O`zbek tili davlat tili sifatida
1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida” Qonun qabul qilindi.
1995-yil 21-dekabrda bu qonunga o’zgartirish kiritildi, ya’ni 24 moddadan iborat yangi tahrirdagi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida Konstitutsiyaning 4-moddasida, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozilgan.
Adabiy til
Adabiy til tarixan tarkib topgan, ma`lum me`yorlarga solingan, muayyan qonunlarga bo`ysinuvchi o`zbek xalqining barchasi uchun tushunarli bo`lgan tildir.Adabiy til bo`lishi uchun 3 omil talab etiladi: 1)yozuv bilan ta`minlangan; 2)qonun-qoidasi aniqlangan; 3)mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo’lishi lozim.
Shevalar – ma`lum bir hududdagina qo`llanilib, faqat shu yerda yashovchilarga tushunarli bo`lgan so`zlardir. O`xshash shevalar yig`indisi lahja deyiladi.
O`zbek tili tarkibida 3 lahja mavjud: 1.Qarluq. 2.Qipchoq. 3.O`g`uz
Do'stlaringiz bilan baham: |