin.
Qutqaruvchi
Bu soha vakillari birovning hayotini saqlab qolish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Eng qiyini, sohil bo‘yida ishlaydiganlarga: statistikaga ko‘ra, qutqaruvchilarning aksariyat qismi aynan dengizda halok bo‘lar ekan.
Neft quduqlarini burg‘ilovchi
Bu ish uchun juda yaxshi haq to‘lanadi, shuning uchun ko‘pchilik uning qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini unutadi. Burg‘ilovchilar har kuni yonuvchan va juda zaharli moddalar bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi - bu esa katta xavf degani.
Do'stlaringiz bilan baham: |