1.Qarluq lahjasi – Toshkent, Andijon, Farg`ona, Samarqand, Buxoro shahar shevalari yig`indisi. Bu lahjaga xos xususiyatlar: 1)so`z oxirida k tovushi y tarzida aytiladi: elak-elay, terak-teray, kurak-kuray,bilak-bilay 2) ”o”lashish yuz beradi: aka-oka, Akram-Akrom, bahor-bohor, savob-sovob, boramiz-borovuz,katta-kotta. 3) qaratqich kelishigi o`rnida tushum kelishigi qo`llaniladi: Shavkatning daftari-Shavkatni daftari
2.Qipchoq lahjasi - Samarqand, Jizzax, Qarshi, Surxandaryo, Qoraqolpog`istoning qishloq shevalarini o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) y o`rnida j ishlatiladi: yo`q-jo`q, yo`l-jo`l,yur-jur
2) g` o`rnida v ishlatiladi: tog`-tov, sog`-sov, og’di-ovdi; 3) so’z oxirida k, q tovushi tushiriladi: eshik-eshi, sariq-sari, quruq – quru,kichik-kichi
Do'stlaringiz bilan baham: |